Vasiylik va Homiylik


Vasiylik va homiylikning tugashi



Download 53,99 Kb.
bet21/25
Sana01.06.2023
Hajmi53,99 Kb.
#947720
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Vasiylik va Homiylik

7. Vasiylik va homiylikning tugashi
100. Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:
vasiylikdagi shaxs vafot etganda;
voyaga yetmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lganda;
voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;
vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;
fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.
101. Voyaga yetmagan bola o‘n to‘rt yoshga to‘lganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo‘lib qoladi.
102. Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:
homiylikdagi shaxs vafot etganda;
homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;
homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;
homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;
fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning qarori bekor qilinganda;
voyaga yetmagan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya);
homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i yaxshilanganda.
O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritish, vasiylik va homiylikni belgilash va amalga oshirish
SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga


2-ILOVA
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Davlat reyestri ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha shakllantiriladi va yuritiladi.
2. Quyidagilar davlat reyestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bazasini yaratish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolari oilalariga tarbiyaga berishga ko‘maklashish;
bolalarni o‘z oilalariga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar olishi uchun sharoitlar yaratish;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan fuqarolarni vasiylik yoki homiylikka joylashtirishga ko‘maklashish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar mol-mulkining saqlanishini ta’minlash.
3. Davlat reyestrini shakllantirish va yuritishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur:
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulklari hamda vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlari o‘rtasida almashish imkoniyatini yaratish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona axborot almashish muhitini yaratish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki hamda ularga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning ishonchli va to‘liq bo‘lishini ta’minlash;
ma’lumotlarni qalbakilashtirish, yo‘qotish, buzish va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash.

Download 53,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish