Biz ko`radigan narx shakllantirish barcha strategiyasining bitta umumiy belgisi bor, u ham bo`lsa iste’molchi yutugini qo`lga olib, uni ishlab chiqaruvchi ixtiyoriga o`tkazishdir. Buni 1-rasmdan aniq ko`rish mumkin.
1-rasm. Narx va ishlab chiqarish hajmiga bopshq holdagi iste’molchi yutugining chizmasi.
Aytaylik firma hamma ishlab chiqarilgan mahsulotini yagona narxda sotadi. Foydani maksimumlashtirish uchun firma narx R* va o`zining chegarali harajatlari va daromadlari egri chiziqaari kesishgan joyga tutri kelgan mahsulot chiqarish miqdori Q* ni tanlab oladi. Shuning o`zidayoq firma foyda olib ishlagan bo`lar edi, biroq uning rahbarlari qanday qilib firmaga yanada ko`proq foyda keltirish xususida bosh qotiradilar. Ayrim haridorlar talab egri chiziganing A bo`lagida tovar uchun R* narxga nisbatan yuqoriroq haq to`lashlari mumkinligini ular biladilar. Ammo narxning oshishi firma o`zining ayrim haridorlaridan ajralib qolishini, tovar sotish hajmining qisqarishini va foyda pasayishini bildiradi. Xuddi shu kabi boshqa bo`lg`usi haridorlar firma mahsulotini olmay kuyadilar, chunki ular tovar uchun R* singari yuqori narxda pul tulashga qodir bo`lmaydilar. Biroq ko`pchilik haridorlar R* dan past, lekin firmaning chegarali harajatidan yuqri
bo`lgan narxni ma’kul deb topadilar. (Bu haridorlar talab egri chizigining V bo`lagida bo`ladilar). Firma narxni pasaytirib, uz tovarlarini V guruhdagi haridorlarga sotadi, lekin bunday bo`lganda firma o`zining doimiy haridorlariga tovar sotishdan kam daromal kuradi va foyda pasayadi.27 Firma qanday qilib A guruhdagi iste’molchilarning yututni (Xech bo`lmasa uning bir qsmini) qo`lga kiritishi va shuningdeq V guruvdagi bo`lgusi haridorlarga mahsulot sotishdan keladigan foydani olishi mumkin. Yagona narx o`rnatish mutlaq to`g`ri kelmaydi. Lekin firma turli guruh haridorlar uchun narx ular talab egri chizigining qaerida joylashishiga ko`ra har xil belgilashi mumkin. Masalan, A guruhdagi haridorlarga ancha yuqriroq bo`lgan R. narxi, V guruh uchun esa ancha pastroq R2 narxi, nihohoyat A va V guruhdari oralishchdagi haridorlarga R* narxi o`rnatiladi. Mana shu narxlarni diversifikatsiyalash, ya’ni turli guruh haridorlarga har xil narx belgilash uchun asos bo`ladi. Albatta muammo haridornk turli guruhlarga ajratib, ularni tovar uchun har xil narxga binoan pul tulashga majbur qalishdan iborat. Keyingi bo`limda bu qanday kilinishini ko`rib chiqamiz.