Auditoriyaning xayrixohligini qozonish, dastavval, inson psixikasining emotsional sohasiga ta’sir etishni ko’zlaydi. Maqsadli auditoriya firma ishining, ishlab chiqariladigan tovarning muayyan kamchiliklari haqida bilishi mumkin. Boshqa tomondan esa, firma yoki tovar imiji atrofida yuzaga kelgan salbiy jamoatchilik fikri paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda jamoatchilikni bozor faoliyatining ustuvor yo’nalishlari, iste’molchilarning qoniqqanlik darajasi, ishning samaradorligi va muayyan afzallik haqida guvohlik beruvchi tovar yoki firmaning sifatlari haqida to’liqroq xabardor etish eng to’g’ri qaror ekanligi ayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |