variant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Trening va uni tashkil etish


“Oʻz hayotimiz bilan nima qilamiz?" mashq-auksioni



Download 33,88 Kb.
bet9/13
Sana21.09.2021
Hajmi33,88 Kb.
#180712
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
23217 answer 2 5393591231345330755

4.“Oʻz hayotimiz bilan nima qilamiz?" mashq-auksioni
Trener. Hozir bitta oʻyin oʻynaymiz. U bizga ana shu asosiy savolga javob berishga yordam beradi (har bir ishtirokchiga 10 tadan kartochka tarqatiladi). Har bir kartochkada oʻz ismingizni yozing va unga oʻz gerbingizni chizing. Oʻyinimiz davomida bu 10 ta kartochalar Sizni timsolingiz, bir boʻlagingiz boʻlib xizmat qiladi va ramziy pul rolini oʻynaydi. Siz uzingizning “pulingiz”ga biror bir tovarni sotib olishingiz mumkin boʻladi. Hozir Sizning oldingizda bu kartochkalarni, yaʼni oʻzingizni, Sizning qismlaringizni ishlatish yoki ishlatmaslik tanlovi turadi. Auksion qoidalari quyidagicha:

Sotuvga turlicha “tovar”lar juft-juft qilib qoʻyiladi. Har ikkala tovarni sotib olish mumkin emas – faqat bittasini sotib olish yoki umuman olmaslik huquqiga egasiz

Kartochkalaringiz tugagandan keyin xech narsani sotib ololmaysiz.

Tovarlarni faqat sotuvga qoʻyilgandan keyingina xarid qilish mumkin.

Juft tovarlar navbati bilan taklif qilinadi.

Keyingi tovar sotuvga qoʻyilish bilan avvalgisiga qaytish mumkin emas.


(trener alohida varaqlarda yozilgan tovarlarni taklif qiladi. Har bir tovarning narhi kartochklar – ramziy pullarda belgilanadi)

• muhtasham kvartira (1 kartochka), yangi avtomobil (1 kartochka);

• taʼtil vaqtida bir oyga toʻliq puli toʻlangan istalgan mamlakatga doʻsti bilan sayohat (2 kartochka) , Siz sevgan insoningizga yaqin orada uylana olish imkoniyati kafolati (2 kartochka);

• oʻz doʻstlari orasida ikki yil davomida eng mashhur odam boʻlish (1 kartochka ), bitta chin doʻstga ega boʻlish (2 kartochka);

• nufuzli universitetni tamomlash (2 kartochka), daromadli kompaniya tashkil etish (2 kartochka);

• sogʻlom oilali boʻlish (3 kartochka), butun jahon shuhratga ega boʻlish (3 kartochka );

(Yuqoridagi juftliklar sotuvi tugagandan keyin oilani tanlaganlarga 2 tadan kartochka mukofot sifatida qaytarib berilishi eʼlon qilinadi:) • tashqi koʻrinishdagi biror koʻrinishnini oʻzgartirish (1 kartochka ), butun umr davomida oʻzidan mamnun boʻla olish (2 kartochka); • besh yil davomida cheksiz jismoniy rohat (2 kartochka), Siz uchun eng qadrli boʻlgan insonlarning muhabbati va hurmatiga ega boʻlish (2 kartochka); (5 yil xuzur-halovatni tanlagan ishtirokchilar qoʻshimcha bitta kartochka qaytarib berishlari kerak (baʼzi narsalar uchun avval taxmin qilinganidan koʻra ortiqroq narh toʻlashga toʻgʻri keladi);

• toza vijdon (2 kartochka ), xohlagan narsangizda va faoliyatda muvaffaqiyatga erishish mahorati (2 kartochka); • yaxshi koʻrgan insoningiz uchun moʻjiza yaratish (2 kartochka), hayotingizda boʻlib oʻtgan biror bir xodisani qaytadan boshdan kechirish imkoniyati (2 kartochka);

• qoʻshimcha 7 yil umr (3 kartochka), vaqti kelganda ogʻriqsiz oʻlim (3 kartochka).
Bizning sotuvlarimiz tugadi. Endi oʻz xaridlaringizni qaytadan koʻrib chiqing va aytingchi:

Xaridlaringizdan qaysi biri Sizga eng koʻp yoqyapti?

Nimanidar sotib ololmaganingizdan afsusdamisiz?

Oʻyinimizning baʼzi qoidalarini oʻzgartirishni istarmidingiz?

Muhokamadan soʻng trener xulosa qiladi:

Albatta, oʻyin qoidalarini oʻzgartirish mumkin, lekin hayot – bu oʻyin emas. Qilingan tanlovni qaytarish yoki qachondir qabul qilingan qarorni bekor qilish mumkin emas. Mutlaqo hamma narsani qamrab olish va har qanday imkoniyatdan foydalana olish mumkin emas. Shuningdek, bir hafta yoki bir yildani keyin Siz uchun qanday imkoniyatlar ochilishi mumkinligini avvaldan bilib boʻlmaydi.

Sizga doimo vaqt, mablagʻ yetishmasligi yoki tanlov qilish imkoni kam boʻlishi mumkin. Hayotingizdagi har bir tanlovingiz uchun nimadir toʻlashingizga toʻgʻri keladi – koʻpincha bu toʻlovlar Siz kutganingizdan yuqori boʻlishi mumkin. Lekin xech qachon umidsizlanmaslik va butun dunyodan yuz oʻgirmaslik joiz. Har doim oxirigacha kurashish kerak.


Download 33,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish