«Valeologiya asoslari»


Quruq issiq iqlim sharoitida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,83 Mb.
bet23/43
Sana29.04.2023
Hajmi1,83 Mb.
#933381
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
Valeologiya asoslari maruza matni [uzsmart.uz]

5. Quruq issiq iqlim sharoitida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning o‘ziga xos xususiyatlari

Issiq iqlimning unga moslashgan va moslashmagan insonning funksional holatiga ta’sirining ko‘p jihatlari ma’lum darajada o‘rganilgan (Z.I. Umidova, 1949; A.YU. YUnusov,1961; S.I. SHamsiev, 1966; A.Yu. Tames, P.A. Solomko, 1968; A.D. Slonim, 1969; R. Axmedov, 1977).


A.I. Yarotskiy (1976) fikricha, inson matorikasini issiq iqlim sharoitida rivojlantirishda tizim tashkil etuvchi omilning strukturaviy komponentlarini quyidagilar tashkil etadi:
1) optimal jismoniy yuklama; 2) jismoniy mashqlarning uyg‘unligi; 3) organizmning harakat, issiqlik va nur moslashishining birligi; 4) mashqlar yuklamasi jarayonida va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar turmush rejimi tiklovchi va stimulyasiyalovchi vositalar tizimi; 5) sog‘lomlashtirish tadbir-lari tizimi; 6) organizmning salomatligi dinamikasi va funksional statusi haqida joriy tibbiy-biologik va dispanser ma’lu-motlar asosida jismoniy rivojlantirish vositalarini o‘z vaq-tida korreksiyalash.
E.S. Alibaev (1978) eksperimental tadqiqotlar natijasida etarlicha shug‘ullan-magan va moslashgan organizmlarning funksional tizimida o‘zgarishlar ro‘y bermasligi uchun jismoniy mashg‘ulotlar va musobaqalarni kunning issiq qismida (30 gradusdan ortiq temperatura) o‘tkazmaslikni tavsiya etadi.
Tadqiqotlar natijasida shuni qayd etish mumkinki, o‘quv jarayonida yilning issiq vaqtida yaqqol bilinuvchi fiziologik funksiyalarning fasliy perilodikasi namoyon bo‘ladi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi shaxslarda fasllar o‘zgarishining ta’siri silliq kechadi. Funksional o‘zgarishlar xususiyatlari rivojlantirish vositalarini yil fasllariga qarab tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. (A.I. Livitskiy, A.S. Xolmatov, 1988).
Toshkentda iyul, iyun va avgust oylaridagi biotermik sharoitlar iyul sharoitlaridan kam farq qiladi. Organizmda ko‘p issiqlik yo‘qotish ayniqsa, yanvar oyida ko‘proq qayd etiladi. Manfiy qiymatlardan musbatga o‘tish aprel oyining birinchi yarmida, musbat qiymatlardan manfiyga o‘tish esa oktyabr oxiri va noyabr boshlarida tugallanadi. Aprel, oktyabr oylari issiqlik darajasi qulay vaqtdir.
Inson issiqligi ko‘rsatkichlarining sutkalik o‘zgarishi ham yil fasllariga bog‘liq: yozda va kuz faslining boshida biotermik ko‘rsatkichlar sutkada kam o‘zgaradi, qishda va bahorning dastlabki ikki oyida biotermik ko‘rsatkichlarning sutkalik o‘zgarishi yuqori bo‘ladi. Bu esa qishda va o‘tish fasllarida shamollash kasallik-larining ko‘payishiga olib keladi (B.A. Ayzenshtadt, L.P. Lukina, 1982).
Jadvalda (8.8) Toshkent Gidrometmarkazining 2000 yil uchun havo harorati qiymatlari kelirilgan. Ma’lumki, shahar shimoliy subtropiklar zonasida joylashgan. Havoning harorati dekabr, yanvar oylarida kuzatiladi. Eng qulay oylar aprel va oktyabr.
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyani rejalashtirishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish lozim:
1. Jismoniy tarbiya va sportda yuklamaga jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri sifatida qaraladi. Parametrlari (mashqlarning kattaligi, yo‘nalishi, tuzilishi)ga binoan jismoniy yuklama organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi:
- rivojlantiruvchi yuklama, harakat sifatlari va jismoniy ish qobiliyati darajasini o‘stirish;
- qo‘llab-quvvatlovchi yuklama, ish qobiliyatini muayyan darajada ushlab turish;
- reabilitatsion yuklama, charchoqdan so‘ng ish qobiliyatini tiklash;
- ta’lim beruvchi yuklama, harakat bilim va ko‘nikmalarini egallash.
2. Talabalar jismoniy tarbiyasida, asosan, ta’lim beruvchi yuklama qo‘llaniladi va u harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, harakatlarni bosh qarish va jismoniy sifatlarga rivojlan-tiruvchi ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
3. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mash qlariga gavda tuzilishi, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, nafas olish, yurak qon, asab tizimlarini takomillashtirish kasalliklarning oldini olish aqliy va jismoniy ish qobiliyatini o‘stirish, talabani turli zararli ta’sirlarga qarshi kurashuvchanligini ta’minlashga yo‘nal-tirilgan pedagogik jarayon sifatida qarash kerak.
4. Mutaxassislar inson jismoniy holatiga energiyaning sarflanishi jihatdan ta’siriga qarab sport turlari klassifikatsiyasini ishlab chiqdilar. Qizlar uchun jadallikdagi aerobika raqslari, badminton o‘yini, yigitlar uchun atletik gimnastika, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, sport o‘yinlari.
5. Toshkent gidrometmarkazining ko‘p yillik ma’lumotlari sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini ochi q havoda o‘tkazish (dekabr - 2,9 , yanvar - 0,4, fevral - 4,2 dan tashqari) kerakligi haqida xulosa qilish imkonini beradi. Bu organizmning tash qi muhit zararli omillariga, ayni qsa kuzgi-qishki davrda, qarshi kurashuvchanligini oshirishga yordam beradi.
Toshkent Gidrometmarkazining havo harorati haqida ko‘p yillik va 2000 yil uchun ma’lumotlari
Kalit so‘zlar: harakat faolligi, energetik quvvat, doza-lanish.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish