Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Statistik ma’lumotlar bilan ishlash



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

11.5. Statistik ma’lumotlar bilan ishlash 
Statistik ma’lumotlar geografiya ta’limida ikki xil maqsadda 
ishlatiladi: 
- aniq geografik ma’lumot sifatida. Bularga materik va okeanlarning 
maydoni, quruqlikning eng baland va past nuqtasi, materiklarning chekka 
nuqtalari, davlatlarning maydoni, yirik dengiz, ko’llarning maydoni va 
chuqurligi, yirik daryolarning uzunligi va h.k. lar kiradi. Mazkur statistik 
ko’rsatgichlarni o’quvchilar yodlab olishlari lozim; 
- geografik bilimlar manbai sifatida. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
kurslarida juda ko’p statistik ma’lumotlar jadval, diagramma va grafik 
sifatida berilgan. Ulardan o’quvchilar bilim olish maqsadida foydalanish-
lari mumkin. Mazkur ma’lumotlarni tahlil qilish asosida o’quvchilar turli 
xulosalar chiqarishlari mumkin. 
SHuning uchun o’qituvchilar o’quvchilarni statistik ma’lumotlar bilan 
ishlashga o’rgatishlari va tegishli ko’nikmalarni hosil qilishga erishishlari 
lozim. 
Geografiya ta’limida qo’llaniladigan statistik ma’lumotlarni shartli 
ravishda uch guruhga bo’lishimiz mumkin: 
- yakka holdagi guruhlashtirilgan sonli ma’lumotlar; 
- chizmalarda ifodalangan sonli ma’lumotlar (diagramma, grafik, 
kartogramma, kartodiogramma); 
- jadvallarda ifodalangan sonli ma’lumotlar. 
Yakka holdagi statistik ma’lumotlardan foydalanish.
Mazkur 
guruhdagi sonli ma’lumotlar guruhlashtirilmagan bo’ladi. Ularni har biri 
bilan ishlaganda fikrlash talab qilinadi ayrimlari bilan ishlaganda ularni 
esda saqlab qolish talab qilinadi. Sonlarni esda saqlab qolish va ular haqida 


fikr yuritishda ular butun son xoliga keltiriladi, ya’ni kasr son butun 
sonlarga aylantiriladi. Ayniqsa yodda saqlab qolinadigan sonlar albatta 
yaxlitlanishi lozim. O’quvchilar o’z jadvallarida yaxlitlangan sonlarni 
aytishlari lozim. Masalan, Afrikaning maydoni 30 mln. km
2
, O’zbekiston 
maydoni deyarli 0,5 mln km
2
va h.k.
Dars jarayonida ishlatiladigan har bir son izoxlanishi lozim. Masalan, 
daryoning uzunligini so’rayotganda uni kema qancha vaqtda bosib 
o’tishini, davlatlarni maydonini tushuntirayotganda uni g’arbdan sharqqa 
tomon, shimoldan janubga tomon qancha masofaga cho’zilganligi va 
ushbu masofalarni po’ezdda yoki avtomobilda qancha vaqtda bosib o’ti-
shini tushuntirilsa, o’quvchilarda maydon tushunchasi tez va oson 
shakllanadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar jon boshiga hisoblanadi. Masalan, 
jon boshiga bug’doy yetishtirish, jon boshiga sanoat maxsulotlari yetish-
tirish va h.k.
Statistik ma’lumotlar bilan ishlashning muhim usullaridan biri 
qiyoslash hisoblanadi. Bunda sonlarni yodlab qolish shart emas. Masalan, 
Turkmanistonning maydoni O’zbekistonnning maydoni bilan deyarli bir 
xil yoki bo’lmasa Balxash va Ladoga ko’llarining maydoni deyarli bir xil va 
h.k. 
Bundan tashqari o’quvchilarga sonlarni qiyoslash bo’yicha topshiriqlar 
ham berish mumkin. Masalan, O’zbekiston aholisi Osiyodagi qaysi 
davlatlar aholisidan ko’p yoki O’zbekistonning maydoni Osiyodagi qaysi 
davlatlar maydoni bilan deyarli bir xil. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish