Umumkasbiy fanlar bloki:
- matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar o`rtasida ilmiy va nazariy bog`liqlikni ta’minlashi;
- maxsus fanlarni o`rganish va chuqur еgallash uchun zarur bo`lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko`nikma va uquvlarni shakllantirishi;
- modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo`riqlariga oid bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalarini ta’minlashi lozim.
Maxsus fanlar bloki:
- bakalavriat ta’lim yo`nalishi bo`yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida еrishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi;
- tegishli bakalavriat ta’lim yo`nalishi bo`yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko`nikmalari va uquvlarini shakllantirishi;
- talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo`yicha kelgusida ta’limni davom еttirishga ongli munosabatda bo`lishiga ko`maklashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |