Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik



Download 4,66 Mb.
bet120/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik


Monopol firmaning barcha mijozlarga bir xil narxlarda mahsulot sotishini ko`rib chiqdik. Biroq ko`p hollarda, firmalar ikki xil mijozlarga xarajati bir xil bo`lgan tovarni ikki xil narxda sotadi. Bu amaliyot narx diskriminatsiyasi deb ataladi. Narx diskriminatsiyasini ayniqsa raqobatli kompaniyalar ochiq bozorida qo`llash mumkin emas. Bu har tomonlama firmaning nufuzini tushirib yuborib mijozlarning yuz o`girishiga olib keladi. Chunki raqobat bozorida tovarlar va uni ishlab chiqaruvchilar ham xilma xil bo`ladi. Qolaversa, eng yuqori narx uchun kurash ayni shu bozorda o`z o`rniga va kuchiga ega bo`lishga harakat qilayotgan firmalar o`rtasida qizg`in tus oladi.


Optimal narx diskriminatsiyasi monopolist tomonidan aynan har bir mijozning haq to`lash uchun tayyor ekanligini bilgan holda har bir mijozga har xil narxni qo`yishi mumkin bo`lgan vaziyatni tasvirlaydi. Bu holda, monopolist har bir
mijoz aniq optimal narx uchun haq to`lashini va monopolist har bir bitimdan daromad olishi aniqlangan.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo`nalishlar bo`yicha shakllandi.
Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ko`pini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma`lum cheklangan miqdoridan ortig`iga ega bo`la
olmasligi belgilab qo`yiladi.
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni ta`qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar joriy qilinadi.
Bozorda monopoliyani o`rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiste`mol qilishni taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890 yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan chora tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Bunda sog`lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko`rinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Kleyton qonuni – (1914y) – istemolchilarni narx orqali qochirish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatn i korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni sotib olish taqiqlanishidan iborat. Seller – Kefaver qonuni – (1950y) – bu qonunda Kleyton qonuniga o`zgartirish kiritilgan bo`lib, unda nafaqat raqobatni korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni, balki ishlab chiqarish vositalarini sotib olish ham ta`qiqlanadi. Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo`nalishlari:
-bozorning monopollashuvini cheklash;
-raqobatchi kompaniyalar qo`shilishini ta`qiqlash;
-monopol narxlar belgilanishini ta`qiqlash;
-raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo`llab – quvvatlashdan iborat.
Tartibga solinadigan narx o`rtacha umumiy xarajatlarga teng bo`lsa, monopolist hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapitalning to`planishi hamda korxonalarning turli yo`llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Masalan kartelni olaylik. Kartel bu – bir tarmoq korxonalarning ittifoqi bo`lib, uning ishtirokchilari to`liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to`g`risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni olaylik. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bolib, uning a'zolari ishlab chiqarish soxasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi. Qolaversa ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib, foyda qo`shilgan kapital hajmiga qarab ham taqsimlanishi mumkin.
Tabiiy monopoliyada o'rtacha umumiy xarajatlar kamayitirilib, marjinal xarajatga nisbatan o'rtacha umumiy xarajat kamroq qilib belgilanadi. Shuning uchun, narx o'rtacha umumiy qiymati quyida bo'ladi va monopolist zarar ko`radi.

Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq hisob kitob qilinmasa, u monopolist kam xarajat, ammo foyda ham kormaydi. Amalda, monopolistlar yuqori foyda olish maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli iqtisodiy xarajatlar ba'zi talablaridan amalda foydalanmay bu muammodan


qutulishga harakat qiladi. Monopoliya bilan shug`ullanish uchun hukumat tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati hisoblanadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish