2- rasm Kichik maktab yoshidagi bolalarda vatanparvrlik qadriyatlarini shakllantirish jarayoni
Tsitseron (Rumo notig’i va faylasufi). Bizga ota-onalar,bolalar, yaqin xesh-aqrobalar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” degan so’zda mujasamlashgan. Vatanga nafi teggudek bo’lsa, qaysi vijdonli odam u uchun jonini berishga ikkilanar ekan!
Gegel (nemis faylasuf). Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo’lida qurbon bo’lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
Bayron (ingliz shoiri). Kimki o’z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
Belinskiy (rus tanqidchisi). Kimki o’z Vataniga dahldor bo’lmasa, u insoniyatga ham dahldor emas.
Gyugo (frantso’zadibi). O’z Vataniga dog’- tushurish uni sotish degan so’z.
Vatan tuyg’usi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Prezidentimiz I A Karimov aytganidek: “Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya’ni, inson o’zligini anglagan, nasl-nasabini bilgani sari yuragida vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi”.
Vatanparvarlik deganda esa yana quyidagilarni anglash joiz:
-o’z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan fahrlanish:
-qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy me’roslarni ko’z qorachig’iday asrash va avlodlarga taqdim etish:
-xalqimizning, ajdodlarimizning go’zal va ma’noli urf-odatlar, rasm-rusm va udumlarni qadrlay bilish, ularni davom ettirish:
-ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularni ulug’ ishlari, ijodlari bilan fahrlanish, ularni ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo’lish:
-shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan fahrlanish:
-turon zaminni himoya qilib, tomirdan ohirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo’lgan qahramonlarni yod etish:
-asrimizning 20-50 yillari va nihoyat 80- yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag’onlarda qamoq va surgin a’zoblarni boshdan kechirgan va halok bo’lgan minglab millatmiz gullarini unutmaslik:
-bu aziz va go’zal vatanimizda yuksak e’tiqod bilan yashash unga hamisha sadoqatli bo’lishdir
Vatanparvarlik hammamizning o’z ishimizga mas’uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko’z qorachig’iday asrash, boyliklariga boylik qo’shishga o’z ulushimizni qo’shish uni fan cho’qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so’z bilan aytganda o’z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo’shish:
-ona yurtimizda tinchlik, barqarorlikni va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir.
-vatanparvarlik-xalqaro munosabatlari vatan, millat manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yishdir.
Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyg’undir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanpavrvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi.
Insonparvarlik bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatning ajralmas fazilatidir. U purma’no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik inson, xalqning ajralmas hislati tarzida ko’zga tashlanadi. Qur’oni Karim insonparvarlik g’oyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari g’oyalarga boy xikmatlar majmuasidir. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr shafqatida, diyonatda, o’zaro ko’maklashuvida hamdardlikda, boshqalar qayg’usiga sherik bo’lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan fahrlanishda ko’rinadi. O’zbek xalqi doimo u insoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Horazmiy, Al-Beruni, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, A Navoiy, Ogahiy, asarlardagi g’oyalar -insonparvarlik ruhi bilan ajarlib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g’amxo’rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan bepavolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustidagi g’am emaslik tarafli inson uchun tamomila yotdir.
Prezidentimiz va O’zbekiston davlatning eng ulug’vor va insonparvarlik g’oyalaridan biri-ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug’ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur, demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo’g’rilgan. O’z millatiga sadoqatli bo’lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. Millatparvarlik u har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O’z millatini sevmagan o’zini ham, vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarilik o’z millatini boshqa millatlardan ustun qo’yish kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farqqiluvchi tuyg’udir. Millatparvarlik o’z millatining birligini mustahkamlash, o’z tili, urf-odatlari, an’analarini rivojlantirish, qadriyatlar va me’roslarini ko’z qorachig’iday asrash o’z millatini kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql zakovat salohiyatni rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish yo’lida fidoiy bo’lishdir. Milliy o’zlikni anglashni muhim omili bo’lgan millatparvarlik tuyg’usini shakllantirishda yaqin o’tmishda millatimiz manfaatlarini ko’zlab millatparvarlikning yorqin namunasini ko’rsatgan millatimizinng sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni tashviqot qilish katta ahamiyatga ega. Bugun F. Xo’jaev, A. Ikromov, A. Qodirov, U. Nosir, A. Fitrat, I. Mo’minov, H. Abdullaev, Sh. Rashidov kabilarni nomlari millatparvarlikni o’zida yorqin mujassam etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim. Millatimizning mustaqilligi uchun jon fido etdilar. Ulardan birlari millatimiz sharafini himoya qilibgina qolmay, uni jaxon uzra ko’z-ko’z qilishda o’zlarini ayamadilar. Yana birlari esa ona zaminda millatimiz orasida ulkan kadrlar etishib chiqishiga jonbozlik ko’rsatdi. Boshqa birlari esa yurtimizdan tashib ketilgan hom ashyoni o’rnini to’lg’azish uchun markazdan ko’proq texnika, texnolgiya fan yutuqlarini, mablag’larini olib kelish yo’lida faoliyat ko’rsatdi. Bugun Mustaqil O’zbekistonni jaxonda o’z munosib o’rnini topishi, millatimizning qadr-qimmatini joyiga qo’yish ona zaminda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari bilan barqaror rivojlanish yo’lida faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekiston respublikasi prezidenti I. A. Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o’rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |