Vatanparvarlik, insonparvarliko’zmillatigasadoqatshaxsma’naviyatimuhimmezonlari


Bilimdonlik, do’stlikka sadoqatlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik - ma’naviy fazilat



Download 119 Kb.
bet3/4
Sana13.06.2022
Hajmi119 Kb.
#664312
1   2   3   4
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QITUVCHILARIDA INSONPARVARLIK TUYG\'OSINI

Bilimdonlik, do’stlikka sadoqatlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik - ma’naviy fazilat.

3. Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e’tiqod poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g’amxo’rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari.
Mazkur masala echimi ko’p qirrali. Qo’yilgan masalani har kim o’z ma’anaviy dunyosi o’lchami bilan o’lchab, shunga yarasha hatti - harakat qiladi. Insoning chin ma’nodagi insonligi - uning iymoni, diyonati, mehr - oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o’lchanadi. Insoniylik esa faqat iymonli insonlardagina bo’ladi. Biz bu o’rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz. Agar biz iymon tushunchasining mohiyatini to’g’ri anglab tushunib olsak, iymonni izohlovchisi bo’lgan diyonat, mehr oqibat, poklik va halollik kamtarlikning ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat iymonli kishilargina poklik va halollik diyonat, ezgulik, mehr - oqibat yo’lida bo’ladilar. Shuning uchun ham mazkur masalada iymon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Ma’naviy - axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda iymonning o’rni yo’q. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya’ni iymon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma’naviyatining, axloqning o’q ildizi, poydevori, negizidir. Iymondan mahrum kimsaning aqli nechog’li o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va shular tufayli o’zligidan qanchalik mag’rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, iymonsiz odam na Allohdan qo’rqadi va bandalaridan uyaladi, u nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va paskashliklardan qaytmaydi, Allohhammamizni shunday asrasin. Buning uchun iymon yo’lini tutishimiz lozim.
Hamma dinlarda iymonga alohida e’tibor beriladi. Iymon barcha dinlarni ustuni sanaladi. Chunonchi zardushtiylik iymoni uch tayanchiga: niyat-fikrning sofligiga, so’zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi.
Islom ta’limotiga ko’ra, iymon mohiyatini Qur’oni Karimning quyidagi surasi ochib beradi: “Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rosulihi val yavmal oxiri va qodari hayrihi va sharrihi minalloshhi taolo val ba’si ba’dal mavt haqqun. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. Mazkur suraning ma’nosi esa taxminan shunday: “Chin ko’nglim ila iymon keltirdim: Allohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning kitoblariga va uning payg’ambarlariga ham bu dunyo yo’q bo’lib oxirat kuni bo’lmog’iga va qadarga, ya’ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi ilohi taolodan bo’lmoqligiga va o’lgandan so’ng qabrdan tirilib va bo’larning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvohlik berurman, albatta Allohdan o’zga hech ma’bud yo’qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad Allohi taoloning bandasi va barcha bandalariga din ahkomlarini o’rgatmoq uchun yuborgan payg’ambaridur”.
Hozirgi kunda Er yuzida diniy iymonning bir talay turlari bo’lib, jaxon ahllari aro keng taralgani to’rttadir: buddaviy iymon, iudaviy iymon, isoviy iymon, isloimiy iymon. Bu iymon turlari mazmun jihatdan farqlansada, ammo mohiyatan birdir. U ham bo’lsa, biron-bir narsa va g’oyani benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va xulq-atvorda ana shu e’tiqodan kelib chiqib, xatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin, jamiki iymon turi kishi amaliy faoliyat va xulq-atvori dasturi sifatida namoyon bo’ladi.
Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy iymon ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so’ngi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to’plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy iymonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g’oyat turli tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak bo’ladi.
Iymonli bo’lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo’lishidir. Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi insof tuyg’usiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun avvalo o’zi oldida, qolaversa oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma’naviy ma’suliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi: o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobidan og’irroq jazo yo’q. Shuning uchun xalqimizdan vijdon azobi go’r azobi degan maqol bor. Bu maqolning tagida chuqur ma’no yotadi.
Mehr-shafqatlilik ham iymonning belgilaridan biridir Yuqoridagilar kabi mehr-shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda etim-esir, qarovsiz qolgan qariyalar, g’ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish tuyg’usi, desak bo’ladi. Bizning mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz udumini davom ettirib, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan bolalar va hech kimi yo’qqariyalar, shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko’rsatayotir.
Halollikning yanada kengroq ma’nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o’zaro muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik, do’stlar o’rtasidagi halollik va shu kabilardir. Yuragi, qalbi pok va toza, halol yo’ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo’ladi, ko’ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamahshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: “Halol va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga hiyonatu- yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir”.
Hayot, asosan oiladan boshlanadi. O’zbek xalqida “qush uyasida ko’rganini qiladi”, degan naql bor. Demak, ota-ona pok va halol bo’lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi. Farzanddagi yaxshi fe’l va amallar halol luqmadandir.
Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo’lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlarning uning iymoniga, ya’ni pokligi va halolligiga bog’liq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo’ldan adashtirmoqchi, noshar’iy yo’llarga solmoqchi, halollik, poklik yo’lidan urmoqchi bo’lib qalbida g’ulg’ula uyg’otishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo’lib yuradi. Ozgina iymon yo’lidan toyilishga moyillik bo’lsa, o’sha erda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko’taradi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo’lida xushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrida nihoyatda zarur.
Kamtarlik-inson ichki ma’naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo’lmasa ming harakat qilmasin, baribir, odamlarga ko’ziga kamtar bo’lib ko’rina olmaydi.
Xullas, har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, shar-hayo, kamtarlik, ko’yingki insonni bezovchi go’zal xulq-odob, axloq tark etmasin.
Bolalarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish o’ta mas’uliyatli vazifa bo’lib, bu ish bevosita tarbiyachilarimiz o’qituvchilardan o’ta yuksak pedagogik mahoratni, pedagogik etika va insoniy madaniyatni talab.qiladi
Biz bolalarda e’tiqod va vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishning bevosita ishtirokchilari va mas’ullari hisoblanuvchi pedagoglarning qanday xislatlarga ega bo’lishi muhimligini o’rganib chiqdik:
Birinchidan, o’qituvchi o’zi yashayotgan jamiyatda o’z mavqeiga ega bo’lishi, boshqalarga har jihatdan o’rnak bo’lishi, bolalar buni ko’rib, unga havas qilib, unga intilishlari lozim bo’ladi. Agar o’qituvchi ma’naviy qoloq, janjalkash yoki darslarga kechikib kelsa, ta’magirlik qilsa, bunday o’qituvchi auditoriyada hech qanday natijaga erisha olmaydi.
Ikkinchidan, bugungi kunda bilimdon pedagogning o’z mustaqil fikri bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi bola aynan shu betakror fikrlash sharoitidagina erkin fikr yuritishga, o’zi mustaqil mushohada yuritib davr yangiliklarini anglashga, o’z yuragini qo’rqmasdan ochib, tushunmaganini so’rab olishga o’rganadi. Bu esa o’zicha tahlil qilib anglagan ma’lumotining xotirada yaxshi saqlanishiga va boshqalarga tashviqot-targ’ibot qila olishida yaxshi ko’mak beradi.
Uchinchidan, o’qituvchilarimiz o’zi yashayotgan jamiyatda bilimi, yangiliklarni tez anglaganligi, millatimiz tarixi va madaniyatini chuqur bilishi, vatanparvarligi bilan ajralib turishi kerak. Soddaroq qilib aytganda, pedagog o’zi yashayotgan jamiyat a’zolari orasida ma’naviy savodxonligi bilan ajralib turishi kerak bo’ladi.
To’rtinchidan, pedagogning o’zi milliy istiqlol g’oyasini, millatimizning buyukligini, bebaho milliy madaniyatimiz va davlatchiligimizning tarixini mukammal va teran bilishi, O’zbekistonning kelajagi buyukligiga ishonishi kerak bo’ladi. E’tiqod va vatanparvarlikqadriyatlarini bolalar ongiga singdirishga qo’l urgan tarbiyachining fikrlari sayoz, ishonchsiz bo’lsa, zamonaviy topqir bola buni tez anglab yetadi va unga ishonmaydi, mehnatlar zoe ketadi.
Beshinchidan, zamonaviy tarbiyachi-pedagog darsga yangicha o’qitish texnologiyalarini olib kirishi, bolalarga e’tiqod va vatanparvarlikqadriyatlarini singdirishda noan’anaviy usullardan ko’proq foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oltinchidan, pedagogdan har qanday dars o’tishda yaxshi natijalarga erishishining bosh omillaridan biri – bolalar bilan til topishish va sog’lom muhitni yarata olishlik talab etiladi. Vatan, yurt ravnaqini o’zi o’qitayotgan fani bilan bog’lab, bolalarda millat kejagida mas’uliyat hissini tarbiyalashga erishishi kerak bo’ladi. Chunki, hozirgi zamon bolasi ko’plab ma’lumotlarga, shart-sharoitlarga va imkoniyatlarga ega, ular bilan ishlash, talab-takliflarini chuqur o’rganib muomala qilish, til topisha olish pedagogikada yaxshi natijalarga erishishga olib keladi.
Psixologiyada e’tiqod tushunchasi bilan bevosita bog’liq imon so’zi borki, uning lug’aviy ma’nosi ”ishonch”dir. ”Vatanni sevmoq - imondandir”,- deyiladi hadislarda. Vatanfurushlarni, ota-onaga qo’l ko’taradiganlarni ”imonsizlar” deb ataladi xalq orasida. Tug’ilib o’sgan yerni muqaddas bilish, kindik qoni to’kilgan tuproqni sevish, yurtni sog’inish, Vatan uchun vijdonan mehnat qilish – imonlilik belgisidir.
Imon, e’tiqod va qiziqishlar insonda dunyoqarashni shakllantiradi. Bizning holatimizda bolaning dunyoqarashi – tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g’oyalar majmui bo’lib, u tarbiyalanuvchini o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o’rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha denyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o’zi tanlagan yo’liga, kasbiga, e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. SHu xislatlarni, dunyoqarashni tarbiyalashning zamirida esa e’tiqod va vatanparvarlikqadriyatlarini shakllantirish yotadi.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda har bir o’qituvchi quyidagi shartlarni e’tiborga olishi lozim:

  • bilim egallashga ehtiyojni sezish va o’z bilimi va qobiliyatini namoyon qila olish ko’nikmasiga egalik bo’lishi;

  • o’ziga nisbatan talabchan, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni bartaraf eta olish;

  • vatanparvarlik sifatlariga ega bo’lish; mehribonlik, g’ururli bo’lish;

  • Zo’rlash , majburlash usullaridan voz kechish

Sanab o’tilgan sifatlarni o’quvchi ongiga singdirish uchun quyidagi shart-sharoitlarga amal qilish zarur:

  • o’quvchilarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishni ijtimoiy hayot sharoitlari bilan bog’lab olib borish;

  • o’quvchilarni ijtimoiy yo’naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish;

  • ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to’g’ri yo’l topib chiqa olish ma’naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish;

  • Bolaning qiziqishlari e’tiborga olish

Shuni ta’kidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlashayotgan bir sharoitida o’quvchi yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Bolalarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish o’ta mas’uliyatli vazifa bo’lib, bu ish bevosita tarbiyachilarimiz – o’qituvchilardan o’ta yuksak pedagogik mahoratni, pedagogik etika va insoniy madaniyatni talab etadi. Bugungi o’quvchi oldiga kiradigan o’qituvchi-pedagog o’z qarashlari, faniga munosabati, o’zbeklar tarixi va madaniyatini chuqur bilishi va e’tiqodi bilan bola shaxsiga ta’sir etish mas’uliyatini unutmasligi kerak.
Biz bolalarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishning bevosita ishtirokchilari va mas’ullari hisoblanuvchi pedagoglarning qanday xislatlarga ega bo’lishi muhimligini o’rganib chiqdik:
Birinchidan, o’qituvchi o’zi yashayotgan jamiyatda o’z mavqeiga ega bo’lishi, boshqalarga har jihatdan o’rnak bo’lishi, bolalar buni ko’rib, unga havas qilib, unga intilishlari lozim bo’ladi. Agar o’qituvchi ma’naviy qoloq, janjalkash yoki darslarga kechikib kelsa, ta’magirlik qilsa, bunday o’qituvchi auditoriyada hech qanday natijaga erisha olmaydi.
Ikkinchidan, bugungi kunda pedagogning o’z mustaqil fikri bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi o’quvchi aynan shu betakror fikrlash sharoitidagina erkin fikr yuritishga, o’zi mustaqil mushohada yuritib davr yangiliklarini anglashga, o’z yuragini qo’rqmasdan ochib, tushunmaganini so’rab olishga o’rganadi. Bu esa o’zicha tahlil qilib anglagan ma’lumotining xotirada yaxshi saqlanishiga va boshqalarga tashviqot-targ’ibot qila olishida yaxshi ko’mak beradi.
Uchinchidan, o’qituvchilarimiz o’zi yashayotgan jamiyatda bilimi, yangiliklarni tez anglaganligi, millatimiz tarixi va madaniyatini chuqur bilishi, vatanparvarligi bilan ajralib turishi kerak. Soddaroq qilib aytganda, pedagog o’zi yashayotgan jamiyat a’zolari orasida ma’naviy savodxonligi bilan ajralib turishi kerak bo’ladi.
To’rtinchidan, pedagogning o’zi milliy istiqlol g’oyasini, millatimizning buyukligini, bebaho milliy madaniyatimiz va davlatchiligimizning tarixini mukammal va teran bilishi, O’zbekistonning kelajagi buyukligiga ishonishi kerak bo’ladi. E’tiqod va vatanparvarlikqadriyatsini o’quvchilar ongiga singdirishga qo’l urgan tarbiyachining fikrlari sayoz, ishonchsiz bo’lsa, zamonaviy topqir o’quvchi buni tez anglab yetadi va unga ishonmaydi, mehnatlar zoe ketadi.
Beshinchidan, zamonaviy tarbiyachi-pedagog darsga yangicha o’qitish texnologiyalarini olib kirishi, o’quvchilarga e’tiqod va vatanparvarlikqadriyatsini singdirishda noan’anaviy usullardan ko’proq foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oltinchidan, pedagogdan har qanday dars o’tishda yaxshi natijalarga erishishining bosh omillaridan biri – bolalar jamoasi bilan til topishish va sog’lom muhitni yarata olishlik talab etiladi. Vatan, yurt ravnaqini o’zi o’qitayotgan fani bilan bog’lab, bolalarda millat kejagida mas’uliyat hissini tarbiyalashga erishishi kerak bo’ladi. CHunki, hozirgi zamon o’quvchisi ko’plab ma’lumotlarga, shart-sharoitlarga va imkoniyatlarga ega, ular bilan ishlash, talab-takliflarini chuqur o’rganib muomala qilish, til topisha olish pedagogikada yaxshi natijalarga erishishga olib keladi.
Xulosa

Mustaqilligimizga munosib, jahon tanigan ajdodlarimizga loyiq, sobitqadam, ma’naviyati yuksak barkamol insonni tarbiyalash jarayonida jamiyat rivojlanishiga monand o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglash va ularga mos keladigan chora-tadbirlarni aniq belgilash katta ahamiyatga egadir. CHunki, mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari barkamol shaxs kamoloti uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar uning o’zligini anglab borishi va o’z ustida chuqur ishlagan tarzda Vatan ravnaqi hamda yurt taraqqiyoti uchun sidqidildan mehnat qilish maqsadida butun imkoniyatlarini, aqlini safarbar etishga undaydi. Islohotlar va ularning tom ma’nodagi mohiyatini esa birinchi navbatda yoshlarning ilg’or vakillari bo’lmish bolalar anglaydilar. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, qalbida Vatanga muhabbat, uning kelajagiga ishonch, e’tiqod va vatanparvarlikqadriyatlari jo’sh urgan mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashning eng samarali usullarini amaliyotga joriy etish hamda shu orqali millatimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi milliy istiqlol g’oyasini ongga singdirishga oid muhim qonuniyatlarni bilish maqsadga muvofiqdir.



Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish