Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


«Albatta, ko‘pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtiradilar»



Download 0,8 Mb.
bet45/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

«Albatta, ko‘pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtiradilar» («An’om» surasi, 119-oyat).
«Yo‘q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos» («Rum» surasi, 29-oyat). 
Qur’on havoyi-nafsni tuzatish yo‘lini ham ko‘rsatgan. Bu esa, butun vujud bilan Allohga yuzlanish va uning buyruqlaridan chiqmaslik bilan bo‘ladi.
«Va, ammo kim Robbisining maqomidan qo‘rqqan va o‘z nafsini havolanib ketishidan qaytargan bo‘lsa. Bas, albatta, jannat o‘rin bo‘ladir» («Annaziat» surasi, 40-41-oyat). 
Mana shu Alloh har narsani kuzatib turishiga ishonish va havoyi-nafsga qarshi kurashish, to‘g‘ri yo‘lda sobit qadam bo‘lib, noto‘g‘ri yo‘lga kirmasligimizning kafolatidir.
Mavzu №37. Giyohvandlik va unga qarshi kurashish


REJA:
1. Inson uchun inson zararli illatlar.
2.Ichkilik inson ongi kushandasidir.
3.Kashandalik sog’liqga zarar.
4.Giyohvandlik taraqqiyot kushandasi.
5.Sog’lom turmush tarzi – salomatlik garovi. 


Tayanch so`z va atamalar :Ichkilikbozlik, giyohvandlik, mast qiluvchi, kashandalik
Inson ongi yuksak darajada rivojlanibdiki ,o’z-o’zini xarob qilib keladi . Bunga yer talashib bo’lgan urushlar , ichkilikbozlik, kashandalik ,giyohvandlik misol bo’ladi .
Shunday yomon illatlarni deb , qancha-qancha insonlar qirilib ketdi , yosh chaqaloqlar nogiron tug’ildi.
Insoniyat tarixida o’tkir spirtli ichimlik ishlab chiqarilgandan buyon uning domiga tushib qolmaslik uchun kurashib kelinadi.Ammo o’tgan davrda “Mast qiluvchi “. Bu spirtli ichimlikning ko’p turi tarqaldi .Ular ilgaridan ma’lum may ,sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq, konyak, bo'lsa, pivo, vino va boshqa shunga o’xshash ichimliklardan iborat bo’lib , barchasi inson umri egovi hisoblanadi. Tarkibida etil spirti bo’lganligidan mazkur ichimliklar iste’mol qilgan kishini ma’lum muddat sarxush qiladi. Bu odatni tez –tez takrorlash esa ,kishining alkagol domiga tushib qolishiga sabab bo’ladi. Afsuski, “mast qiluvchi” bu ichimlik yaratilibdiki, inson unga qiziqib keladi. Ammo hozirgi davrda, hatto o’smir yoshlar, ayollar o’rtasida ham ichkilikbozlikka,giyohvandlikka , kashandalikka ruju qo’yish hollari uchramoqda. Inson onadan ichuvchi bo’lib tug’ilmaydi . Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud . Tug’ilgan kunlarni nishonlash, chaqaloq dunyoga kelishi bilan o’tkaziladigan turli tadbirlar, fuqarolar o’rtasida uyishtiriladigan bitiruv kechalari , xatna to’ylari, nikoh to’ylari, quda chaqiriq va boshqa marosimlarda spirtli ichimliklar tanavul etilishi bu illatning tomir otib ketishiga sabab bo’lmoqda. To’y tantanalari ,xursandchilik marosimlarda shu shodiyona “Gunohkorlari” shaniga maqtovlar aytilib, qadah ko’tariladi, yosh-u qariga , ayol-u erkakka shisha ichida “beozorgina” turgan og’uni ichish taklif etiladi. Bu holni tantanada ishtirok etayotgan yosh bolalar sinchkovlik bilan kuzatib turadilar. Kattalarning bunday qiliqlarini ko’rgan bolada asta sekin uni tatib ko’rish ishtiyoqi uyg’onadi.Shunday qilib ,oz-ozdan xursandchilik,kayfu-safoni boshdan kechirgan bola ichishga o’rgana boradi. Bolalar o’rtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi asr vabosining tarqalishiga ota –onalarning o’z yumushlari bilan bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik ortirishga ruju qo’yish, bolaning keragidan ortiq ta’minlanganligi va boshqa omillar sabab bo’lmoqda. Ma’lumki, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, turli narkotik moddalarni chekish mamlakat taraqqiyotiga, inson kamolotiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ichkilik va giyohvandlikdan saqlanishga da’vat etiladi. Spirtli ichimliklar insonning ma’nan va aqlan rivojlanishiga katta zarar yetkazadi. Undan ortiqcha iste’mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularning har ikkalasini ham izdan chiqaradi. Ichkilik odamni subutsiz , beburd, yolg’onchi, razil kishiga aylantirib qo’yadi. U miyaga qattiq ta’sir etib, jigarni, asabni ishdan chiqaradi, yurak faoliyatini zaiflashtiradi. Ichkilikka berilgan kishining hayoti fojia bilan tugaydi. U odam or-nomus, urf-odat va mulozamatni unutadi, rahm-shafqat degan tushunchalardan uzoqlashib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluqga aylanib qoladi. 
Kashandalik –zararli odatlardan sanaladi . Sigaret chekish natijasida uning tarkibidagi nikotin moddasi inson a’zolariga qo’zg’atuvchan ta’sir ko’rsatib,qon bosimini oshiradi , mayda tomirlarni toraytiradi, nafasni tezlashtirib, ovqat hazm qilish tizimining shirasini ko’paytiradi. Chekish jarayonida nikotin va tamaki tutuni tarkibidagi moddalar inson a’zolarini zaharlaydi. Chekuvchilarning hadeb yo’taladigan bo’lib qolishi ana shundandir . Kashandalik og’iz bo’shlig’i , tomoq, nafas yo’llarida o’smalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Chekuvchi kasal bo’lganda uning sog’ayishi og’ir kechadi .Chekish miya quvvatining pasayishiga olib keladi .Narko’tik moddalarning qaysi turini iste’mol qilishdan qat’inazar hammasi ham nasilga yomon ta’sir qiladi,giyoxvand ayol yoki erkakning farzandlari tug’ma nogiron ,mayib-majruh bo’lib tug’iladi. Taniqli sayyoh Xristafor Kolumb XV-asrda markaziy Amerikadan Yevropaga giyox bargini keltirdi .So’ng shifobaxsh modda va tutun turli kasalliklarga dori deb ,chekishni o’rgandilar . Birinchi bo’lib bu o’simlik Yevropada shived tabiatshunosi Karl Liney tomonidan o’stiriladi va Jan Niko degan kishi “sharafi”ga “Nikotin “ deb nom oladi . Tamaki giyoxi jaxon miqyosida ekilib ko’paytirilmoqda tamakli giyoxida sigaretlar ,tanasidan moxorkalar tayorlanadi .Kashandalar va noskashlar o’pka raki , bo’g’ma ,asab kasaliklari bilan og’riydilar. 
Jamiyatning iqtisodiy –ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga zarba beruvchi illatlardan yana biri – Giyohvandlikdir. Giyohvandlik ham ichkilikbozlik kabi inson salomatligi kushandasidir. Giyohdlik asli nasha, qoradori, ko’knori va shu kabi narkotiklarni iste’mol qilishga odatlangan odamdir. Ularni bangi , nashavand , ko’knori deb ham ataladi. Geroin-ilk bor Germaniyada shamollashga qarshi dori sifatida ishlatilgan. Eng xavfli giyohvandlik moddalaridan bo’lgan geroin shu tariqa butun dunyoga tarqalgan.
Giyohvand moddalarga o’rgangan kishi organizimi uni vaqtida iste’mol qilmasa turolmaydi . Bunda kishida bosh og’rig’i oyoq -qo’l qaltirashi, yurak bezovtaligi paydo bo’ladi . Giyohvandlar atrof –muhit uchun ham ,oila va jamiyat uchun xavflidir . Shu bois yurtimizda giyohvandlik tomir otishining oldini olish va unga qarshi kurashish har-bir fuqoroning vatanparvarlik burchidir. 
Oilada bola tug’ilishi ba’zan quvonch emas, tashvish keltiradi. Ichuvchi ota –onalar aqlan zaif , nogiron farzandlar tug’iladi . Bunday bolalar ota-ona uchun ham , jamiyat uchun ham falokatdir. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, 1000 ga yaqin aqli zaif boladan 500 nafarining onasi ,70 nafarining otasi ham , onasi ham spirtli ichimlik iste’mol qilar ekan . Erkak kishi alkagolga o’rganishi uchun 7-10 yil doimiy ichishi kerak bo’lsa, ayol 1-3yil mobaynida o’rganadi. 13-14-yoshli o’g’il yoki qiz bolaga beriladigan bir qadah kuchsiz vino katta yoshli odamning bir shisha aroq ichgani kabi yomon ta’sir etadi .Oilaning sog’lom turmush tarzi , dunyo qarashi, ota –onasining halolligi ,pokligi, mehnatsevarligi, e'tiqodi farzandlarni ichkilik bozlikdan , giyohvandlikdan, asrovchi omillardir. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish