Ilmiy
faoliyat davlat siyosatining an’anaviy yo‘nalishi bolib hisoblanadi. Gap
shundaki, maqsadi foyda olish boigan ilmiy g‘oyalarni bevosita to‘g‘ridanto‘g‘ri xo‘jalik faoliyatiga qo‘llash mumkin emas. Shu sababli korxona va
kompaniyalar tadqiqotlami moliyaviy ta’minlashda ehtiyotkor boladilar,
vaholangki, ularning natijalaridan manfaatdordirlar. Hozirgi zamon sharoitida
biznesni innovatsion jarayonning muhim resurslaridan biri boigan — ilmiy
g'oyalar va bilimlar bilan ta’minlash funksiyasini o‘z gardaniga oladi. Xuddi shuning uchun ham yetakchi davlatlarning rasmiy hujjatlarida ilmiy-texnik
taraqqiyot yagona zanjir sifatida ko‘riladi: ilmiy g'oyalar va ishlab chiqilmalar — innovatsion biznes — keng kolamli foydalanish (qollash).
M DHning boshqa davlatlari kabi bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq bo'lgan
islohotlami amalga oshirayotgan O'zbekistonimiz uchun ham ilm va texnika doirasini davlat tomonidan boshqarishning oqilona shakllarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir. Chunki ITT iqtisodiy o'sishning asosiy
manbasi bo'lib hisoblanadi.
Jadval
Jahon yetakchi davlatlari ilmiy va innovatsion siyosatining maqsadlari
bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
— mamlakat iqtisodiyotining o'sishida ilm va texnika ulushini oshirish;
— moddiy ishlab chiqarishda progressiv o'zgarishlami ta’minlash;
—jahon bozorida milliy mahsulotimizning raqobatbardoshligini oshirish;
— mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash;
— ekologik muhitni yaxshilash;
— mavjud ilmiy maktablarni saqlash va rivojlantirish.
Davlat o‘z siyosatining maqsadlarini aniqlash bilan bir vaqtda prinsiplar va bu siyosatni amalga oshirish mexanizmini ham ishlab chiqadi. Bu
prinsiplar mamlakatda shakllangan xo'jalik tizimi va davlat institutlarining
iqtisodiy faoliyatiga ta’sirining chuqurligiga bog‘liqdir. Ilmiy va innovatsion
faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quwatlanishining shakllangan mexanizmi chizmada keltirilgan.
Ilmiy va innovatsion faoliyatda davlat siyosatining asosiy prinsiplariga
quyidagilar kiradi:
— ilmiy va ilmiy-texnik ijodning erkinligi;
— intellektual mulkning huquqiy hisoblanishi;
— ilmiy, ilmiy-texnik faoliyat va ta’lim integratsiyasi;
— ilm va texnika sohasida raqobatni quwltlash;
— ilmiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida resurslami konsentratsiyalash;
— ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatda ishbilarmonlikni
rag'batlantirish;
4.6-chizmada jahonning rivojlangan mamlakatlarida ilmiy va innovatsion faoliyatning davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishning shakllari keltirilgan.
Jahon amaliyotida quwatlash darajasi va shakllari bo'yicha quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘ladi:
— faol aralashish davlat strategiyasi;
— nomarkazlashgan;
— aralash.
Respublikamizda xorijiy sarmoyalami jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat yurgizish; ikkinchidan, respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag'ni jalb
etishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlami tobora takomillashtirish; uchinchidan, respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan, xalq xo'jaligining zamonaviy tarkibini vujudga keltirishda ko'maklashayotgan xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan
eshiklarni ochib qo'yish siyosatini izchillik bilan o'tkazish; to‘rtinchidan,
mablag‘larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan va raqobatbardoshm ahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lgan eng m uhim ustuvor
yo'nalishlarda jamlash; respublikada xorijiy imtiyozlarning keng tizimini
vujudga keltirgan xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etilgan.
Amaldagi imtiyozlar va rag‘batlantirish omillari tizimida:
— ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida
30 foizni tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar,
foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to‘lash huquqini
berish;
— Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo'yicha
soliqlar to‘lashdan besh yil muddatga ozod etish;
— xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar daromadining ishlab
chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik;
— o ‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz bemalol chetga olib
ketish;
— 0 ‘zbekiston hududida qo'shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo'shish uchun
mol-mulkni chetdan boj to ‘lovlarsiz olib kirish;
— jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, ajnabiylarning davlat
mulkini xususiylashtirish jarayonida, shu jumladan, ko‘chmas mulkning keng
miqyosda sotilishida bemalol ishtirok etishlarini ta’minlash;
— investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan
foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish ko‘zda
tutilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |