2-вариант
1) Нефт маҳсулотлари бозорида дизель ёқилғисининг ўртача ва модали нархларини аниқланг.
Баҳоси, минг сўм/т.
|
Ҳажми, минг т.
|
Баҳоси, минг сўм/т.
|
Ҳажми, минг т.
|
409-452
|
20
|
713-756
|
96,5
|
452-496
|
0
|
756-799
|
66
|
496-539
|
15
|
799-843
|
5,5
|
539-582
|
15
|
843-886
|
0
|
582-626
|
7
|
886-930
|
2,5
|
626-669
|
19
|
930-973
|
2,5
|
669-713
|
17
|
Жами
|
266
|
2) Корхона ходимлари иш стажини ўрганиш мақсадида 5 % , механик усулда танлама кузатиш ўтказилди ва натижада қуйидаги малумотларга эга бўлинди.
Иш стажи, йил
|
6 гача
|
6-10
|
10-14
|
14-18
|
18-22
|
22-26
|
26 дан юқори
|
Ходимлар сони, киши
|
5
|
12
|
20
|
30
|
18
|
9
|
6
|
0,997 эҳтимол билан иш стажи 22 ва ундан ортиқ бўлганлар улушининг ишонч интервалини ҳисобла
Статистик кузатиш ва унинг дастурий-услубий ва ташкилий масалалари.
Kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagailarni o’z ichiga oladi.
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari.
Xar qanday kuzatishni o’tkazishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinadi. Bu masalani to’g’ri va aniq yechish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki kuzatish dasturi, obʼekti va hisob birligi, uning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Noaniq va mujmal belgilangan maqsad va vazifalar kuzatish jarayonida kerakli maʼlumotlarning tushib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.Pirovard natijada sarflangan mexnat va mablag’larning samaradorligi pasayadi.
Masalan, mamlakatimizda barcha statistik kuzatishlar yagona maqsad, u ham bo’lsa, statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlilni yanada chuqurlashtirish, statistikaning analitik funkiiyasini oshirishdan iborat. Bu umumiy maqsaddan tashqari har bir kuzatish o’zining xususiy maqsadi va vazifalariga egadir. Jumladan, aholi ro’yhatini olaylik. Uni o’tkazishdan maqsad aholi soni va tuzilishini aniqlashdir. Bu maʼlumotlar o’z navbatida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotni rejalashtirishda asos qilib olinadi.
Аxolining soni, tarkibi va joylashishi to’g’risidagi aniq va mufassal maʼlumotlarga ega bo’lmasdan turib butun respublika, o’lka, viloyat, tuman va shaharning iqtisodiy va madaniy hayoti bo’yicha ilmiy jihatdan asoslangan joriy va istiqboldagi rejalarni tuzish mumkin emas.
Kuzatish dasturi deyilganda o’rganilayotgan to’plamning xar bir boshlang’ich unsuri xaqida kuzatish davomida qayd (registratsiya) qilinishi lozim bo’lgan belgilar to’plami tushuniladi. Masalan, axoli ro’yxati dasturi — bu ro’yhat varaqasiga va boshqa formulalarga kiritiladigan savollar bo’lib, ro’yhat o’tkazish jarayonida mamlakatdagi xar bir kishi yoki axolining ayrim guruhlaridan bu savollarga javob olinadi. U ko’zlagan maqsad va vazifalarga muvofiq qanchalik to’g’ri tuzilsa, tekshirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng ogir va eng maʼsuliyatli boskichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |