Variant № 16
3.Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslar. (suv, tuproq, o‘simlik, xayvon, neft, toshko‘mir, tabiiy gaz, rangli metallar, rudalar, fan, texnika, tabiat, inson, muxit.)
Tabiiy resurslar deb tabiatda mavjud boMgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qondirish hamda xo‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy obyektlarga, sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. T u g a y d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r zaxirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish ko'lam iga bog'liq ravishda kishilik jamiyati ehtiyojlarini faqat ma’lum davr davomida ta’minlashi mumkin. Ular tabiatda o'z-o'zidan tiklanmaydi. Insonlar tomonidan bunday resurslarni yaratish mumkin emas. Chunki tiklanmaydigan resurslar tabiatda uzoq geologik davrlarda va jarayonlarda kimyoviy elementlarning to'planishi natijasida hosil bo'ladilar. Ular tabiiy biogeokimyoviy siklda qatnashmasliklari www.ziyouz.com kutubxonasi mumkin emas. Biosferada kimyoviy elementlar miqdorini optimal darajasi ana shunday boshqarilgan va boshqariladi. Tugaydigan resurslar o'z navbatida qayta tiklanmaydigan, tiklanadigan va nisbatan tiklanadigan resurslarga boiinadi. Q a y t a t i k l a n m a y d i g a n r e s u r s l a r - umuman tiklanmaydi yoki insonlar tomonidan ulardan foydalanish davri davomida juda sekinlik bilan tiklanadi. Bunday resurslarga neft, toshko'mir va boshqa qazilma boyliklar kiradi. Bu resurslardan foydalanish, albatta, ularning tugashiga olib keladi. Shuningdek, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ulardan tejabtergab, oqilona, kompleks ravishda foydalanishda namoyon bo'ladi. Bundan maqsad ularni qazib olish va qayta ishlash vaqtida yo'qotilishini kam aytirishga erishish hamda bu resurslarni boshqalariga yoki sun’iy yaratilganlarga almashtirishdan iborat. Q a y t a t i k l a n a d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r deb ma’lum tabiiy sharoitda undan foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish imkoniyati boMgan resurslarga aytiladi. Bunday resurslarga o'simliklar va hayvonot dunyosi, qator mineral resurslar, masalan, koM tubida yigMluvchi tuzlar, torf qatlamlari hamda tuproqlar kiradi. Ammo ularni tiklash va ko'plab ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratish lozim. Qayta tiklanadigan resurslarni tiklash jarayoni turli xil tezlikda kechadi. Tuproqlarda 1 sm.li gumus qatlami hosil qilish uchun 300-600 yil, kesilgan o'rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni tiklash uchun esa o‘nlab yillar talab etiladi. Tabiiyki, qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish darajasi ularning tiklanish tezligiga mos kelishi kerak. Aks holda qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga aylanib qolishi mumkin. Masalan, tuproq oMik tuproqqa aylanishi, hayvonot va 0‘simlik turlari esa umuman yo'qolib ketishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish lozimki, ko'plab tabiiy resurslar juda sekinlik bilan tiklanadilar. O 'rm on, tuproq, hayvonlarning ko'plab turlari shular jumlasidandir. Bunday resurslar n i s b a t a n t i k l a n a d i g a n t a b i i y r e s u r s l a r deb ataladi.
“HFX” kafedrasi mudiri: G’. Mirzaqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |