Varieties hand out notes uzb



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

Butalash 
Anor daraxtlarini butalash (kesish) vaqtida ularning meva berish 
fiziologiyasini doim e’tiborga olinishi shart. Anor daraxtlari yoshi katta (2-3 yosh 
yoki undan katta) va bir yoshli (shu mavsumdagi) novdalarda meva beradi. Eng ko‘p 
va sifatli meva yoshi katta novdalarda hosil bo‘ladi. Qisqa meva beruvchi spur 
kurtaklar asosan ikki yoki uch yoshli novdalarda shakllanadi va bunday spur 
kurtaklar novdaning tashqi yuzasida shakllanadi.
Anor daraxtlarini har yili butab turish kerak, ortiqcha va so‘ruvchi novdalar 
kesib tozalanishi shart. Sifatli meva olish uchun anor daraxtlari qanday tizimda 
shakllantirilmasin (yagona yoki bir nechta asosda) butalab turilishi shart.
Anor daraxtlari hosildan so‘ng qishda, tinim davrida butalanadi (kesiladi). 
Shimoliy yarimsharda bu davr tahminan dekabr-yanvar oylariga to‘g‘ri keladi. 
Daraxt kesishni boshlash vaqti nav, parvarishlash va bog‘ning umumiy boshqaruv 
faoliyatlari vaqti bilan bog‘liq.
Daraxtlarni kesish asosan qish oylariga ya’ni kurtak yorish davridan oldinga 
to‘g‘ri keladi, yoz oylari o‘rtasida so‘ruvchi novdalar kesib tozalanadi. Eng katta 
kesish ishlari daraxtga shakl berish va shu shaklni ushlab turish uchun amalga 
oshiriladi. Ortiqcha havo aylanishi va quyosh nuri kirishining oldini olish yoki 
shamolda mevalar bir-biriga ishqalanib zararlanishing oldini olish maqsadida anor 
daraxtlariga ochiq ko‘za ko‘rinishida, daraxtni va mevalarni tutib turish uchun 
yetarlicha yon shoxlarni qoldirib shakl beriladi. Daraxt balandligida imkon boricha 
narvondan foydalanishni minimallashtiradigan masofada (tahminan 3m) ushlab 
turish tavsiya qilinadi.


98 
Qisqa meva beruvchi spur kurtaklar asosan ikki yoki uch yoshli novdalarda 
shakllanadi va bunday spur kurtaklar novdaning tashqi yuzasida shakllanadi. Spur 
kurtaklar vaqt o‘tishi bilan bir necha yil meva beruvchi balog‘atga yetgan novdalarni 
hosil qiladi, lekin daraxt katta bo‘lgan sari ushbu balog‘atga yetgan novdalarning 
hosildorligi tushib boradi. Shu sababdan har yili yengil butab borish spur 
kurtaklarning ko‘payishiga olib keladi, daraxtlarni qattiq kesish esa hosildorlikni 
tushiradi. 
Bir-biriga ishqalangan yoki ortiqcha shoxlarni kesayotganda meva beruvchi 
shoxlarni ko‘p olib tashlamaslikka e’tibor tavsiya qilinadi. Shunday bo‘lsada qattiq 
chigallangan 
meva 
beruvchi 
shoxlarni 
siyraklashtirish 
meva 
hajmini 
kattalashtirishga va ularning ishqalanib shikastlanishi oldini olishga yordam beradi. 
Asos shoxlarni ham ba’zida butalab eng kuchli va yaxshi shakllanganlarini qoldirish 
maslahat beriladi. Hosildorlikni yuqori va har mavsumda bir xil ushlab turish uchun 
3-5 yoshli shoxlarni yangilariga almashtirish hamda vaqtida meva bermaydigan 
so‘ruvchi novdalarni tozalab turish maqsadga muvofiq.
Yuqorida tilga olinganidek anor daraxtlari yoshi katta (2-3 yosh yoki undan 
katta) va bir yoshli (shu mavsumdagi) novdalarda meva beradi, lekin eng yaxshi 
meva yoshi katta shoxlarda hosil bo‘ladi. Mevani yoshi katta shoxlarda 
shakllantirish uchun shoxlarni erta gullashdan oldin kesish kerak ya’ni ushbu 
mavsumda shakllangan novdaning yarmini kesib qisqartirish va gullashiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak.
Yodingizda tuting, daraxtlarning yoshi katta bo‘lib borgan sari gullariga 
qanchalik ko‘p quyosh nuri tushsa va ular orasida havo aylansa meva sifati va 
hosildorlik shuncha yaxshi bo‘ladi. Demak yoshi katta 5-6 ta shoxni butayotgada 
ular orasini oching va bir-biriga ishqalangan shoxlarni (novdalarni) kesib tozalang 
(2.7.8-rasm) Mevaning asosiy qismi daraxtning tashqi yuzasida, yoshi katta 
shoxlarda shakllangan yosh spur kurtaklarda hosil bo‘ladi. Shu sababdan juda ko‘p 
shox kesib tashlamaslikka harakat qiling, oqibatda hosildorlik tushib ketadi.


99 
Quyosh nuri meva hosil bo‘lishida va sifatida juda muhim o‘rin tutadi. Yozgi 
butalash, so‘ruvchi va ortiqcha novdalarni kesib tozalab turish quyosh nuridan 
unumli foydalanishga yordam beradi.
Juda ko‘p bog‘bonlar meva terish jarayonini optimallashtirish uchun 
daraxtlarini 3-4 metrda kesib, balandligini nazorat qilib turishadi. Anor 
yetishtirishdagi katta muammolardan biri bu yosh novdalarni birinchi yilidayoq 
meva og‘irligi evaziga egilib o‘z shaklini yo‘qotishi va vaqt o‘tishi bilan egilgan 
shoxlardagi mevalarning yerga tegib qolishi. Buning oldini olish uchun shoxlar 
simbag‘azga tortiladi yoki kesib qisqartiriladi. Shu sababdan ayniqsa hosildorligi 
yuqori yosh novdalarni simbag‘azga tortish muhim ahamiyatga ega (2.7.9-rasm) 

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish