tayangan holda davlatni boshqarish g'oyalarini hayotga tatbiq etish
yoMidagi behuda urinishlardan so‘ng Men-Szi vatani Luga qaytadi va
g‘oyaviy qarashlarini o‘zi
tashkil etgan maktab, shogirdlari, kitoblari
orqali targ‘ib va tashviq qiladi.
Men-Szining asosiy asari «Меп-Szi» deb ataladi. Lyudvig Feyerbax:
«Men-Szi Xitoyning Konfutsiydan keyingi eng buyuk faylasufidir», -
deb yozgandi.
Konfutsiy kabi u ham inson tug‘ma ravishda yaxshi bo‘ladi va
bunday yaxshilik tarbiya yo‘li
bilan rivojlantirilishi mumkin, deb
hisoblagan. U ham o‘z davridagi ko‘plab xitoylik faylasuflarga o‘xshab
o‘z umrini turli imperatorlik saroylarida o‘tkazgan va shahzodalarga
saxovat, insonparvarlik va adolatdan ta’lim bergan. Lekin Konfutsiyda
yana bir oqim Syun-Szi asos solgan oqim paydo bo‘ldi.
Syun-Szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235-yillar)
Qadimiy
Xitoy faylasufi Syun-Szi Chjao hoqonligida dunyoga keldi.
Miloddan
avvalgi 266-yilda Chjaoni tark etib, Sinn saltanatiga jo ‘nadi va bu yerda
hoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 264-yili faylasuf Si hoqonligiga kelib, «Szisya»
akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga
ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi.
0 ‘ta mustaqilikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani
bois Syun-Szi 255-yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan
Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu
yerda Lanlin tumaniga hokim
qilib tayinlanadi.
Miloddan avvalgi 250-yilda Syun-Szi vazifasidan ozod etiladi va
Chjao xonligiga qaytib boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu hoqonligi
Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta tiklanadi. Miloddan
avvalgi
238-yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-Shen viloyatining
hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-Szi noiloj davlat xizmatidan ketadi.
U Lanlin viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda «Syun-
Szi» deb nomlangan asarini yozishga kirishadi.
Hukmdorlar-u vazirlar bilan dadil muloqotda bo‘lib, o‘z
fikrini
lap tortmay ayta olgan Syun-Szi hayotini qashshoqlik va faqirlikda
o‘tkazadi. Zamondoshlari uning falsafiy salohiyatini munosib qadrlay
olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi.
Uning fikricha inson
o‘z tabiatiga ko‘ra badjahl bo‘lib, mehribonlik bu tarbiyaning natijasidir.
Axir bunday bo‘lmaganda insonni tarbiyalashga hojat qolmas edi-ku!
0 ‘zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Inson harakteri kulol loydan
yasagan ko‘zaga o‘xshaydi deb ta’kidlanadi, Syun-Szi tomonidan.
Syun-Szining g‘oyalarini targ‘ib qilishda faollik ko'rsatgan
shogirdlaridan biri Xan Feydir.
Do'stlaringiz bilan baham: