2.
. Ijtimoiy tarmoq — bu Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashtirilgan «Odnoklassniki» nomi ostida ma’lum bo‘lgan ijtimoiy tarmoq: (odnoklassniki.ru yoki ok.ru) va Litsenziatga sayt, saytning mobil versiyasi va kompyuter dasturi shaklidagi intellektual faoliyat natijasini o‘zida aks ettiruvchi boshqa resurslar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoq. Ijtimoiy tarmoq kompyuter va mobil qurilmalar uchun ijtimoiy tarmoq funksiyasini tashkil qilishning ma’lum bir natijasini olish maqsadiga mo‘ljallangan ma’lumot va buyruqlarning hamda hosil bo‘ladigan audio-vizual tasvirlar (uning tarkibiga kiruvchi grafik tasvir va foydalanuvchi interfeysi kiradi), (bundan keyin — ma’lumot va buyruqlar deb yuritiladi) umumlashtirilgan obyektiv shaklida taqdim etiladi. Ma’lumot va buyruqlar faollashtirilgan va faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan tashkil topadi. Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lganda, Ijtimoiy tarmoq Litsenziatlarga Shaxsiy sahifalarni yaratish va boshqa Litsenziatlarning Shaxsiy sahifalari bilan tanishib chiqish, guruh va hamjamiyatlar yaratish hamda oldindan mavjud bo‘lgan guruh va hamjamiyatlarga qo‘shilish, fotosurat va boshqa kontentni joylashtirish, nusxalar va yuklash, Ijtimoiy tarmoqning boshqa funksional imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ma’lumot va buyruqlardan (faollashtirilgan va faollashtirilmagan) foydalanish huquqi Litsenziar tomonidan Litsenziatga ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida taqdim etiladi. Ijtimoiy tarmoqni yuritish va unga xizmat ko‘rsatish, jumladan, texnik va tashkiliy xizmatni olib borish faqat Litsenziar tomonidan amalga oshiriladi va uning javobgarligini o‘zida aks ettiradi (ushbu Shartnomaning 5-moddasiga asoslangan holda), bu esa o‘z navbatida Litsenziatga huquqlarni taqdim etish imkonini beradi. Litsenziatlarning Ijtimoiy tarmoqdagi ishtiroki interaktiv (onlayn) rejimda Litsenziatni Internet tarmog‘iga ulash orqali amalga oshiriladi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa, alohida yoki umumiy qilib olingan kompyuter uchun mo‘ljallangan dastur va uning tarkibiy qismi, shuningdek, u hosil qiladigan audio-vizual elementlar uchun zarur bo‘lgan hajmdagi huquq egasi hisoblanadi, Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziar tomonidan joylashtirilmagan Kontent bundan mustasno, chunki bu elementlarning mualliflik huquqi uchinchi tomonga tegishli bo‘lishi mumkin. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning ishlatilishi, boshqarilishi va tarqatilishini ta’minlaydigan hududlarda uni tarqatishni amalga oshirish huquqiga ega.
1.2. Litsenziar — bu «Мэйл.Ру» Mas’uliyati Cheklangan Jamiat bo‘lib, u Litsenziatga litsenziya shartlari asosida Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini taqdim etadi va Ijtimoiy tarmoqni ommaga yetkazish, tarqatish, boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ma’muriy ishlarni amalga oshiradi. Litsenziar ushbu Shartnomani tuzayotgan tomonlaridan biri hisoblanadi.
1.3. Litsenziat — bu Ijtimoiy tarmoq ishtirokchisi hisoblangan, ushbu Shartnomani tuzish huquqi va qobiliyati mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs, unga ushbu Shartnoma asosida Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Litsenziat ushbu Shartnomani tuzayotgan tomonlaridan biri hisoblanadi.
1.4. Kontent — Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan dizayn, illyustratsiya elementlari, grafik tasvirlar, fotosurat, ssenariy, matn, video, musiqa, ovoz va foydalanish huquqi Litsenziar, Litsenziat yoki boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan intellektual faoliyat natijasi hisoblangan boshqa obyektlar.
1.5. Ilova — bu Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziar yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilgan, kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturlar (o‘yinlar, elektron xizmat va boshqalar) yoki ularning elementlari, ular Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoq doirasida Ijtimoiy tarmoqning asosiy funksiyalariga qo‘shimcha ravishda ishlatilishi mumkin. Litsenziatning Ilovalardagi ishtiroki uchinchi tomon bilan tuzilgan alohida shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
1.6. Shaxsiy sahifa — bu Ijtimoiy tarmoq bo‘limi bo‘lib, unda boshqa Litsenziat tanishib chiqishi mumkin bo‘lgan Litsenziat hisob qaydnomasiga joylashtirilgan ma’lumotlarning bir qismi (jumladan, Litsenziat talabi asosida, fotosurat, do‘stlar, status, guruh, uyushma va boshqalar haqidagi ma’lumotlar). Shaxsiy sahifa Litsenziat tomonidan Shaxsiy xabarlarni almashish, boshqa Litsenziatlarni do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shish va boshqa amallarni bajarish maqsadida foydalaniladi. Shaxsiy sahifaga kirish imkoniyati Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqning funksiyalari doirasida yoki Litsenziar tomonidan joriy Shartnoma shartlari asosida cheklanishi mumkin.
1.7. Litsenziat hisob qaydnomasi (Akkaunt) — bu Litsenziat hisob qaydnomasi bo‘lib, u Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tayotganda, yaratiladi va Litsenziarga har bir Litsenziatni ro‘yxatga olish va unikal login va parol yordamida Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini taqdim etish imkonini beradi. Akkauntga kirish uchun ishlatiladigan login va parol Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Litsenziat tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va ushbu Shartnoma yoki Ijtimoiy tarmoq sahifasidagi «Yordam» bo‘limida belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
1.8. Shaxsiy xabarlar — bu bir Litsenziat tomonidan boshqasiga yuboriladigan elektron xabar bo‘lib, ular boshqa foydalanuvchilarga ko‘rsatilmaydi, ularni yuborish va olish Litsenziatning Shaxsiy sahifasi yordamida amalga oshiriladi.
1.9. Mukofot — bu Litsenziarga Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan ushbu Shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqini taqdim etganligi uchun to‘lanadigan to‘lov. Mukofot miqdori Litsenziar tomonidan belgilanadi va Litsenziatga foydalanish huquqi beriladigan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlar hajmidan kelib chiqadi. Ijtimoiy tarmoq qoidalarida faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olishning boshqa shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Litsenziat berilgan qoidalar bilan Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limi bilan tanishib chiqing.
1.10. Litsenzion shartnoma — Litsenziar va Litsenziat o‘rtasida tuziladigan ushbu Shartnoma matni bo‘lib, unda Ijtimoiy tarmoqdan, shuningdek, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish haqidagi litsenziya shartnomaning barcha zaruriy va asosiy shartlari berilgan. Shuningdek, Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlariga, jumladan, «Yordam» bo‘limiga, saytning mobil versiyasiga va Litsenziar ilovasiga joylashtirilgan, Litsenziat uchun o‘zini tutish qoidalari yoki Litsenziat tomonidan ma’lum bir amallarni bajarish qoidalari, shuningdek, Mukofot to‘lovi shartlari va Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishning boshqa qoidalari joriy Shartnomaning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |