Varieties hand out notes uzb


Organik anor yetishtirish



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

Organik anor yetishtirish 
Organik qishloq xo‘jaligi genitik o‘zgartirishni oldini olishga, sintetik 
pestitsidlar, gerbitsidlar yoki ozuqalardan foydalanmagan holda tabiiy resurslarni va 
biologik xilma-xillikni asrashga yordam beradi. Organik meva yetishtirish tijorat 
maqsadida meva yetishtiruvchilar orasida jadal rivojlanib bormoqda. Zararkunanda 


90 
xasharotlar va kasalliklar kam uchrashi sababli anor organik usulda yetishtirilishi 
mumkin.
Organik anor yetishtirishga xulosa qilishga shoshilmaslikni tavsiya qilamiz, 
chunki organik anor yetishtirish daraxtni ekish va hech qanday ishlov bermasdan 
mevasini terib sotish emas. Bunday usulda hosildorlik va meva sifati past bo‘ladi. 
Shuni bilish kerakki, organik meva
yetishtirish juda mashaqqatli mehnat va oddiy 
usulga nisbatan ko‘proq qo‘l mehnati talab qiladi.
 
2.7. Anor daraxtlariga shakl berish va ularni kesish 
Anor daraxtlariga shakl berish.
Tabiiy holda anor daraxtlari buta shaklda 
o‘sadi. Ularga ikki usulda shakl berish mumkin: yakka yoki bir nechta asosli. Anor 
daraxtlari odatda bir nechta asosda o‘stiriladi. Faqatgina qish iliq keluvchi 
hududlardagina ularni bitta asosda o‘stirish mumkin.
Ikkinchi usulda, anor daraxtlari yerdan o‘sib chiqqan 3-5 tagacha asosda 
shakllantiriladi. Tijorat maqsadida anor yetishtiruvchi davlatlarda anor daraxti 
yagona yoki bir nechta asosda shakllantirilishi xususida hamon munozaralar davom 
etmoqda. Kaliforniyaning San Jokin vodiysi, Isroil va Kiprdagi yangi tashkil 
qilingan bog‘larda anor daraxtlari yagona asosda o‘stiriladi. Dunyoning boshqa 
anor yetishtiruvchi davlatlarida anor daraxtlari bir nechta asosda o‘stiriladi. Ba’zi 
mutaxassislar asos 3 tagacha bo‘lishi kerak desa, boshqalari asos 6 tagacha bo‘lishi 
mumkinligini ta’kidlashadi (
 
2.7.1-rasm). 
Barcha mutaxassislar asos shoxlar soni chegaralanishi tarafdori, chunki anor 
daraxtlarida asos shoxlar ko‘p bo‘lsa ular buta shaklida rivojlanadi va hosildorligi 
past bo‘ladi (
 
2.7.2-rasm). 
Qattiq sovuq urib butunlay qurib qolish xavfi bo‘lmagan hududlarda istalgan 
odam anor daraxtlarini yakka asosda o‘stirishi mumkin. Hatto, tijorat maqsadida 
tashkil qilingan bog‘larda ham yakka asosda o‘stitiriladi. Qish sovuq keladigan 
hududlarda anor o‘stirishning yagona yo‘li bu ularni bir nechta asosda o‘stirishdir. 
Har ikki usulga javob tariqasida ba’zi bog‘bonlar anor daraxtlarini 3 ta asosda 
o‘stirishni afzal ko‘rishadi.


91 
Anor daraxtlari simbag‘azga ham tortilishi mumkin ya’ni qator ichida ular 
zichroq ekiladi va simga tortib shakl beriladi. Bu tizimda 3 ta asosdan foydalaniladi. 
Bir asos chapga, ikkinchisi o‘ngga va uchinchisi o‘rtada shakllantiriladi. Bu tizim 
hali o‘zini oqlashi kerak, chunki asos shoxlar ko‘p bo‘lmagani uchun hosildorlik 
yuqori bo‘lmaydi.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish