Vatan- onajonimsan
Vatan har go’shangda ajib bir jilo
Sen o’zingsan mening jonimga oro
Zarra tuprog’ing ham muqaddas menga
Mayliga sen uchun qilsam jon fido
Farzandingman sening jon onajonim
Sen tinchsan fayzlidur mening har onim
Xizmatingga shayman men ham ushbu kun
Sajdagosan menga faxrim-u orim
Sen borsan mazmunli mening har kunim
Osuda o’tadi har bitta tunim
Obodsan ozodsan hamda farovon
Tilagim doimo bo’lgin tinch-omon
Baxtim bor bag’ringda tug’ilib o’sdim
Sen borsan hech yo’qdir mening kam-ko’stim
Baxtliman baxtlilar ichida a’lo
Sen mening umrimga ma’no
Buyuk tarixing border onajon
Bu kun seni tan oldi olam-u jahon
Sen so’zla ovozing yangrar barilla
Tenging yo’q tengsizsan butun olamda
Farzandingman men ham koringga yaray
Oroming yo’lida jonimni beray
Burchga sadoqat-la xizmat qilib men
Onajonim senga munosib bo’lay
Sharaf-shon
Qalbdan chin sadoqat-la
Xizmat qilar Vatanga
Vatanparvarlik ruhi
Singib ketgan jon tanga
Vatanim tinch bo’lsin deb
Hamda bo’lsin osoyish
Tun-u kun xizmatdadir
Tinim bilmas yoz-u qish
Xizmat qilib chin dildan
Ado etar burchini
Burchga sadoqat ila
Oqlar el ishonchini
Xalqning asl o’g’loni
Mard jasur pahlavoni
Harbiylarga ming tahsin
Ular nel sharaf-shoni
Shukrona
Ollohim senga shukrlar deyman
Avvalo ato etgan joning uchun
Ollohim ming shukr aytaman takror
Onam-la o’tkazgan har onim uchun
Ollohim ming bora shukrona aytay
Bergan har soniya nafasing uchun
Yana ming bor shukur aylayin senga
Olamni tinch omon qilganing uchun
Shukrona aylamoq benihoya soz
Senga ming shukrlar aylasam ham oz
Shukrona aylamoq hayot mazmuni
Shukrona aylayin senga har kuni
Har kuni shukrona aylayin ming bor
Sen doimo menga bo’lgin madadkor
Onam faxri …
Bir kun onajonim faxrlanib der
Qizim ham munosib bo’ldi Vatanga
Ba’zida ko’z yoshi oqar misli sel
“Sog’indim-ku sizni” desam onamga
Onajonim bu kun boshi tik mag’rur
Farzandin kamolin ko’rgani uchun
Qalbida jo’sh urar faxr va g’urur
Unga alqov aytar olam-u ochun
Bu kun onajonim ko’zida Yoshi
Quvonch-u shodlikdan namlanar ko’zlar
Muhimi el ichra tik erur boshi
Iftixor nash’asin totib so’z so’zlar
Labida tabassum yuzlarida nur
Holimni so’raydi xavotir ila
Mehrining taftidan qalbimda huzur
Yurak sog’insa-da o’rtanmas sira
Onajon siz borki yarim ko’nglim to’q
Siz borki bu qalbda zarra armon yo’q
Yaratgan asrasin har onda sizni
Jannatidan elchisiz siz qizingizni
Do'stlaringiz bilan baham: |