Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 581
-savdo balansi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish o’rtasidagi nisbat;
-xizmatlar va notijorat to’lovlar balansi ("ko’zga ko’rinmaydigan"
operatsiyalar balansi);
-o’z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o’tkazmalarni olgan joriy
operatsiyalar
balansi;
-kapitallar va kreditlar harakati balansi;
-rasmiy valyuta zahiralari bilan operatsiyalar.
Savdo balansi. Tashqi savdo tarixan milliy xo’jaliklarni jahon xo’jaligiga
bog’lovchi tashqi iqtisodiy munosabatlarning birlamchi shakli sifatida maydonga
chiqadi. Tashqi savdo tufayli xalqaro mehnat taqsimoti shakllanadi. Xalqaro
mehnat taqsimotining o’zi esa tashqi savdo va boshqa xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning rivojlanishi bilan chuqurlashib hamda takomillashib boradi.
Tashqi savdo ko’rsatkichlari an`anaviy ravishda to’lov balansida muhim
o’rinni egallaydi. Tovarlar eksporti va importining o’zaro nisbati savdo balansini
tashkil etadi. Tashqi savdoning katta hajmi kredit hisobiga amalga oshirilganligi
sababli haqiqatda shu davrda amalga oshirilgan savdo, to’lovlar va tushumlar
ko’rsatkichlari
o’rtasida
tafovutlar
mavjud. Ushbu tafovutlar tufayli turli
so’ndirilish muddatlariga ega, taalluqli
talab va majburiyatlarni vujudga kelti-
ruvchi umumiy savdo balansidan farqli
o’laroq, o’z davrida amalga oshirilgan
pul to’lovlari hamda haqiqatda olingan
tushumlarning nisbati sifatida to’lov
balansi tushunchasi paydo bo’ldi. Biroq
tashqi iqtisodiy operatsiyalar bo’yicha ma`lumot yig’uvchi organlar hech qachon
haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar va olingan tushumlarni umumiy savdo
ko’rsatkichlaridan ajratish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Ular savdo balansiga
kiritiladigan tashqi iqtisodiy bitimlar bo’yicha bojxona ma`lumotlaridan
foydalanadilar. Aynan shu ma`lumotlar davlat iqtisodiy siyosati nuqtai nazaridan
asosiy qiziqish ob`kti bo’lib hisoblanadi. Ular va real to’lovlar orasidagi farqlar
to’lov balansining kredit operatsiyalarida aks etgan.
To’lov balansi statistik ko’rsatkichlarini yig’ish va qayta ishlash uslubini
takomillashishiga qaramasdan ushbu balans ko’rsatkichlaridagi xatoliklar sezilarli
bo’lib holmoqda. Shu sababli statistik xatoliklar va hisobga olinmagan
operatsiyalar bo’yicha ma`lumotlar kiritiladigan "Xatolar va o’tkazib yuborishlar"
moddasi ajratib ko’rsatiladi. Mutahassislarning ta`kidlashicha, qisqa muddatli pul
kapitali harakatining hisobini yuritish ayniqsa iqtisodiy inqiroz paytida nihoyatda
qiyin. Shu sababli "Xatolar va o’tkazib yuborishlar" moddasi to’lov balansining
kapitallar va kreditlar harakatini aks ettiruvchi bo’limiga qo’shiladi hamda inqiroz
holatlarida uning ko’rsatkichlari keskin oshib ketadi. To’lov balansining yakuniy
moddalari davlat valyuta organlari ishtirok etuvchi, likvid valyuta aktivlari bilan