Va yopiluvchi


Web texnologiyadan foydalanish maqsadlari ko’rsatkichlari



Download 1,1 Mb.
bet19/22
Sana22.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#835261
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Eshonqulov Nodir

1.2. Web texnologiyadan foydalanish maqsadlari ko’rsatkichlari.


1.2.1-chizma. Web texnologiyadan foydalanish maqsadlari ko’rsatkichlari. 
Foydalanuvchilar xohishlarining bo’linishi shuni ko’rsatadiki, WWW dan foydalanuvchi kishilar bitta maqsad emas, balki ko’p maqsadlarda foydalanishadi.
Internetda kishilar ko’p vaqtlarini o’tkazadilar – o’rtacha haftasiga 7 soat . Foydalanuvchilarning 72%i WWWga kunida hech bo’lmaganda bir marta kirishadi. WWW-navigatorlar FTP, GORNER va boshqalar uchun maxsus klientlarni butunlay almashtiradi.
O’tkazilgan testlardan ma’lumki, WWW tili – HTMLni o’rganish juda ham oson – 80% kishilar bu uchun 6 soat vaqt sarflaganlar.
ARXITEKTURA. Umuman tizim quyidagi komponentlardan tarkib topgan:
HTML gipermatn belgili tili;
HTTR gipermatn uzatish protokoli;
Internetda ma’lumot tipiga spesifikatsiyalar (Internet Media Types);
WWW-adresatsiya tizimlari (URL, URN, URI etc).
WWW uchun dasturlar. WWW uchun dasturiy ta’minotdan foydalanish ko’rsatkichlari,brauzerlar.
Platformalar bo’yicha WWW foydalanuvchilarining taqsimlanishi taxminan bozorning operatsion tizimlar orasida taqsimlanishini eslatadi.


1.2.2-chizma. WWW foydalanuvchilarining taqsimlanishi



1.1.4-chizma. Foydalanuvchilarning qaysi navigatordan foydalanishni xohlashlarining taqsimlanishi.
Bu statistika hozirgi vaqtga taxminan to’gri keladi. Bozorda Microsoft Internet Explorer haqiqiy yetakchilik qiladi.
Web-texnologiyalarning nazariy asoslari
Internet ning asosiy texnologiyalari sharhi
Odatda Internet ning asosiy texnologiyalariga quyidagilar kiradi:
· WWW yoki Web (ingl. World Wide Web –Butun jahon o‘rgimchaklar to‘ri) – tarmoqda gipermatn bilan ishlash texnologiyasi;
· FTP (ingl. File Transfer Protocol – fayllarni uzatish qaydnomasi) – ixtiyoriy formatdagi fayllarni tarmoqda uzatish texnologiyasi;
· IRC (ingl. Internet Relay Chat – tarmoqda navbatma - navbat so‘zlashuv) – real vaqt oralig‘ida so‘zlashuvlarni olib borish texnologiyasi bo’lib , tarmoq orqali to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot muhitida boshqa insonlar bilan so‘zlashish imkoniyatini beradi;
· E-mail, elektron pochta – quyidagi bir nechta xizmat turlarini ko‘rsatadi: 1) elektron xatlarni uzatish va qabul qilish. Bu xatlar bir necha soat ichida yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi elektron pochta abonentlariga yetkaziladi, 2) turli xil firma va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan sharhlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni abonentlarga yetkazish xizmati;
· telekonferensiyalar – bir-biridan uzoq masofada joylashgan insonlar o‘rtasidagi munozara ma’lumotlarini uzatish va qabul qilish texnologiyasi;
· Internet texnologiyalarining asosiy vazifa va imkoniyatlari shundaki, ular axborot manbalarini tanlash imkoniyatining ko‘pligidadir;
· Tarmoq serverlaridagi ma’lumotlar banki;
· elektron pochtadan uzatilayotgan tezkor ma’lumot;
· yetakchi kutubxonalar, ilmiy va o‘quv markazlari, muzeylar ma’lumotlar omborining rang-barangligi; Internet-magazin tomonidan taqdim etiladigan yumshoq disklar, kompakt – disklar, video va audio kassetalar, kitov va jurnallar haqidagi ma’lumotlar.
WEB-texnologiya.Bu Internet texnologiyalaridan biri bo’lib, WEB-serverdagi axborotni qayta ishlash va sirkulyatsiya qilish bilan bog’liqdir.
WEB-texnologiya va axborot nashriyoti.Web-texnologiya iste’molchilarga axborot xizmati ko’rsatishning aniq konsepsiyasini taklif kiladi. Bir so’z bilan uni axborot nashriyoti konsepsiyasi deb aytish mumkin.
Uni quyidagi xususiyatlari bilan ajratish mumkin:
- axborot iste’molchiga nashriy ko’rinishda taklif qilinadi;
- nashr turli tabiatli va geografik joylashuvli axborot manbalarini birlashtirishi mumkin;
- axborot manbalaridagi o’zgarishlar publikatsiyada shu ondayoq o’z aksini topadi;
- publikatsiyalarda joylashuvidan qat’iy nazar boshqa publikatsiyalarga murojaatlar saqlanishi mumkin ( gipermatnli murojaatlar);
- publikatsiyalarning iste’mol sifati zamonaviy multimedia standartlariga mos keladi( animatsiya, video, tovush, grafika,matn bilan ishlash mumkin);
Publikatsiyalarga misol qilib , oddiy gazetani keltirish mumkin.
Quyida gazetaning yangiliklarni uzatish vositasi sifatidagi ba’zi bir xususiyatlari:
- nashriyotchi gazetani kim o’qishini bilmaydi.
- gazetadagi axborotlar doimiy ravishda (har kuni, haftada bir) yangilanadi, ya’ni gazetada yangi axborotlar nashr qilinadi .
- hamma gazetaxonlar bir xil axborot olishadi.
- gazeta o’quvchiga talabi asosida yetkaziladi(bir martada- gazetani kioskadan olganda, uzoq muddatli-biror bir vaqt oralig’ida obuna bo’lganda).
- gazetada turli xil elementlar – matn, fotografiya, jadval, grafikadan foydalaniladi.
- gazeta publikatsiyalarida boshqa publikatsiyalarga murojaatlar saqlanishi mumkin.
- gazeta «universal interfeysga «ega, undan foydalanish uchun faqat o’qishni bilish kifoya, gazetani o’qish uchun maxsus bilimlar shart emas.
Shunga qaramay, Web-texnologiya axborotni publikatsiya qilish vositasi sifatida quyidagi ajralib turuvchi xususiyatlari mavjud
- nashriyotchi axborotni foydalanuvchiga qanday yetkazilishi bilan qizikmaydi.
- nashriyotchining xarajatlari publikatsiyaning qancha «tirajda» chiqishiga bog’lik emas
- axborotdan foydalanuvchilarning soni cheklanmagan
- publikatsiyaning prezentatsion sifatlari zamonaviy talablarga mos keladi
- publikatsiyada joriy axborotlar o’z aksini topadi
- publikatsiyada berilgan axborotlarga gipermatnli murojaatlar va kontekst vositasi orqali oson kirish mumkin.
- Web-texnologiya taklif qilayotgan keng turdagi ko’rgazmali imkoniyatlar tufayli axborot foydalanuvchiga tez yetib boradi.
- bu texnologiya axborotning manbalari va tiplariga deyarli talab qo’ymaydi
- texnologiya masshtabli qarorlar chiqaradi, bir vaqtning o’zida xizmat ko’rsatayotgan foydalanuvchilarning ko’payib ketishi sistemani qayta qurishni talab qilmaydi.
Universal interfeys.Web-texnologiyaning o’ziga xos xususiyati axborotni yetkazishning universal vositasi sifatida , inson va kompyuter o’rtasida umumiy va tushunarli interfeysning mavjudligidir. Bu interfeys oynali interfeysga qaraganda keng ma’noda universaldir, masalan, Windows on sistemasi taklif qilayotgan interfeys. Windows muhiti tabiiy ko’ringan tushunchalar ( oynalar,tugmalar, menyu va b.) ni o’zida mujassamlashtirgan ishchi stoliga tayanadi. Lekin bu tushunchalar abstrakt bo’lib, inson har kungi axborot bilan ishlash jarayonida qo’llaydigan kategoriyalardan uzoq. Haqiqatdan ham inson real hayotida axborotlar bilan ishlaganda oynalar, tugmalar, menyudan o’z ma’nosida foydalanmaydi.
Brauzer interfeysining axborotlarga kirish usuli sifatida universallik darajasi o’zida turli xil axborot manbalariga kiruvchi maksimal unifitsirlangan interfeysni ifoda etadi. Faylga, ma’lumotlar bazasi jadvaliga yoki biror bir amaliy paketning ishi natijasiga kirish uchun boshqaruv vositali bitta dasturdan foydalaniladi. Axborot bilan ishlashni o’rgatish bir marta olib boriladi. Shundan keyin foydalanuvchi internetdan olinadigan hamma axborotlar bilan erkin ishlashi mumkin.

WEB sahifalar. WEB sahifa biror voqelik, hodisa yoki ob‘ekt to‗g‗risida ma‘lumotlarni o‗zida jamlagan ma‘lumotlar faylidir. WEB sahifalar HTML tilida yaratilib, ma‘lumotlarning turli ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Internetning eng ma‘lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide WEB) deb nomlanuvchi to‗rdir. Bu to‗r WEB saytlar va alohida WEB sahifalardan tashkil topgan. HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo‗lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo‗lish va internetda ishlash bo‗yicha ozgina malakasi bo‗lsa yetarli. HTML tili yordamida har kim o‗zining shaxsiy 11 WEB sahifasini yoki butun boshli bir WEB saytini yaratish orqali o‗zini butun dunyo axborot fazosida his qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun yetarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo‗yicha yaxshi bilim va internetning har xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi. Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur axborot WEB saytlarini yaratish mumkin. HTML (jihozlari) tarmoq foydalanuvchilari uchun 5 – 10% ni inobatga olmaganda hamma imkoniyatlarga ega. Agarda o‗zingizning saytingizda biror maxsus texnologiyalarni qo‗llash zururati tug‗ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni o‗rganish lozim bo‗ladi. Yangi tarmoq dasturini o‗rganishdan oldin esa HTML ning imkoniyatlarini qo‗llashni o‗rganish lozim. HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan sodda bo‗lsada, internet – butunjahon to‗ri shu til (HTML) yordamida yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir. Internet texnologiyasi va shu bilan birga HTML tili ham kompyuter industriyasining rivojlanishiga bo‗lgan bir yordam bo‗ldi. Gipermatnli murojaatlar haqida tushuncha. WEB sahifalarga gipermurojaat WWW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WWW hujjatga HTML ning maxsus tegi yordamida murojaat bo‗lishi mumkin. WEB ga sayohat paytida ko‘pchilik WEB sahifalarda gipermatnli murojaatlarga to‗qnashgan. Bu matn fragmentlari ko‗k shriftda va tagi chizilgan bo‗ladi. Shu tariqa tasvirlangan matnlar murojaat matnlari deyiladi. Agar uni sichqoncha bilan chertilsa u avtomat ravishda boshqa WEB sahifaga murojaat qiladi. WEB brauzerlar. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular WEB brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser – inglizcha so‘z boilib, ko’rishni ta’minlash, ko’rsatish ma‘nosini anglatadi. Bu so‗zning o‗zbekchaga to‗g‗ridan – to‗g‗ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» ma‘nosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz 12 uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida WEB sahifada mavjud bo‗lgan axborotni tasvirlaydi. Birinchi WEB brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) hodimi Tim Bernersli tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kungacha juda ko‘p WEB brauzerlar ishlab chiqarilgan. Google Chrome, Safari, Mozilla Firefox, Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko‘p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. WEB brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - WEB sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rish; - WEB sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash); - WWW dagi adresi bo‘yicha WEB sahifani chaqirish. Elektron pochtani qo„llash. Elektron pochta - kompyuterlar orasida xabar uzatishni Lokal va Global asosda tashkil qiladi. Elektron pochtadan faqat xabarlarni emas, balki fayllarni uzatish uchun ham foydalaniladi. Ular yordamida tezkor usulda bir yoki bir nechta manzillar bilan axborot almashish mumkin. Elektron pochta qutilari soni 1997 yil boshida 250 millionni tashkil etdi. Elektron ma‘lumotlar manzil va ma‘lumotlar mavzuidan iborat bo‗ladi. Manzil qismi odatda oluvchining manzilgohini, jo‗natuvchining manzilgohini, ma‘lumot mavzuini, fayllar xabarlariga ilova qilinuvchi axborotlarni o‗z ichiga oladi
Gipermatn bilan ishlashning qulay bo’lishi uchun gipermurojaatlarni rasmiylashtirishning aniq standartlari mavjud. Gipermurojaatlar rasmlar, animatsiyalar yoki matn parchalarini o’z ichiga olishi mumkin. Shuni hisobga olgan xolda gipermurojaatlar oddiy grafik ob’ektlar va matnlardan quyidagilar bilan farqlanadi
· Matnli gipermurojaat ekranda boshqa rang yoki ostiga chizish bilan ajratiladi.
· Foydalanuvchi murojaatga sichqoncha yordamida ko’rsatsa, sichqoncha yunaltiruvchi chizig’i ko’rsatkich barmoq ko’tarilgan qo’l ko’rinishiga kiradi.
· HTML formatli hujjatni ko’rsatuvchi gipermurojaatni bosganda, brauzer avtomatik tarzda ishga tushadi va ekranda murojaat qilinayotgan Web-saxifa paydo bo’ladi.

Html termini inglizchadan olingan bo'lib "Hypertext Markup Language" -"Gipertekst matlarni yaratish(belgilash)" degan ma'noni beradi. Html ni birinchi versiyasi Evropa fizika labaratoriyalari xodimi Tim Berners-Li yartgan.Html ni birinchi versiyasi bir necha o'zgartirishlar tufayli bir o'z muddat yaratish to’xtatib turildi. Kompyuterlar olamiga o'xshab, Htmlni ham spesifikasiyalari va versiyalari har xil ko'rinishga ega, bular alohida tartiblangandir.Taniqli spesifikasiyalari 2.0, 3.0, 3.2 va 4.0 lardir. HTML spe sifikasiyalarini yaratsih ishlarini World Wide Web consortium (qisqacha- W3C) uyushmasi o'z bo'yniga oldi.Ularni vazifalarispesifikasiyal tuzish va yaratish,zamonaviy dasturlash tillarini yaratish va shunga o'xshashlardan iborat bo'lgan.1997 yili iyulda hozir gi kundagi eng zamonaviy spesifikasiya - 4.0 yaratilgan. Qo''lanmada yozilgan hamma narsa dasturli ta'minotlarda ishlash uchun kafolatlangan.Bu qo'llanma hamma spesifikasiyalarda uchraydigan operatorlar yozilgan .Suning uchun ba'zi operatorlarni tashlab ketishga to'gri keldi.O'ylab qolamanki siz yaratgan sahifa o'ziga hos o'rinni egallab qoladi.


HTML ni o'rganishda nimalarga etibor berish kerak
HTML ni o'rganish uchun 2 ta narsa kerak bo'ladi:1. Har qanday brauzer, HTML-faylni ko'ra oladigan programmalar.2 Har qanday matli fayl,sizning kodirovkangizga to'g’ri keladigan yoki rus alfaviti asosidagi.Agar sizning kompyuteringizda Windows to'liq o'rnatilgan bo'lsa , Notepad dan foydalanish mumkin. Matnli redaktorni HTML-fayl hosil qilish uchun ishlatiladi, brauzer bo'lsa — hosil qilingan faykni ko'rish uchundir . Agar sizni kompyuteringiz Internetga ulanmagan bo'lsa siz birinchi HTML hujjatingizni o'zingizda lokal diskingizda yaratasangiz bo'ladi.Bunda siz HTML faylni ko'rish uchun Notepad dan va Internet Explorer dan foydalansa bo'ladi. Html fayli hotira ga olayotganda uni *.html deb yozsangiz bo'ldi . Notepad da o'zgartirishlar bajargandan keyin uni hotiraga saqlab ,keyin Microsoft Internet Explorer muhitida OBNOVIT tugmasini yoki F5 tugmasini bo'ssangiz , HTML-hujjatda qilgan o'zgartirishlaringizni ko'rib olishingiz mumkin.
Html hujjat qanday tuziladi ?
Html hujjat bu-oddiy *.html kengaytmadagi matnli fayli.(Unix sistemalarida bunday faylni kengaytmasi *.htmll bo'ladi) hozir biz siz bilan oddiy Html hujjatni dasturini ko'rib chiqamiz:html Bu Html ga doir oddiy misol.Bu *.html kengaytmali faylni bir vaqatning o'zida Notepad va Internet Explorer larda ochish mumkin
Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa va


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish