5-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Fonetika va fonologiya. Nutqning fonetik bo‘linishi Fonetik o‘zgarishlar: akkomodatsiya, assimilatsiya, metateza va boshqa fonetik hodisalarga matndan misol topish.
1-topshiriq. 1-variant.
2 – variant. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi qismlar nutq a’zolari (apparati) deyiladi. Nutq tovushlarining hosil bo’lishida quyidagi a’zolar ishtirok etadi: o’pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo’g’iz, bo’g’iz qopqog’i, kichik til, tanglay, til, tish, lab. Bular orasida faol ishtirok etadigan organlarga ovoz paychalari, til, lab, yumshoq tanglay, qattiq tanglay, pastki jag’ kiradi . Nutq apparati 3 qismdan iborat:
1. Ovoz paychalaridan pastki qism. Bu qismga o’pka, nafas olish yo’llari, kekirdak va diafragma (ko’krak qafasi bilan qorin bo’shlig’i o’rtasidagi parda) kiradi. Bu a’zolar havo manbai bo’lib, o’pkadan chiqqan havo tovush paychalarining yordami bilan ovoz hosil qiladi.
2. Bo’g’iz. Halqasimon va qalqonsimon tog’aylar bo’g’izda joylashgan. Bu ikki tog’ay o’rtasida ovoz paychalari o’rnashgan. Bo’yin chetlarida tovush paychalari bir-biriga to’la yoki deyarli to’la jipslashib turadi. Ovoz paychalarining ishtirokisiz ovoz chiqarish mumkin emas.
3. Ovoz paychalaridan yuqori qism. Bu qismga bo’g’iz qopqog’i, og’iz bo’shlig’i, burun bo’shlig’i, qattiq va yumshoq tanglay, til, kichik til, ustki va pastki tishlar, ustki va pastki lablar kiradi. Bular orasida eng harakatchan a’zo tildir. Til harakati orqali til oldi, til o`rta, til orqa, chuqur til orqa tovushlari (unli va undoshlar) hosil qilinadi.
Lab ham ancha faol nutq a’zosi bo’lib, b, p, m, v, f, o, o’, u kabi tovushlar hosil qilishda ishtirok etadi. Kichik til qattiq tebranib, xitoy va fransuz tillariga xos bo’lgan tovushlarni hosil qiladi. Bo’g’iz qopqog’i ham ayrim tillarda tovush hosil qiluvchi a’zo sanalib, arab tilida ع (ayn) tovushini hosil qiladi. Nutq apparatining, ya’ni nutq a’zolarining harakati natijasida tovush hosil bo’lish jarayoni artikulyatsiya deyiladi. Jahondagi barcha kishilarning nutq organlari bir xil tuzilgan bo’lsa ham, har bir tildagi tovushlarning talaffuzida ularning harakati turlicha bo’lishi mumkin. Ma’lum bir tilga xos bo’lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati artikulyatsiya bazasi deb ataladi. Bir tilning artikulyatsiya bazasi shu tilga xos nutq tovushlarini hosil qiladi. Shuning uchun ham har bir tilga moslashgan nutq artikulyatsiyasi bazasi ikkinchi bir tilning tovushlarini birdan to’g’ri talaffuz eta olmaydi. Buni ingliz tilini, koreys tilini o’rganish jarayonida kuzatish mumkin yoki, ingliz xalqining rus, o’zbek tilida so’zlashish jarayoni ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq artikulyatsiyasi 3 holatda bo’ladi:
1) tovush hosil qilishga o’tish;
2) tovush chiqarish uchun to’xtab olish;
3) asl holatga qaytish;
Masalan, [b] tovushini hosil qilish uchun shu tovushni hosil qilishda ishtirok etuvchi nutq a’zolari uni talaffuz qilishga tayyorlanadi. Shu vaqtda ustki lab bilan pastki lab jipslashib, o’pkadan keladigan havoni to’sadi, bir zum to’xtamdan so’ng o’pkadan kelgan havo kuchining zarbi bilan lablar yana ochilib, [b] tovushi hosil bo’ladi. Shundan so’ng nutq a’zolari yana o’z asliga qaytadi. Artikulyatsiyada ikki hodisa muhim rol o’ynaydi: birinchidan, artikulyatsiya o’rni, ikkinchidan, artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda nutq a’zolarining harakat etgan qismi artikulyatsiya o’rni deyiladi. Masalan, b, p, m, v, f kabi tovushlarni hosil qilishda lab ko’proq harakat qiladi, to’g’rirog’i labda hosil bo’ladi. Shuning uchun bu tovushning artikulyatsiya o’rni labdir va shunga ko’ra lab undoshlari deyiladi. Yoki d, t, s, z, ch tovushlari tilning ustki tishlar va milkka tegishi bilan hosil bo’ladi. Bu tovushlarning artikulyatsiya o’rni tilning old qismidir, shuning uchun bu tovushlar til oldi undoshlari nomini olgan. Artikulyatsiya usuli deganda tovush hosil qilish paytida nutq a’zolarining qanday holatda harakat qilishi tushuniladi. Masalan, v, z, y, x, sh, h kabi tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashadi, ammo havo oqimining chiqishi uchun torgina oraliq qoladi, havo oqimi ana shu oraliqdan sirg’alib chiqadi va bunday tovushlar artikulyatsiya usuliga ko’ra sirg’aluvchi tovushlar nomini oladi. Portlovchi tovushlarni hosil qilishda esa havo oqimi jipslashgan a’zolar orasidan portlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |