Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/46
Sana04.02.2022
Hajmi6,33 Mb.
#430058
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

Tayanch so‘zlar: fransuz psixologiyasi, nemispsixologiyasi, assot­
siativ psixologiya, eksperimental psixologiya, yangi psixologiya, struk-
turalizm, vyursburg maktabi, funksionalizm, fransuz psixologiya mak-
tablari.
1. 
XVIII asr psixologiyasiga umumiy tavsif. 
XIX asming bosh- 
laridan boshlab ilmiy madaniyat ma’orifining o ‘sishi bilan psixologiya 
bilimlari sistemasida empirik psixologiya hukmron mavqeni egallay 
boshladi, buning ichida esa materialistik oqimlar tez o ‘sa boshladi. 
XVU asr psixologlar ko‘z o‘ngida psixikaga bo‘lgan qarashlaming 
tubdan o ‘zgarishi davri sifatida namoyon boMadi.
Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davmi «fanlar malikasi» bo‘lib 
hisoblangan mexanika ta’sirida paydo bo‘lgan konsepsiyalar ochib 
berdi. XVII asrga oid psixologik fikrlarning o ‘ziga xos tomonlarining 
lalqinida ochiq namoyon bo‘ldi.
A. Tushuntirish uchun hech qanday ruhga muhtoj bo‘lmagan tana— 
mexanik sistema haqidagi ta’limot.
B. Ichki kuzatish orqali o ‘z psixik holati haqida hamma narsani 
bilish mumkin bo‘lgan individning ongi haqidagi ta’limot.
C. Inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon y o ‘naltiruvchi 
yoki zararli narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar (affektlar) haqidagi 
ta ’limot.
D. Fiziologik va psixologik tomonlar o ‘rtasidagi munosabat haqi­
dagi ta’limot.


Bu ta’Iimotlaming asosida fanning ulug‘ zahmatkashlari — Rene 
Dekart, Benedit Spinoza, Tomas Robbe, Djon Lokk, Gotfrids Leybnits 
kabilar turar edi.
XVIII asming ikkinchi yarimida ingliz psixologlari Yum va Gart- 
li har xil psixik hodisalar va elementlar ideya-tassavvurlaming yaxlit 
bo‘lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi 
ta’limotni iigari surdi lar.
X V II-X V III asrlarda psixologiya Kiyev-Mogilyan akademiya- 
sida va M oskvadagi Slavyan-Grek-Lotin akademiyasida o ‘qitish 
predmetiga aylandi. Bu akadem iyalam ing professorlari psixolo- 
giyaga oid ko‘pgina asarlar yozganlar, ular ruh haqidagi m etafi­
zik m ulohazalar emas, balki tajriba qilib ko‘rish mumkin bo‘lgan 
ba’zi psixik hodisalar haqidagi kuzatishlardan olingan nia’lumotlar 
asosiy o ‘rinni egallagan edi. M asalan, kiyevlik olimlar inson aqliy 
faoliyatida tashqi tajribaga alohida e ’tibor berdilar. Ular tafakkur 
faoliyati faqat sezgilar asosidagina ro ‘y berishi mumkin, deb hi- 
sobladilar. Endi shu narsa m a’lumki, Kiyev olimlari I. Myullerdan 
200-yil iigari sezgi organlarining maxsusligi haqidagi masalani 
qo‘ydlar va uni hal qilishga intildilar.
Innekentiy Gizelning talqin qilishicha, sezgi organlarining max­
susligi bu organlarga tashqi olamdagi predmet va hodisalarning ta’sir 
etishi tufayli paydo bo‘lgan. Kiyev filosoflarining asarlarida monokul- 
yar va binokulyar ko'rish haqidagi, emotsiyalarning fiziologik asoslari 
haqidagi, iroda va uning emotsiya hamda tafakkuming birlashishidan 
rivojlanishi haqidagi masalalar talqin qilingan.
Moskva — Slavyan-Grek-Lotin akadem iyasida o ‘quv ishla­
ri Kiyev-Mogilyan akademiyasi namunasida o ‘tkazildi. Psixolo­
giya kurslarida asosiy o ‘rinda ruh, aql va iroda haqidagi boblar 
o ‘rganilgan edi.
M.V. Lomonosov o ‘zining asarlarida psixologiya masalalariga, 
xususan, sezgilar sohasiga katta e’tibor berdi va bir qancha hodi- 
salarni materialistik jihatidan tushuntirdi. U sezgilar inson tomo­
nidan atrofdagi olamni bilishning shartidir, chunki ular inson on- 
giga bog‘liq bo‘Imagan holda mavjud bo‘lgan moddiy predmetlar-


ning miyaga bevosita ta ’sir qilishining natijasidir, deb hisobladi. 
M.V. Lomonosov o ‘z zam onasida keng tarqalgan sezgilar sohasi- 
dagi, «birlamchi va ikkilamchi sifatlar» haqidagi ta ’limotga qarshi 
chiqdi. Uning ta’limotiga ko‘ra ikkilamchi subyektiv sifatlar y o ‘q: 
bizning barcha sezgilarim iz ob’yektivdir.
A.P. Radishchev (1 7 4 9 -1 802-y.) asosan inson tabiatini tushu- 
nishdagi dualizmga, ruhiy hayotni moddiy hayotdan - miyadan aj- 
ratib qo‘yishga, nutqni tafakkurdan ajratib q o ‘yishga qarshi chiqdi. 
U psixikani miyadan ajratish mumkin emas va uning manbai xissiy 
idrok qilinadigan olamdir, deb takidladi. «Ruh tana bilan birgalik­
da o'sm aydim i, uning bilan birga u lg ‘ayib mustahkamlanadimi, u 
bilan birga so‘lib o ‘tmaslashmaydimi, sen barcha o ‘z tushuncha- 
laringni xisdan olmaysanmi»? - deb yozgan edi u. M iya - psixi­
kaning moddiy asosi, busiz inson aqlli mavjudot bo‘la olmaydi. 
A.P. Radishchev inson ongini taraqqiyotida nutqning katta ahami- 
yatga ega ekanligini takidlagan, nutq «fikrlarni bir joyga to ‘plash 
vositasidir; modomiki narsaga nom berilmas ekan, narsa haqidagi 
fikr so‘zlar bilan ifodalanmas ekan, u bizning aqlimizga yotdir va 
bizning aqlimiz ishga solinmaydi».
2. 
F ransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi. 
XVIII asr 
frantsuz m aterialistlari Kondilyak (1715-1780-y.), Kabanis (1757 - 
1808-y.), Lametri (17 0 9 -1 7 5 I-у.), Gelvetsiy (1715-1771-y.), Gol- 
bax (1723—1789-y.) psixika haqida izchil m aterialistik ta’limot y a­
ratdi lar.
XVIII 
asr fransuz materialistlari birdan bir asos - materiya, deb 
ta ’lim berdilar. Ular m ateriya tushunchasini qadimgi grek mate- 
riaiistlaridan olgan edilar, y a’ni m ateriya atomlardan tashkil top- 
gan bosh negizdir, deb fikrladilar. Tabiatdagi har xil narsalar faqat 
bitta materiyaning ko‘rinishidir, deb qaradilar. Inson, tabiatning 
bir qismi sifatida, o ‘zining ham jism oniy, ham psixik mohiyatiga 
ko‘ra moddiydir, deb tushunildi. Bu m aterialistlar ruhning m usta­
qil holda mavjud bo‘lishini inkor qildilar v a psixik jarayonlarning 
mohiyatini fiziologik jarayonlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Fransuz 
m aterialistlarining qoidasi psixika m iyaning fiziologik jarayoni, u


moddiy protsessdir, degan fikrdan iborat. Bu qoida spiritualizm va 
umuman, idealizmga, uning moddiy bo‘lmagan psixika va ichki 
tajriba haqidagi ta ’limotiga qaram a-qarshi qo‘yilgan edi. Lametri 
(vrach) aniq materiallarga, ayniqsa,, patologiya sohasidan olingan 
ma’lumotlarga asoslanib o ‘zining «Inson - mashina» degan m ash­
hur kitobini yozdi. Asarda u shunday deb yozadi: «Ruhning bar­
cha qobiliyatlari miyaning va butun gavdaning tuzilishiga bog‘liq 
boMganligi uchun ravshan-ki, ular shu tuzilishning o ‘zidan iborat - 
dir».
Psixikani fiziologik jarayonlar bilan bunday tenglashtirish Kaba- 
nis tomonidan uning «Insonning jismoniy va axloqiy tabiati o'rtasida 
munosabat» nomli asosiy asarida keskin qo‘yiladi. Buni Kabanis qu- 
yidagicha ifodalaydi: «Fikmi keltirib chiqaradigan jarayonlar haqida 
aniq tushuncha hosil qilish uchun oshqozon va ichaklar ovqat hazm 
qilganday, jigar o‘t ajratib chiqarganday, quloq oldi, jag ‘ osti va til osti 
bezlari so‘lak ajratganday, bosh miyani ham faqat fikr ishlab chiqa- 
rishga tayinlangan alohida organ deb qaramoq kerak». Biz, bosh miya 
ma’lum ma’noda, tassurotlami qaytadan ishlaydi, u organik holda fikr 
ajratib chiqaradi, deb hisoblaymiz.
Biz bunday fikrlami XVIII asming boshqa materialistlarida ham 
uchratamiz. Bunda, XVIII asr materialistlari psixik hayotning barcha


hodisa va jarayonlari, barcha tabiat jarayonlari va hodisalari singa- 
ri, mexanika qonunlari bilan tushuntiriladi. F. Engels XVIII asr fran- 
suzlarining kamchiliklari haqidagi mulohazalarida shunday deydi: 
«O'simlik va hayvon organizmi juda kam tekshirilgan edi, uning ishla- 
ri sof mexanistik sabablar bilan tushuntirilar edi. Dekartning nazarida 
odam hayvon bo‘lgani singari, XVIII asr materialistlarining nazarida 
odam mashina bo‘lgan. Psixik hayotni mexanistik tushunishning sa­
babi shundaki, ХУШ asrda boshqa fanlar orasida eng taraqqiy qilgani 
mexanika edi. Fransuz materialistlari odamda ro‘y bergan hamma hodi­
salami shu mexanika qonunlari asosida tushuntirishga urindilar. Fizika, 
kimyo, biologiya fanlari o‘sha vaqtlarda endigina bosh ko‘tara boshla­
di. F. Engels fransuz materialistlarining mexanistik qarashlari asossiz 
deb ko‘rsatadi.
XVIII 
asming oxiri, XIX asming boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida 
psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emas- 
mikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala bo‘yicha filosof
I. Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning 
bo‘lishi mumkin emas, unga matematikani tatbiq qilish mumkin emas.
F. Bekon va T. Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazi- 
falaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlami aniqlashdan 
iborat edi. Yuqorida aytilganday, F. Bekon bilan T. Gobbs tasaw ur 
hamda sezgini shunday elementlardir, deb hisobladilar. Psixologlar 
psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va jarayonlarga biri- 
kishidan bo‘ysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan: T. 
Gobbs psixik hodisalar intilish va qochish qonuniga bo‘ysunadi, deb 
hisoblagan.
Frensis Bekon (Lord Verulamskiy) hayoti: 
(1561-1626) Ingliz 
faylasufi Frensis Bekon 1561 -yilning 21 -yanvarida Londonda tug‘ildi. U 
Angliyaning siyosiy hayotida ko‘zga ko‘rinarli o ‘rin egallagan dvoiyan 
oilasiga mansub bo‘lib, otasi Nikolas Bekon qirolicha Yelizavetaning 
birinchi vaziri va muhrdori edi. F.Bekonning onasi - Anna Kuk qirol 
Eduard VI ning tarbiyachisi bo‘lib xizmat qilgan.
1573-yilning bahorida 12 yoshli F. Bekonni Kembrijdagi Triniti 
kollejiga tahsil olish uchun jo ‘natadilar. F. Bekon 16 yoshdan boshlab


iugliz diplomatlari tarkibida bir necha yil Farangistonda xizmat qiladi. 
II yerda Farangiston madaniyati, ilm-fanining taniqli namoyondalari 
bilan tanishadi. F. Bekon 18 yoshida otasidan ayriladi. 23 yoshida 
qirolicha Yelizavetaning nufuzli a’yonlaridan sanalgan amakisi Lord 
lierli ko‘magida mamlakat parlamentiga saylanadi.
F. Bekon Angliyaga qaytgach, huquq ilmini o ‘rganishga kirishadi.
11 huquqshunoslik uyushmasining rahbari lavozimiga tayinlanadi. 
F. Bekon keng miqyosdagi sud amaliyotlarini olib boradi va 
huquqshunoslik masalalariga doir asarlar yozadi. F. Bekonning sud 
jarayonidagi yuksak mahorati hamda sud hakamlari yig‘ilishidagi 
so‘zamolligi va aql-farosati barchani hayratga solgan. Hech kim u kabi 
aniq, qisqa, zalvorli, ayni damda o‘ta ma’nodor gapira olmagan. U 
so‘zlayotganda tinglovchilar har bir so‘zni jon quloqlari bilan tinglab, 
kiprik qoqmay o‘tirishgan.
F. Bekon 52 yoshida Angliyaning bosh prokurori etib saylanadi. 
1617-yildan esa qirol Yakov I ning muhrdori bo‘lib xizmat qiladi. 
Keyinroq lord-kanslerlik martabasiga ko‘tariladi. 1621-yilda F. Bekon 
parlament tomonidan fitnachilik va poraxo‘rlikda ayblanib, sud 
qilinadi. Sud F. Bekonga 40 ming funt-sterling jarim a solish va Tauer 
qal’asiga bandi etish haqida hukm chiqaradi. To‘g ‘ri, ikki kundan 
so‘ng bu hukmning ayrim band lari bekor qilingan bo‘lsa-da, ammo
F. Bekonning davlat arbobi sifatidagi faoliyati butkul barham topadi. 
Lordlar palatasining hukmiga muvofiq, u qirol saroyiga yaqinlashmaslik 
va 12mil uzoqlikda yashashga mahkum etiladi.
Faylasuf hayotining so‘ngi yillarini betoblik va qashshoqlikda 
o ‘tkazadi. 1626-yilning bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday 
saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari bilan qorga ko‘madi 
va shu bahona bo'lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib 
yotgach, vafot etadi.
3. Assotsiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari David Yum va 
Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar, g ‘oya-tasaw urlarning 
yaxlit bo‘lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar 
haqidagi ta’limotni iigari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday


ta’limot bir vaqtda ham idealistik, ham m aterialistik yo‘nalishda 
paydo bo‘ldi. Idealistik y o ‘nalishning vakili va umuman, assot- 
siativ oqimning asoschisi David Yum (1711—1776 y.) edi. Uning 
ta’limotiga ko‘ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsulla- 
ri va o ‘zining «men» ekanligini (o ‘z-o ‘zini) anglash, o ‘zaro tash­
qi bog‘lanishlar — assotsiatsiyalar bilan bog‘langan «tasaw u r 
birikmalari»dir, holos.
Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757-y) va 
uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804-y.) edilar. Ular assotsiativ 
tasawurlam i miyada fiziologik bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar. 
Gartli psixologiya ruhning fizikasi, deb qaradi.
David Yum hayoti: (1711—1776) Ingliz faylasufi, psixolog olim va 
muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy 
bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos 
bo‘lgan. David Yum Edinburg Universiteti va Lya-Flesh nomli Farang 
kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning ilmiy 
qarashlari bilan tanishdi.
David Yum birinchi bo‘lib, «sabab» ning m ohiyatini hodisa va tu- 
shuncha sifatida jiddiy o ‘rganishga kirishdi. Uning bu boradagi mulo- 
haza va xulosalari falsafa fanining asosiy yutuqlaridan biriga 
aylandi.
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Inson tabiatiga doir 
mulohazalar» (1739), «Ta’b me’yori haqida» (1739-1740), «Axloqiy 
va siyosiy ocherklar» (1741-1742), «Ruhning barhayotligi to ‘g ‘risida», 
«Tabiiy din haqida so‘zlashuv (dialog)» (1751). Materialistik oqimning 
vakillari Gartli (1705—1757-y.) va uning shogirdi D jozef Pristli (1733— 
1804-y.) edilar. Ular assotsiativ tasawurlam i miyadagi fiziologik 
bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Gartli psixologiyaga ruhning 
fizikasi deb qaradi.
D. 
Pristli barcha psixik jarayonlar miyaning tebranishlaridir, deb jar 
soldi. U psixik va fizik hodisalar o‘rtasidagi prinsipial farqni inkor qildi 
va psixologiyaga fiziologiyaning bir qismi deb qaradi.
Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi mu- 
him roli haqidagi ta’limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik


psixologiyaning ichida «assotsiativ psixologiya» deb atalgan alohida 
oqim paydo bo‘ldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida 
hukmron mavqeni egallab oldi.
\XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada 
Djeyms M il’ (1773-1836-y.), Djon Styuart Mil’ (1806-1837-y.), 
Aleksandr Ben (1818-1903-y.), Gerbert Spenser (1820-1903-y.) edilar. 
Bular qatoriga Fransiyada T. Ribo (1829-1916-y.), Germaniyada 
Teodor Sigen (1862-1950-y.) larni va qisman Ebbingauzni (1850— 
1909-y.) ham kiritish mumkin.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik 
jarayonlar (xotira, tafakkur, nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi 
psixik elementlar bo‘lgan sezgilardan va ulaming nusxasi bo‘lgan 
tasavvurlardan hosil bo‘ladi deb da’vo qildilar. Ayrim sezgi va 
tasavvurlar assotsiatsiyalaming qonunlariga binoan, o ‘zaro mexanik 
bog‘lanishlar 
bilan 
birlashadilar. 
Masalan, 
xotira jarayonlari 
assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo‘yiladi, ya’ni esda qoldirish yangi 
assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish esa avval mustahkamlangan 
assotsiatsiyalaming jonlanishidir. Assotsianistlaming fikricha, tafakkur 
mhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas, 
tafakkur ham faqat tasawurlam ing assotsiatsiyalar qonuniga binoan 
harakatlanishidir. Masalan, muhokama faqat ikkita tasavvuming 
assotsiatsiyaga bog‘lanishidir. Bunda ongning boshqa lahzalari yo‘q. 
Xulosa chiqarish ikki yoki birqancha hukmlaming assotsiatsiyasi 
(bog‘lanishi)dir, bulardan ham assotsiatsiya bo‘yicha yangi hukm 
hosil qilinadi, ya’ni xulosa chiqariladi. Tushunchalar ham bir qancha 
so‘zlaming o ‘zaro o ‘xshash tasavvurlar bilan bo‘lgan assotsiatsiyasi 
(bog‘lanishi)dir deb ta’riflanadi.
Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha, nutq ham 
tasavvurdir. M asalan, Ebbingauzning aytishicha, nutq bu «ikki 
element»ning mustahkam assotsiatsiyalar bo‘lib qo‘shilishidir: bir 
tomondan, so‘z va gaplam ing ulam ing m a’nolari bilan, ikkinchi 
tomondan esa so‘z va gaplam ing narsalar bilan birikishidir. Gap va 
so‘zlarning haqiqiy mohiyati nutq organlari faoliyati orqali hosil 
bo‘ladigan, «ohang va shovqinlar»dan va bu faoliyat natijasida


h arak at va h o latn i sezish d an , y a ’ni esh itish va k in estetik y o k i nutq 
tassu ro tlarid an iboratdir.
Qayd qilingan har ikkala so ‘z elem entlari ham o ‘zaro mustahkam 
assotsiatsiyalar bilan b o g ‘langan, deb ta ’kidlaydi Ebbingauz. /Nutq 
jarayonlarida, y a ’ni fikm ing shakllanishida, fikm i o ‘zgalarga bayon 
qilishda va o ‘zgalam ing fikrini o ‘zlashtirishda assotsiativ jarayonlar, 
alohida tasavvurlar, xususan, so‘zlam ing asosiy elem entlari bo‘lgan 
harakat (kinestetik) tasavvurlar bilan tovush tasavvurlari o ‘rtasida 
bog‘lanishlar hosil bo‘ladi. N utq m axsus funksiya sifatida tafakkur 
bilan tashqi — assotsiativ bog‘lanishlardan tashqari hech qanday 
m unosabatda bo‘lmaydi.
Bu, psixologlam ing ta ’lim otiga ko‘ra, diqqat ongim izda qolgan 
barcha ta sa w u rla m i siqib chiqargan, qandaydir bitta tasavvurlar 
gruppasining hukm ron b o ‘lishi bilan izohlanadi, em osiyalar xush 
va noxush hislam i anglash bilan birlashgan sezgi ham da tasavvurlar 
y ig ‘indisidir va hokazo. A ssosianistlar inson shaxsining o ‘zini ham o ‘z 
tanasini sezishga va shunga m os keladigan tasavvurlarga — «tasavvurlar 
birikm asi»ga asoslangan ancha barqaror va doim iy psixik hodisalar 
kom plekslari, deb tushunadilar.
A ssotsiativ psixologiya vakillarining xizm ati shundan iborat-ki, 
ular ongning yuksak m urakkab jarayonlarini, y a ’ni tafakkur, nutq 
va irodalam i tajriba asosida (asosan, o ‘z-o ‘zini kuzatish y o ‘li bilan) 
o ‘rganishni diqqat m arkazida tutdilar.
Biroq keyinchalik assotsiativ psixologiya vakillari va boshqa 
psixologlam ing bu ta ’limoti am alda o ‘zining yaroqsizligini k o ‘rsatdi. 
Psixik hayotning murakkab hodisalarini faqat assotsiativ jarayonlarga 
tenglashtirib qo‘yish mumkin em asligi m a’lum b o ‘ldi.
Tafakkur jarayonini har tom onlam a tahlil qilish shuni k o ‘rsatdi- 
ki, tafakkurda m avjud bo‘lgan ba’zi lahzalarni tafakkurlarning oddiy 
assotsiatsiya y o ‘li bilan oddiy bog‘lanaverishlariga tenglashtirish m um ­
kin em as va shu lahzalar bilan tafakkur oddiy assotsiativ jarayonlardan 
tubdan farq qiladi.
B iz assotsiativ jarayonda, avvalo, tasavvurlar harakatini k o ‘ramiz, 
bunda ongim izda hosil bo‘lgan har qanday tasavvur a w a lg i tasavvurlar


yoki idrok tufayli hosil bo‘ladi. Lekin, bir xil turtki (idrok yoki 
tasavvur) orqali birin-ketin paydo bo‘lgan tasavvurlar o ‘z yo‘lida har 
xil y o ‘nalishlarga ega bo‘lishlari mumkin.
B irin c h id a n , tafakkurda ham, albatta, tasavvurlar yoki boshqa 
psixik m ahsullar (hukm, tushuneha)ning harakati sodir b o ‘ladi. 
Lekin bu yerda bu harakat avvalgi idrok va tasavvurlar turtkisi 
sodir bo‘lm asdan, balki dastavval qo‘yilgan m aqsad va vazifa bilan 
belgilanadi va boshqariladi. Tafakkur m aqsadga muvofiq yo'naltirilgan 
jarayondir. Tafakkur jarayoni ham m a vaqt birorta m asalani hal qilishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ik k in c h id a n , 
asso tsiativ ja ra y o n la r e sa passiv jaray onlardir. 
A ssotsiativ q onunga binoan tasav v u rlar h arakati g o ‘yo o ‘z- 
o ‘zich a ro ‘y beradi, bu harakat oldindan belgilanm asdan, ongli 
kueh 
sarflanm agan 
holda 
bo raveradi. 
A g ar 
tasav v u rlam in g
assotsiativ o q im ida ak tiv lik b o ‘lsa ham , u b eix tiy o r faollikdir. 
Bu o ‘rind ag i b eix tiy o r faollik shaxsning em osional holati bilan 
m avjud tasav v u rlar tufayli ro ‘y beradigan em osional lahzalar bilan 
belgilanadi. T afakk u r esa, aksincha, o ldindan ongli kueh (diqqat) 
sarflash y o 'li b ilan so d ir b o 'la d ig a n jaray o n d ir. To‘g ‘ri, tafakkur 
jaray o n larid a ham passiv holatlar b o ‘ladi, lekin u lar bu o ‘rinda 
faqat q o ‘shim cha v a yordam ehi ah am iyatga ega b o ‘ladilar. Passiv 
holatlar tafakkurni belgilab berm aydilar, ular birlam chi em as, balki 
ikkilam chidir, k o ‘pincha aqliy taraq q iy o tn in g yuksak bosqichlarida 
paydo b o ‘ladilar.
U chinchidan, 
assotsiativ jarayonlarda faqat esga tushirish, tajri- 
badan hosil bo‘lgan, sezilgan va idrok qilingan narsalardan nusxa 
ko‘chirishgina bordir. Tasavvurlar assotsiatsiyasi faqat reproduktiv 
(takrorlovchi) jarayondir. Bu jarayonlarda ongim izda yangi m azm un 
hosil qilinmaydi.
Tafakkur m ahsuldor (produktiv) jarayondir. B unda ongim iz yangi 
mazmunga, yangi m ahsulotga ega bo‘ladi. Bu yangi m ahsulot obyektiv 
borliqning shunday lahzalarini aks ettiradi-ki, bu lahzalarni bevosita 
sezgi organlari orqali bilish m um kin em as, binobarin, tasaw u rlard a 
ham takrorlash m um kin emas.


Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha 
murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur, 
nutq, xayol va iroda) bir xil birlam chi psixik 
elem entlar b o ‘lgan sezgilardan va ularning 
nusxasi bo‘lgan tasavvurlardan hosil bo‘ladi 
deb da’vo qildilar. Ayrim sezgi va tasavvurlar 
assotsiatsiyalam ing qonunlariga binoan, o ‘zaro 
mexanik 
bog'lanishlar 
bilan 
birlashadilar. 
M asalan, xotira jarayonlari assotsiatsiyalarga
G. Ebbingauz 
tenglashtirib qo‘yiladi, y a’ni esda qoldirish
yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushi- 
rish esa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalam ing jonlanishidir.
4. 
Eksperimental psixologiyaning shakllanishi. 
XIX va XX asr- 
dagi psixologiya bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII 
asrda paydo bo'lgan bu yo‘nalish XIX va XX asming boshlarida o ‘z 
taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Uning yutuqlarga eris- 
huviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi. Eksperiment- 
ning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilgandek, psixologiya 
fanining maxsus vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchala- 
ri maydonga keldi. Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu 
psixologiyaning ichida bir qancha yo‘nalish va oqimlar mavjud edi. 
Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsia-


nizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar 
edi.
Eksperimental psixologiya ma’lum-ki, XIX asr fizika, biologiya, 
fiziologiya, kimyo va boshqa tabiat fanlarining gurillab o ‘sishi bilan 
harakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan eksperimental metodning keng 
qo‘llanilishi fanning bunday o'sishiga yordam berdi.
XVIII asming oxiri — XIX asming boshlaridayoq psixologlar 
o‘rtasida psixik hodisalami o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish 
mumkin emasmikan, degan masala maydonga chiqdi. Bu masala 
bo'yicha filosof Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada 
eksperimentning bo'lishi mumkin emas, ularga matematikani tatbiq qi­
lish mumkin emas.
XIX va XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asos- 
langan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, 
ya’ni o'rganadigan voqelik sohasi kuchli ravishda kengaydi; bu 
fanning alohida yangi sohalari paydo bo‘ladi va shakllanadi, 
yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. 
Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli 
sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda 
idealizm bilan materializm o ‘rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi. 
Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa 
tabiat fanlarining gullab-yashnashi bilan harakterlanadi. Fanda paydo


bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanlarning 
rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Kant Immanuil hayoti: (1724-1804) 

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish