Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet206/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Umummilliy resurslar fojeasi umumiy saboqqa ega: qachonki biror kishi umumiy resursdan foydalanganda, u albatta boshqalarning undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Aynan mana shu salbiy samara tufayli umummilliy resurslardan ehtiyotsizlik bilan foydalaniladi. Davlat umummilliy resurslar iste’molini kamaytirish maqsadidida ushbu muammoni tartibga solish choralari yoki soliqlar orqali hal etishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralganda, davlat gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.
Bu hikoya (dars) ming yillar davomida barchaga saboq bo`ldi. Qadimgi
grek faylasufi Aristotel umummilliy resurslar haqida shunday degan: “Barcha uchun birdek mavjud bo`lgan ne’matlarga odatda kamroq e’tibor beriladi, sababi kishilar o`zining shaxsiy buyumlariga boshqalar bilan birgalikda egalik qilayotgan buyumlariga qaraganda ko`proq hurmat bajo keltirishadi”.

Ayrim muhim umumiy resurslar


Umumiy resurslardan foydalanishning ko`pgina misollari mavjud. Deyarli barcha holatlarda umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod ko`p foydalanishadi. Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod ko`p foydalanish muammosini engillashtirish maqsadida ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli yig`imlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz ta’kidlab o`tganimizdek, bozorlar atrof muhitni oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin bo`lgan ifloslanish salbiy tashqi ta’sir hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning umumiy muammosi sifatida ko`rish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvani haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir. Atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy ko`rinishidir.
Tirband avtomobil yo`llari. Yo`llar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy resurs bo`lishi mumkin. Agar yo`llar tirband bo`lmasa, u holda bir kishining undan foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga halaqit qilmaydi. Bu holatda mahsulot iste’molda cheklanganganlik xususiyatiga ega bo`lmaydi va yo`l ommaviy mahsulot bo`lib qoladi. Shu bilan birga, agar yo`llar tirband bo`lsa, u holda bu yo`ldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu yo`ldan yursa, yo`l yana ham tor bo`lib, boshqa kishilarni sekinroq yurishga majbur etadi. Bu holatda yo`l umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yo`llarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf etish yo`llaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish o`z mohiyatiga ko`ra
tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yo`llarda bo`lgani kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy echim bo`lmay qoladi, sababi soliq summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri to`lov hajmini oshirish usulini tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi.
Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo bo`lib qoladi. Agar ko`prikda yuk avtomobili tig`iz-paytda o`tayotgan bo`lsa tirbandlik muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalani samarali echimi shuki – tig`iz-paytda yurganlik uchun to`lovni yana ham oshirish zarur. Bu narsa haydovchilarni o`zlarining harakatlanish grafiklarini o`zgartirib, tig`iz-paytda yurmasliklari uchun o`ziga hos stimul bo`ladi.
O`tgan bobda muqokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilg`i hisoblanadi: benzin narxini oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin uchun soliq yo`llarni tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yo`llarda harakatlar hajmidan tashqari boshqa masalalarga ham ta’sir ko`rsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik qayd etilmagan yo`llarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish