Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar



Download 4,66 Mb.
bet199/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar


Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga kelib chiqishi mumkin bo`lgan muammolarni ko`rib chiqish uchun keling bir misolni ko`ramiz: mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, sababi mushakbozlik bo`lgan holatda biror kishini uni tomosha qilishdan qaytarish mumkin emas. Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega mahsulot emas, sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir kishini undan olishi mumkin bo`lgan zavq darajasini kamaytirmaydi.
Tekinxo`rlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq to`lamaydigan kishilar) muammosi. Bayramlarda ko`pchilik odamlar mushakbozlikni yoqtirishadi. Mushakbozlik shaharchaning har 500 aholisiga 10 so`mdan to`g`ri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 so`m daromad keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so`mga to`g`ri keladi. Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 so`m) unga ketgan harajatdan (1000
so`m) ko`proq ekanligi inobatga olinsa, Bayramda mushakbozlikni o`tkazish shaharcha uchun daromadli faoliyatdir.
Xo`sh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yo`lga qo`ya oladimi? Yo`q. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Farhod shaharcha uchun mushakbozlik o`tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi.
Farhodda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta sotib olmasdan ham ko`rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz ham mushakbozlikni tomosha qilishga rag`bat bor. “Tekinxo`rlar” bu shunday kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq to`lamaydi. Kishilar bunda rag`batga ega bo`lishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar mavjud bo`lmasa bozor samarali natijaga ega bo`lmaydi.
Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni ko`rib chiqish yo`llaridan biri bu mazkur holatga sabab bo`layotgan tashqi ta’sirlarni ko`rib chiqish.
Agarda, Farhod mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda namoyish etsa, bu narsa “tekinxo`r” tomoshabinlar uchun samara keltiradi, ammo Farhodga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish to`g`risida qaror qabul qilish bilan Farhod tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi. Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo`lgani bilan, yakunda u daromadli faoliyat bo`lmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish etmasdan Farhod o`zi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik zavqidan mahrum etadi.
Xususiy bozor shaharcha aholisi hohishiga ko`ra mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay ushbu holatni echimi juda oddiy: to`rtinchi iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan olinadigan soliqni 2 so`mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga Farhodni mushakbozlik o`tkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 so`m barcha uchun yaxshi echim, 10 so`mdan esa, 2 so`m soliq to`lovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil bo`lmoqda. Shunday qilib, Farhod shaharchaga
tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo`lsada, unga jamiyat a’zosi sifatida yordam berishi mumkin.
Shaharcha hikoyasi sodda bo`lsada real hayotni aks ettiruvchi o`ziga xos voqe’likdir. Aslida ko`pgina mahalliy hukumatlar bayramlardagi mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo`rlar” muammosi esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo`lgan darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish