Kutiladigan javob reaktsiyasini aniqlash maqsadli auditoriya hozirgi paytda xarid qilishga tayyorgarlikning qaysi pallasida turganini va, asosiysi, qanday holatga uni keltirish kerakligini bildiradi. Bu holat quyidagi ketma-ketlikda oltita belgi bilan tavsiflanadi: xabardorlik, bilish, xayrixohlik, afzal ko’rish, ishonish va xarid qilish. Marketing kommunikatsiyasining asosiy vazifasi shundan iboratki, bir holatdan ikkinchi holatga o’tish asosida pirovard natijada tovar yoki xizmatni xarid qilish jarayoniga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |