102
bo‘yicha turli xildagi mikroiqlim zonalarning harorati o‘rta me’yordagi, subtropik
va tropik hududlarida yetishtiriladi.
Anor daraxti past haroratli qish bo‘ladigan hududlarda barg to‘kadi va tropik,
subtropik sharoitlarda doimiy yashil bo‘ladi yoki qisman barg to‘kadi. Meva
rivojlanishi va pishish davrida daraxt issiq va quruq iqlim sharoitini talab qiladi.
Daraxt tinim davrida ma’lum bir darajada sovuqqa chidamli, ammo -11
0
C dan past
bo‘lgan haroratda zararlanadi.
Anor daraxtini -9°C dan -12°C gacha bo‘lgan sovuq
haroratga chidamliligi
qayd etilgan . Shunday bo‘lsada, ularga yaxshi rivojlanishi uchun uzoq issiq iqlim
sharoit kerak bo‘ladi. Agar harorat -20°C dan pastga tushsa,
anor daraxtlarining
butun tanasi yer yuzasiga muzlab quriydi.
Vegetativ o‘sish davri yetarlicha uzun, ammo harorat -15°C dan pastga tushishi
mumkin bo‘lgan sharoitlarda yaxshi hosil olish uchun anor daraxti sovuqdan
himoyalash maqsadga muvofiq. Bahorgi sovuqlar
gullash uchun muammo
tug‘dirmaydi chunki anor kech gullaydigan o‘simlikdir, ammo hosil yig‘ishdan
oldingi kuzgi sovuqlar daraxt uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Meva yaxshi pishishi
uchun issiq yoz va uzun, quruq va iliq kuz talab qilinadi.
Hayotiy vaziyatlar shuni ta’kidlaydiki, qattiq urug‘li navlar yumshoq
urug‘lilariga nisbatan sovuqqa chidamliroq bo‘ladi. Anor navlarining ko‘pchiligi
daraxtlar uchun talab qilinuvchi sovuq harorat soatlarini talab qilmaydi ba’zi
sovuqqa chidamli navlar bundan istisno.
Natijada, daraxt yog‘ochi doimiy
zararlanishga moyil bo‘ladi. Garchi daraxtlar uchun sovuq
harorat soatlari talab
qilinsada, barcha anor navlari tinim davridan naf olishadi.
Daraxtning qish oylarida sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi. Kuzda to‘liq
uyquga kirishidan oldin va bahorda kurtak yorish davrida daraxtning sovuqdan
aziyat chekish ehtimoli ortadi. Shu davrlar mobaynida daraxt po‘stlog‘i sovuqdan
zararlanishga juda moyil bo‘ladi va birinchi bo‘lib daraxtning
janubiy tomonidan
yerga yaqin qismida sovuqdan zararlanish sodir bo‘ladi. Agar sovuqdan zararlanish
ehtimoli bo‘lsa, kun va tun orasidagi keskin harorat o‘zgarishlarini kamaytirish
103
uchun daraxt po‘stlog‘ini vodoemulsiya bo‘yog‘i bilan bo‘yash muammoga yechim
bo‘lishi mumkin.
Anor daraxtlari issiqqa juda chidamlidir va bir yilda kamida 120 kun davomida
30
0
C harorat bo‘lgan sharoitda juda yaxshi rivojlanadi. Daraxtlar qurg‘oqchilikka
ham chidamlidir. Shunday bo‘lsada, daraxtni rivojlantirish
davrida yetarlicha
sug‘orish talab qilinadi va bu tijorat maqsadida meva yetishtirayotgan bog‘larda juda
katta ahamiyatga ega. Qurg‘oqchilik uzoq davom yetgan davrda yetarlicha
sug‘orilmasa hosil yo‘qotiladi (to‘kiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: