Tayanch so`z va iboralar: Oligopoliya o`yinlar nazariyasi maxfiy kelishuv kartel nash muvozanati maxbuslarning dilemmasi hukmron strategiya
Nazorat savollari
Agarda bir guruh sotuvchilar kartellardan foydalanishsa, ular qanday miqdor va narxni o`rnatishga harakat qilgan bo`lishadi?
Monopoliya uchun Oligopoliya miqdori va narxini taqqoslang.
Raqobatdosh bozor uchun Oligopoliya narxini va miqdorini taqqoslang.
Oligopoliyadagi firmalarning qanday soni uning bozor natijalariga qanchalik ta’sir ko`rsatadi?
Maxbuslarning dilemmasi nima, va Oligopoliya bilan birgalikda qanday ish qilinishi lozim?
Oligopoliya ko`rsatmalariga qaraganda qay darajada maxbuslarning dilemmasi hatti-harakatlarni tushuntirishga yordam berishiga boshqa ikkita misol keltiring.
Hatti-harakatlarning qanday turlari antiMonopoliya qarshi qonunlarni taqiqlaydi?
Xizmat ko`rsatish narxini qayta sotish nima va nima uchun u tortishuvlarga sabab bo`ldi?
BOB. TURLI BOZORLARDA NARXLARNI SHAKLLANTIRISH
Biz bozor hokimiyati ancha keng tarqlgan hodisa ekanligini tushuntirdik. Ko`p tarmoqaarda faqat bir necha firmalar ish yuritadilar va shu sababli har bir ishlab chiqaruvchi nisbatan monopol hokimiyatga ega. Ko`pchilik firmalar esa, xomashyo, moxnat resurslari yoki maxsus ishlab chiqrishga muljallangan tovarlarning haridori sifatida ishlab chiqarish omillari bozorida monopsonik hokimiyatga ega bo`ladilar.
Bu firmalar raxbarlari duch keladigan muammo o`zining monopol hokimiyatidan samarali foydalanishdan iboratdir. Ular qanday qilib narxlarni belgilash usullari, qo`llanadigan ishlab chiqarish omillari miqdorini va ishlab chiqarish hajmini qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlar uchun aniqlashlari lozim; bundan maqsad esa foydani maksimallashtirish bo`ladi. Raqobatli bozorda ishlovchi firmaga nisbatan monopol hokimiyati bor firmani boshqarish qiyinroq bo`ladi. O`z tovarini mukammal raqobat sharoitida sotuvchi firma bozor narxiga ta’sir etishga qodir emas. Shu sababli firma raxbarlari uning operatsiyalaridagi harajat xususida ko`proq tashvish tortishlariga to`g`ri keladi. Bunda ular narx chegarali harajatlarga teng bo`lishini ta’minlovchi ishlab chiqarish hajmini tanlab oladilar. Monopol hokimiyati bor firmalar raxbarlari esa shuningdek talab takliflari ustida bosh qotirishlari zarur. Xatto ular sof monopoliya sharoitida chiqarilgan maxsulotlarga narx belgilasalar-da, bari bir ular narxning qanday bo`lishini (shunga mos xolda ishlab chiqarish hajmini ham) aniqlash uchun Xech bo`lmaganda talab uzgaruvchanligining taxminiy xisob-kitobiga ega bo`lishlari zarur. Bundan tashqari, biz shuni ko`rishimiz mumkin-ki, ba’zi bir raxbarlar narx belgilashning murakkabroq strategiyasidan muvaffaqiyat bilan foydalanishi mumkin, masalan, ular turli iste’molchilarga mo`ljallab turli narxlarni o`rnatishlari mumkin. Mana shunday narx belgilash strategiyasini ishlab chiqgsh uchun raxbarlarga faqat ixtirochilik emas, balki bozor talabi haqidagi batafsil axborot ham kerak bo`ladi.
Biz shu bobda monopol hokimiyatga ega firmalar narxni qanday o`rnatishlarini ko`rib chiqamiz. Biz ishni har qanday bozor strategiyasining asosiy
maqsadini — iste’molchi yutugini o`z qo`liga olib uni firmaning qo`shimcha foydasiga aylantirilishini tushuntirishdan boshlaymiz. So`ngra bunday aylantirishning eng tarqalgan usuli hisoblangan narxlarni diversifikatsiyalashni muxokama qilamiz. Diversifikatsiyalash yuz berganda turli haridorlar uchun turlicha (goh bir tovarning o`ziga, goh esa arzimagan o`zgarishlar bilan ajralib turuvchi turli tovar modellariga) narx o`rnatiladi. Narx diversifikatsiyasi keng qo`llanilgani uchun, uning qanday kul kelishini tushunish muhimdir.