Variant-10 zoo (2015)
1.Itbaliqning rivojlanishiga xos bo‘lmagan xossani aniqlang.
A) qon aylanish doirasi bitta
B) yuragi ikki kamerali
C) tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabra bilan almashinadi
D) ichki jabralar halqum devorida joylashgan tashqi jabra bilan almashinadi
2.Toshbaqaning qalqoni qaysi suyaklar bilan tutashgan ?
a) qovurg‘alar; b) umurtqalar; c) o‘mrov;
yelka; e) bosh
A) a, b, c B) a, d, e C) b, c, e D) a, b, c d, e
3.Tili yo‘g‘on, go‘shtdor, tishlari yo‘q, jag‘lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko‘rish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan.
Qaysi hayvonga xos belgilar keltirilgan?
A) timsoh B) qushlar
C) gekkon
D) toshbaqalar
4. Kontur patlar vazifasiga binoan qanday turlarga ajraladi ?
A) qoplag‘ich, qoqish
B) qoqish, boshqarish
C) boshqarish, qoplag‘ich
D) qoplag‘ich, qoqish, boshqarish
5.Qushlarning tana yuzasida qanday patlar joylashadi?
A) qoplag‘ich va momiq
B) qoqish
C) boshqarish
D) dag‘al
6. Qushlarning qanotlarida qanday patlar joylashadi ?
A) qoplag‘ich va momiq
B) qoqish
C) boshqarish
D) dag‘al
7. Sersut (1), sersut-go‘shtdor (2) va go‘shtdor (3) zotlarni farqlang.
a) Bushuyev; b) Simmental; c) Shortgorn;
Yaroslavl; e) Kostroma; f) Gereford
A)1 — c, f; 2 — b, e; 3 — a, d
B) 1 — a, d; 2 — c, f; 3 — b, e
C) 1 — a, d; 2 — b, e; 3 — c, f
D) 1 — b, e; 2 —c, f; 3 — a, d
8.Shvis, Santa-Gertruda qoramol zotlari qaysi yo‘nalishda ko‘paytiriladi?
A) go‘sht B) sut C) sut-go‘sht D)
faqat teri olish uchun
9. Qo‘y zotlari junining sifatiga ko‘ra qanday zotlarga ajratiladi?
A) merinos, chala mayin, qorako‘l terili
B) qorako‘l terili, mayin, dag‘al
C) mayin, chala mayin, dag‘al
D) po‘stinbop terili, go‘sht-junli, go‘sht-yog‘li
10. Mayin junli qo‘ylarning juni nimadan iborat?
A) bir xil uzunlikdagi tivitdan
B) har xil uzunlikdagi tivitdan
C) faqat dag‘al qildan
D) dag‘al qildan va tivitdan
11. Dag‘al junli qo‘ylarning juni nimadan iborat?
A) bir xil uzunlikdagi tivitdan
B) har xil uzunlikdagi tivitdan
C) faqat dag‘al qildan
D) dag‘al qildan va tivitdan
12. Dag‘al junli qo‘ylar qanday yo‘nalishdagi zotlarga ajratiladi?
A) po‘stinbop terili, qorako‘l terili
B) faqat go‘sht-yog‘li
C) go‘sht-junli va go‘sht-yog‘li
D) po‘stinbop terili, qorako‘l terili, go‘sht-junli va go‘sht-yog‘li
13. Po‘stinbop teri beradigan qo‘y zotini aniqlang.
A) Romanov B) Hisor
C) Vladimir
D) Qozog‘iston oqboshi
14. O‘zbekistonda boqiladigan go‘sht-yog‘ yo‘nalishidagi qo‘y zotini aniqlang.
A) Romanov B) Hisor
C) Vladimir
D) Qozog‘iston oq boshi
15. Yevropaning janubida qaysi toshbaqa turi uchraydi ?
A) dengiz toshbaqasi B) terili toshbaqa
C) botqoq toshbaqasi D) cho‘l toshbaqasi
16.Uchib ketuvchi qushlarni belgilang.
A) kaklik, zog‘cha, o‘rdak
B) bulbul, zarg‘aldoq, qorayaloq
C) zarg‘aldoq, laylak, qaldirg‘och
D) turna, so‘fito‘rg‘ay, kaklik
17. Tropik Afrikada tarqalgan tuyoqli hayvonlarni belgilang.
A) karkidon, suv ayg‘iri
B) karkidon, tapir
C) tapir, suv ayg‘iri
D) zebra, tapir
18.Faqat baliqlar berilgan javobni toping.
A) akula, kit B) delfin, gulmoy
C) ixtiozavr, osyotr D) skat, qilquyruq
19. Tirnoqlari kuchsiz rivojlangan, lekin tumshug‘i o‘tkir, qayrilgan qushni belgilang.
A) burgut B) kalxat C) ukki D) tasqara
20. Qushlarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashlik belgilarini ajrating.
1) miyachasi kuchli rivojlangan; 2) qon aylanishi murakkab; 3) terisida bezlari deyarli bo‘lmaydi;
patlari, terisi muguzli; 5) tuxumida sariqligi ko‘p; 6) tana harorati doimiy; 7) embrionining tuzilishi; 8) bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 7
C) 5, 6, 7, 8 D) 2, 4, 5, 7
21.Qaysi baliqlarda yog‘du taratadigan a’zolari (1) va dum suzgichi (2) kuchli rivojlanganligini aniqlang.
a) dengiz tubida yashaydigan baliqlar; b) ikki tomonli yassi baliqlar; c) suv yuzasida va ochiq dengizda yashaydigan baliqlar
A) 1-a, 2-b B) 1-a; 2-c
C) 1-c, 2-b D) 1-b, 2-c
22. Qaysi ilonlar kemiruvchi, qush va kaltakesaklar bilan oziqlanadi?
a) bo‘g‘ma ilon; b) chipor ilon; c) ko‘lvor ilon;
charx ilon; e) suvilon; f) kapcha ilon
A) d, e, f B) b, d, e
C) a, b, с D) b, c, e
23. Sudralib yuruvchilarga xos bo‘lmagan xossa keltirilgan qatorni aniqlang.
A) faqat o‘pka orqali nafas oladi
B) ichki urug‘lanish xos
C) tuxumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan davriga o‘xshamaydi
D) tullab o‘sadigan sovuqqonli hayvonlar
24. Qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.
a) naysimon suyaklari havo bilan to‘lgan; b) tishlari yo‘q; c) jag‘lari muguzli tumshuqqa aylangan; d) ko‘krak-toj suyagi rivojlangan; e) bel, dumg‘aza, dum suyaklari o‘zaro harakatsiz birikkan; f) issiqqonli bo‘lishi; j) yuragi 4 kamerali; k) o‘pkada havo pufakcha (xalta)lari hosil bo‘lgan
A) a, b, c, d, e, k B) a, b, c, d, j, k
C) d, e, f, j, к D) a, b, c, d, e, f, j, к
25. Cho‘l va sohil qushlarining o‘xshash belgilarini aniqlang.
A) oyoqlari va bo‘yni kalta
B) oyoqlari uzun, bo‘yni kalta
C) oyoqlari va bo‘yni uzun
D) oyoqlari va tumshug‘i uzun
26. Qaysi baliqlar ko‘payish davrida dengizdan chuchuk suvlarga o‘tadi?
A) ugor, zog‘ora B) losos, ugor
C) gorbusha, keta D) oqcha, baqra
27. Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo‘ng‘izining (3) ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?
a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda;
b) og‘iz bo‘shlig‘ida; c) paypaslagichlarda;
halqumda; e) tana yuzasida; f) mo‘ylovida; j) yostiqchasimon xartumchada
A) 1 b, d, e; 2 a; 3 с В) 1 b, d, e; 2 a, c; 3 f
С) 1 b, d; 2 e, f; 3 с D) lb, d, e; 2 c, j; 3 a, f
28. Baliqlar turi bilan ularning nasliga g‘amxo‘rlik qilish instinktini juftlab bering.
1. tilyapiya; 2. tikan baliq; 3. Amerika som balig‘i; 4. dengiz otchasi; 5. treska a) erkagi uya yasaydi; b) erkagi tuxumlarni qorniga yopishtirib oladi; c) g‘amxo‘rlik qilmaydi;
erkagi tuxumlarni xaltasida olib yuradi;
erkagi tuxumlarni og‘zida olib yuradi
A) 1c, 2d, 3b, 4a, 5e B) 1d, 2b, 3c, 4e, 5a
C) le, 2a, 3c, 4d, 5b D) le, 2a, 3b, 4d, 5c
29. Timsohning burun teshigi va ko‘zlari qayerda joylashgan?
A) boshining oldingi uchida
B) tumshug‘ining markazida
C) boshi ustidagi maxsus bo‘rtiqlarda
D) boshidagi maxsus chuqurchalarda
30. Sirdaryo va Amudaryoda tarqalgan losossimonlar turkumi vakilini belgilang.
A) gulmoy B) xumbosh
C) qilquyruq D) beluga
31. Soxta kurakburun baliqning ikkinchi nomi qanday ?
A) forel B) beluga C) qilquyruq D) gulmoy
32. Qishlash uchun shimoliy hududlardan o‘lkamizga uchib keladigan qushni aniqlang.
A) so‘fito‘rg‘ay B) mayna
C) qaldirg‘och
D) go‘ngqarg‘a
33. Zaharsiz ilonlarni ajrating.
1) sariq ilon; 2) ko‘lvor ilon; 3) kapcha ilon;
suvilon; 5) bo‘g‘ma ilon
A) 1, 2, 3 В) 1, 4, 5 C) 4,5 D) 1, 5
34. Og‘ir yuk tortadigan ot zotini belgilang.
A) Vladimir B) Laqay
C) Orlov yo‘rg‘asi
D) Rus yo‘rg‘asi
35.Yengil yuk tortadigan ot zotlarini belgilang.
1) Vladimir; 2) Orlov yo‘rg‘asi; 3) Rus yo‘rg‘asi; 4) Laqay; 5) Axaltaka; 6) Qorabayir
A) 1, 6 B) 2,3 C) 4, 5 D) 5, 6
36. Salt miniladigan ot zotlarini belgilang.
1) Vladimir; 2) Orlov yo‘rg‘asi; 3) Rus yo‘rg‘asi; 4) Laqay; 5) Axaltaka; 6) Qorabayir A) 1, 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 4,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |