ANDIJON TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMI MUDIRINING BUYRUG’I
Abdijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 22 iyun kungi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida” gi 65-sonli buyrug’i haqida.
U mumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlarni va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash, o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olish, maktab o‘quvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlariga keng imkoniyatlar yaratish hamda Abdijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 22 iyun kungi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida” gi 65-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:
1. Abdijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 22 iyun kungi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida” gi 65-sonli buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha yangi tahrirdagi tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 15 iyundagi 144-sonli buyrug’i 1-ilovasiga, 2020-2021-o‘quv yili davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan namunaviy variativ o‘quv rejalar 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.
3. O’quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho’basi mudiri (A.Axmedov)ga:
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;
- 2019-2020-o‘quv yilida variativ o‘quv reja joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlarini belgilangan tartibda davom ettirish;
- variativ o‘quv rejalarni joriy qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ixtiyoriylik asosida tashkil etish;
- 10 kun muddatda namunaviy variativ o‘quv rejalarni barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkazish;
- variativ o‘quv reja asosida o‘qitiladigan sinf o‘quvchilarining bilimlarini choraklik, oraliq nazorat ishlari va o‘quv yili yakuniy imtihon natijalari yuzasidan monitoring olib borish;
- 2020-yil 5-sentabrgacha tajriba-sinov o‘tadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxatini tuman bo‘yicha umumlashtirish;
- 2020-yil 5-sentabrgacha variativ o‘quv rejani tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxatini Xalq ta’limi boshqarmasining metodik xizmat bo’limiga taqdim etish;
- ushbu ro‘yxat asosida umumiy o'rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish va ularga doimiy uslubiy yordam ko‘rsatish;
- tajriba-sinov ishlari to‘g‘risida har chorak yakunida xalq ta’limi boshqarmasiga ma’lumot taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Variativ o‘quv reja joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlariga:
- 2019-2020-o‘quv yilida variativ o‘quv reja joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlarini belgilangan tartibda davom ettirish;
- variativ o‘quv reja asosida o‘qitiladigan sinf o‘quvchilarining bilimlarini choraklik, oraliq nazorat ishlari va o‘quv yili yakuniy imtihon natijalari yuzasidan monitoring olib borish;
- variativ o‘quv rejalarni joriy etish va ularning samaradorligiga shaxsan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlarini mas’ul etib belgilash;
- variativ o‘quv rejasi asosida ta’lim jarayonini tashkil etishda 2020-202l-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada belgilangan umumiy haftalik dars soatlari hajmini saqlab qolish;
- tavsiya etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha variativ o‘quv reja asosida o‘qitiladigan sinflari shakllantirishda o‘quvchilar va ota-onalarning xohishlari hamda maktabdagi o‘qituvchilarning salohiyatini inobatga olish;
- variativ o‘quv rejani joriy etish, tanlov fanlarini belgilash va sinflarni shakllantirishda maktablardagi Kuzatuv kengashi orqali muntazam jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
5. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i (Sh.Saidov)ga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni joriy qilinishining mazmun-mohiyati haqidagi ma’lumotlarni xalq ta’limi bo’limining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish vazifalari yuklatilsin.
6. Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan tuman xalq ta’limi bo’limi mudirining 2020-yil 9-yanvardagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb qabul qilinsin.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish tuman xalq ta’limi bo’limi mudirining o‘rinbosari J.Qo’ldashev zimmasiga yuklatilsin.
Andijon tuman xalq ta’limi
bo’limi mudiri: N.B. Qashqaboyeva
Andijon tumani
2020-yil “__” iyun,
__ - son
Do'stlaringiz bilan baham: |