O‘zbekistonning umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat
kilometrni tashkil etadi. Maydonining beshdan to‘rt qismi
tekislik, oz qismi tog‘, adir, tog‘ yonbag‘irlaridan iborat.
O‘zbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari –
Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tadi. Mamlakatimizning sharqiy va
janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va
Hisor tog‘lari bor. Bu tog‘lar orasida Farg‘ona, Zarafshon, Kitob –
Shahrisabz, Surxon – Sherobod, Chirchiq – Ohangaron kabi katta
vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda
yashaydi.
!
63
Do'stlaringiz bilan baham: |