Vatanimizning poytaxti Toshkent shahridir. O‘zbekiston
bitta respublika va 12 ta viloyatdan tashkil topgan. Bular
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax,
Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo,
Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlaridir.
«Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-
qishloq – barchasining o‘ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati
bor»
1
.
O‘zbekistonni bir ko‘rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi.
Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning
barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o‘ziga maftun etgani
haqida hayajonlanib so‘zlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |