a) qat’iy belgilangan forvard valyuta bitimi - bu, kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart bo’lgan bitimdir. Masalan, 1 sentyabrda tuzilgan qat’iy belgilangan ikki oylik forvard valyuta bitimi, ya'ni ikki oydan so’ng amalga oshiriladigan bitim;
b) optsionli forvard bitimi - bu, mijozning xoxishiga ko’ra, yoki bitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo’lgan davming ichida hohlagan vaqtda, yoki ikkita aniq sana davomida amalga oshiriladigan bitimdir.
Kayd etib o’tish lozimki, forvard valyuta bitimi sof valyuta optsionlaridan farq qiladi. Valyuta optsioni mijozga kelishilgan bitim shartlarini bajarish va bajarmaslik huquqlarini beradi. Forvardli optsion esa, mijozga uni bajarmaslik huquqini bermaydi.
Quyidagi misollar orqali qat’iy belgilangan va optsionli forvard valyuta bitimlarini ko’rib chikamiz:
Frantsiyaning yirik bir savdo kompaniyasi O’zbekistonlik eksport-import firmasi bilan 1 mln. AQSH dollari miqdoridagi xalq iste'moli mollari yetkazib berishga shartnoma tuzdi. O’zbekistonlik firmaning iltimosiga ko’ra, Frantsiya kompaniyasi 2 oy muddatga tovarli kredit berdi. Maxsulotlami junatish 1 mayda, to’lov esa, 1 iyunda amalga oshirilishi ko’zda tutildi. Frantsiya kompaniyasi yaqin 6 oy davomida AQSH dollariga ehtiyoj sezmadi, va uning AQSH dollarini evroga sotilishiga zarurat tugildi. Frantsiya tomoni o’z rejasini ikki yo’l orqali amalga oshirishi mumkin:
o`zbek flrmasi tomonidan 2 oyda kelishi kutilgan summa kelib tushishini kutib, kelib tushganidan so’ng, spot-kurs bo’yicha mablag’larni sotish.
qat’iy belgilangan hozirgi kurs bo’yicha 1 mln. AQSH dollarini sotish haqida 2 oydan keyingi sanada yetkazish sharti bilan bitim tuzish.
Forvard bitimi - bu, ma'lum sanada aniq miqdordagi valyutalarni sotib olish yoki sotishning, yoki kelajakda aniq ikki sana orasida bajarilishi qat’iy majburiyat ekanligi ma'lum. Biroq, agar mijoz forvard bitimini bajara olmay kolsa, nima bo’ladi? Masalan, import qiluvchi quyidagi salbiy holatlarga duch kelishi mumkin, ya'ni:
mol yetkazib beruvchi tovarlarni talabga muvofiq yetkazib berishga imkoniyati yuk, shuning uchun, import qiluvchi tovarlarni qabul qilishdan voz kechadi va ularga xak to’lashdan bosh tortadi;
mol yetkazib beruvchi yetkazib keltirishlar miqdorini qisqarganidan kelib chiqib, kutilganidan kamroq tovarlarni junatdi. Shuning uchun, import qiluvchi ularga kamroq xak to’laydi;
aytaylik, mol yetkazib beruvchi belgilangan muddatdan kech qoldi, shuning uchun, import qiluvchi tovarlarga xakni biroz kechrok to’lashi mumkin.
Bu jihatlarning har birida import qiluvchi bankdan chet el valyutasini sotib olish istagi yo’q. Lekin, forvard valyuta bitimi shartlari bo’yicha, u sotib olishga kelishgan. Shu bilan birga, eksport qiluvchi ham shunday holatga tushishi mumkin: yo umuman to’lovni olmasligi, yoki bir muddat kechikishlar bilan katta yoki kichik summada olishi mumkin. Bunday sharoitda eksport qiluvchi forvard valyuta bitimida ko’rsatilgan shartlarni bajara olmasligi, xususan, o’z bankiga chet el valyutasining barchasini yoki ma'lum qismini sotish imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Bunday holatda bank pozitsiyasi quyidagichadir: agar mijoz forvard valyuta bitimi shartlarini bajara olmay kolsa, bank uni mazkur shartlarni bajarishga undaydi va:
Do'stlaringiz bilan baham: |