Variantlar to’plami 1 variant



Download 21,78 Mb.
bet59/70
Sana06.04.2022
Hajmi21,78 Mb.
#532183
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
umumiy test

59 variant

1. “Sho’roi Ulamo” tomonidan qanday jurnallari nashr qilingan ?


A) “Al-Izoh” va “Al-Isloh” B)”Ulug’ Turkiston” , “Uchqun” C) “Turon”, “Farg’ona sahifasi” D) “Oyna”, “Hurriyat”
2. 305-yildan boshlab, Xorazmning Afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarning old tarafiga …. surati, orqasiga …. surati tushirilgan.
A) burgut va lochin B) bo’ri va bars C) shoh va suvoriy D) sulola ramzi va shoh
3. Xitoy Jahon Savdo Tashkilotiga qachon a’zo bo’lgan ?
A) 2000-yil B) 2003-yil C) 2001-yil D) 1999-yil
4. Quyidagi ma’lumotlarni davlatlarga moslang. XVI-XVIII asrlarda Koreyada (a) Yaponiyada (b)
1) Kobuki teatri juda ommalashdi 2) dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilindi 3) ”Yuz moddali farmon” e’lon qilindi 4) ”Qonunlarning buyuk to’plami” deb nomlangan hujjat qabul qilindi 5) guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi 6) bizdagi baxshilik san’atiga o‘xshash qo‘shiqchilik keng tarqaldi. Bu bilan xalq og‘zaki ijodi adabiyot maqomini oldi va yozma adabiyot sifatida ham davom ettirildi 7) Poeziyaning eng keng tarqalgan janri qofiyalashmagan besh qatorli lirik she’rlar bo‘lib, ular «Tomchi suvda ummonni ko‘rish kerak» degan badiiy tamoyil asosida yozilgan
A) a-1, 3, 7 b-2, 4, 5, 6 B) a-1, 4, 5, 6 b-2, 3, 7 C) a-2, 3, 5, 6 b-1, 4, 7 D) a-2, 4, 5, 6 b-1, 3, 7
5. Mamlakatimiz parlamenti bosib olgan yo’lning uchinchi davri qachondan boshlanadi ?
A) 1995-yil B) 2000-yil C) 2005-yil D) 2002-yil
6. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o‘rniga mos keluvchi ma'lumotlarni qo’ying ?



Asr

O’zbekiston tarixidagi voqea

Jahon tarixidagi voqea

XIX asr

A

Birinchi afyun urushi bo’lib o’tdi

B

Mahmud ibn Vali "Bahr ul-asror" ("Sirlar dengizi") asarini yozdi

C

XVIII asr

D

Parlament Angliya va Shotlandiya o’rtasidagi uniyani qonuniylashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb ataladigan bo’ldi

1) Xivaga Qo‘qon xonligi elchilari keldi. Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida hamdo‘stlik va o‘zaro savdo aloqalarini yanada rivojlantir-ishga kelishildi 2) Samarqand Registoni bugungi qiyofaga ega bo’ldi 3) XVII asr 4) XVIII asr 5) Koreya Xitoyga vassal davlatga aylandi 6) Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirdi 7) Muhammad Amin inoqlik mansabiga ko’tarildi 8) Buyuk Britaniya Kanadaga dominion maqomini berdi.


A) a-2, b-4, c-6, d-8 B) a-1, b-3, c-5, d-7 C) a-1, b-5, c-7, d-8 D) a-3, b-6, c-4, d-7
7. Hozirgi kunda o’lim jazosini qo’llash bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan davlatni toping.
A) Xitoy B) Eron C) AQSh D) Italiya
8. Qadimgi dunyo tarixi tugagan yildan 20 yil oldin(a) va 10 yil keyin (b) bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang.
A) Kidariylar va Sosoniylar davlatlari o’rtasida to’qnashuv bo’lib o’tdi, Eftallarga qarshi bo’lgan urushda Sosoniylar hukmdori Peroz halok bo’ldi
B) Xlodvig Franklar davlatiga asos soldi, Sosoniylar va Turk xoqonligi Eftallarga hujum boshladilar
C) Eftallar Xitoyga elchi jo’natdi, Xlodvig Franklar davlatiga asos soldi
D) Yustinian I vafot etdi, Buxoroda Abruy qo’zg’aloni boshlandi
9. Qachon SSSRda iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sotsialistik industrlashtirishga o‘tish ommaviy tarzda e’lon qilingan ?
A) 1925-yil mayda B) 1925-yil dekabrda C) 1927-yil aprelda D) 1927-yil iyunda
10. Qaysi Shayboniy hukmdorlar poytaxtni ko’chirganlar ?
A) Abulxayrxon, Ko’chkinchixon, Suyunchixo’ja B) Abulxayrxon, Ubaydullaxon I
C) Shayboniyxon, Abu Said D) Jonibek Sulton, Mahmud Sulton
11. Qadimgi dunyo ilohlaridan shahar homiylari bo’lganlarini belgilang.
A) Yupiter, Ra, Ptax B) Osiris, Afina-Pallada, Amon
C) Yupiter, Amon, Ptax, Afina-Pallada D) Netptun, Amon-Ra, Indra, Ishtar
12. Qachon BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin bo‘yicha rezolutsiya qabul qildi ?
A) 1945-yili B) 1946-yili C) 1947-yili D) 1949-yili
13. Sho’rabashat, Uchqo’rg’on singari shaharlari bo’lgan davlat hududida joylashgan ilk o’rta asrlar viloyati hukmdorlari qanday atalgan ? A) Tudun B) Ixshid C) Dehqon D) Tegin
14. Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining ikkinchi bosqichi qaysi voqeadan keyin yakunlandi ?
A) Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan
B) Qo'qon xonligining tugatilishi va Xo'jandning egallanishi bilan
C) Samarqandning egallanishi va Qo'qon xonligining tugatilishi bilan
D) Xo'jandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan
15. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo’mitasi qachon ta’sis etildi ?
A) 1994-yil B) 1999-yil C) 1997-yil D) 1992-yil
16. XIX asr oxiri – XX asr boshida quyidagi qaysi yozuvchi o‘z asarida “oq tanli kishi” boshqalardan ustun bo‘lib, “rangdor” xalqlar orasiga madaniyat olib kirishga tayyor turadi, degan aqidani ilgari surgan ?
A) G.Bicher-Stou B) R.Kipling C) Z.Freyd D) Bernard Shou
17. Rossiyada qabul qlingan 1861-yil 19-fevraldagi «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq kelmaydigan ma’lumotni toping.
A) Bundan buyon dehqonlarni sotib olish, sotish yoki boshqa birovga hadya qilish taqiqlandi
B) Dehqon endi pomeshikning ruxsatisiz oila qurish, mustaqil sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzish huquiga ega bo’ldi
C) Dehqon ko‘chmas mulk sotib olish va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘ldi
D) Qonunga ko‘ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan qaram bo’lib qolaverdilar
18. Qachon Rossiya-Buxoro amrligi o'rtasida Buxoro amirligida o'z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnoma imzolangan ? A) 1896-yil B) 1873-yil C) 1875-yil D) 1879-yil
19. XIX asrning 60-yillarida Napоlеоn III ning mavqеyiga putur yеtdi. Buning asоsiy sababi nima edi?
A) Fransiyaning o’z qo’shnilari Angliya va Gеrmaniyadan tоbоra оrqada qоlayotganligi
B) Ispaniya taхti uchun kurashda Napоlеоn III ning chеkinishi
C) Angliyadan mоliyaviy jihatdan katta miqdоrda qarz оlishi
D) Elzas va Lоtarеngiya kоnlarining Gеrmaniya tamоnidan tоrtib оlinishi
20. Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan xronologik xatolikka ega ma’lumotni toping.
A) XI asrda Xitoyda, XV asr o‘rtalarida Yevropada kitob bosish dastgohlari kashf etildi
B) Yirik feodal davlatlarga o’tish o’rta asrlar tarixining V-XI asrlar o’rtalariga qadar bo’lgan davrida bo’lib o’tgan
C) Xalqlarning buyuk ko‘chishlari Milodiy IV-VI asrlarda bo’lib o’tgan
D) Milodiy V asrdan ikki dalali almashlab ekish boshlangan
21. Quyidagi rasmda tasvirlangan yozuvchi qalamiga mansub asarni aniqlang.

A) “Robinzon Kruzo” B) “Gulliverning sayohatlari» C) “Faust” D) “Matto bayon etgan buyuk musibat”


22. Xorazm shaharsozligi boshlangan asrda…
A) Misr yana yagona davlatga birlashdi B) Sidharta Gautama yashab o’tgan
C) Yunon-Fors urushlari boshlandi D) Solon islohot o’tkazdi
23. Buxoro amirligida Kichik inoq lavozimiga tayinlangan amaldorning asosiy vazifalari nima bo’lgan?
1) amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish 2) chet mamlakat elchilari taqdim etadigan
hujjatlarni qabul qilib olgan 3) buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinla- nishi mumkin bo'lgan
xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan 4) Amir muhri uchun javobgar bo‘lgan
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3
24. Xaritada yulduzcha bilan ko’rsatilgan hududda qaysi varvarlar davlati tashkil topgan ?



A) Vestgot qirolligi B) Vandallar davlati C) Ostgotlar davlati D) Franklar davlati


25. Birinchi jahon urushidan so’ng Eronda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida shoh qaysi davlat bilan hamkorlikni kuchaytirdi ? A) Germaniya B) Italiya C) SSSR D) AQSh
26. Lotin Amerikasining Qaysi davlatlari bir yilda mustaqillikka erishgan ?
A) Venesuela, Paragvay B) Chili, Boliviya C) Brazilya,Boliviya D) Agrentina,Yuqori Peru
27. Hindiston va Pokiston davlatlari tashkil topgan vaqtda ularni birinchi rahbarlari kimlar edi?
A) Hindistonda Maxatma Gandi, Pokistonda Ayubxon B) Hindistonda J.Neru, Pokistonda Liikat Alixon
С) Hindistonda J,Neru, Pokistonda Ayubxon D) Hindistonda M.Gandi, Pokistonda Liikat Alixon
28. Rossiya imperiyasi istilolari davrida qaysi yili qadimda Politimet deb atalgan daryo nomi bilan ataluvchi ma’muriy hududiy birlik tuzildi ? A) 1864-1866-yillar B) 1868-yil C) 1873-yil D) 1876-yil
29. Quyidagilardan qaysi biri Manjuriya va Koreya o’rtasidagi 1637-yilgi yangi shartnomaga muvofiq emas ?
A) Koreya Yaoponiyaning yordamidan va ittifoqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi
B) Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi
C) Koreys hukumati minlar sulolasi bilan har qanday munosabatlarni to‘xtatish va manjurlarga Xitoyga qarshi urushda yordam berish D) har yili o‘lpon to‘lab turish
30. Qadimda Mitanni deb atalgan davlatda 1970-yil Prizdentlikka saylanib 30 yil davomida hukumumatni boshqargan shaxs kim?
A) Oyotullo Humayniy B) Saddam Husayn C) Bashar Asad D) Hafiz Asad



Download 21,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish