2.“Abrakadabra!” oʻyini
Ishtirokchilar juftliklarga boʻlinadilar. Juftsiz qolgan ishtirokchi yoki trener (agar guruh ishtirokchilari juft boʻlsa) boshlovchi boʻladi. Oʻyin qoidalari quyidagicha. Boshlovchining buyrugʻi bilan juftliklar tezda biror xolatga turib olishlari kerak. Masalan, boshlovchi “yelkaga elka!” deb baqirsa, juftliklar yelkalarini bir-birlariga tekkizib turib olishlari kerak. Xuddi shunday, “oʻng toʻpiq – oʻng toʻpiqqa”, “oʻng kaft-chap kaftga” kabi koʻrsatmalarini tezlikda bajarishlari kerak. Lekin “Abrakadabra!” soʻzini aytadigan boʻlsa, zudlik bilan juftini almashtirib, yangi juftlik xosil qilishlari kerak boʻladi. Boshlovchi ham oʻziga juft topib olishga harakat qiladi, juftsiz qolgan ishtirokchi boshlovchilik qiladi. Mashq qiziqroq oʻtishi uchun koʻrsatma –tananing ikki xil joyi tekkazilishi haqida boʻlishi mumkin (tovonlar va boshlar bilan, kabi).
Do'stlaringiz bilan baham: |