3.Or–nomus (nomus) va obro‘
Bundan oldin ta’kidlanganidek, or- nomus (nomus) ham kasbiy etikaning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Or–nomus (nomus) - bu kishining boshqa shaxslarga, shu jumladan oila a’zolariga, hamkasblariga va rahbar hamda mutaxassis xodimlarga nisbatan sharm-hayoli munosabatda bo‘lishga undovchi his, o‘zining obro‘sini ulug‘lash va ardoqlash tuyg‘usidir. U kishining qadr–qiymatiga, o‘z harakatlari oldidagi ahloqiy mas’uliyatlariga bo‘lgan qarashlarni ifodalovchi tushuncha. Aynan or-nomus (nomus) o‘zining hatti–harakatlarini o‘z vaqtida tuxtatishni sezish har bir kishining obro‘sini saqlashga qaratilgan harakatidir.
Or-nomus (nomus) – bu odamni baholash, va atrofdagi kishilar tomonidan uni hurmat qilish mezoni yoki o‘lchovidir. Or–nomus (nomus) kasbiy etikaning boshqa kategoriyasi bo‘lgan obro‘ tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq.
Obro‘ – bu ijtimoiy hayotning turli sohalarida, masalan, ilmiy, diniy, siyosiy sohalarda, jamoalarda, oilada, biron shaxsning bilimi, tajribasi, tashkilotchiligi kabi axloqiy fazilatlari tufayli orttirgan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ta’siri, nufuzidir. Obro‘ shaxsnning hulqi, Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilishi tufayli ortib boradi. Obro‘ – bu yuksak axloqiy ma’naviyat majmui, shuningdek uni o‘zida hurmat qilish belgisidir.
YUqori obro‘li kishining hurmati yana ham baland, ishlari esa tez va sifatli bitadigan bo‘ladi. Obro‘ bir kunlik yoki bir yillik hatti–harakat va yurish–turishlar natijasida emas, xuddi tomchilar yig‘ilib oqar suv hosil bo‘lganidek, u yoshlikdan shakllanib boradi. SHuning uchun ham rus halqining «obro‘yingni yoshlikdan saqla» degan maqoli bor.
Obro‘ ayniqsa aholigi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ishchi xodimlari, rahbarlari va mutaxassislari uchun juda ham o‘ta katta ahamiyatga ega. Agar aholining 75-80 % ga yaqini ovqatlanish korxonalari xizmatidan foydalanilishi hisobga olinsa, obro‘ning qanday tez tushib ketishini odam o‘z ko‘zi oldiga keltirish mumkin. SHuning uchun ham har bir odam, har bir mutaxassis yoki har bir rahbar xodim obro‘ orttirishga va orttirilgan obro‘sini saqlashga harakat qilishi lozim.
YAxshi munosabat qoidalariga bag‘ishlangan ko‘p jildli asarida amerikalik yozuvchi Alisa Stoun «O‘zingning obro‘yingni saqla, o‘zingdan past madaniyatli kishilarga o‘xshama. Esingda bo‘lsin, sen undan libosing, qaddi-qomating, hatti–harakating va odobing bilan ustun bo‘lishga harakat qil» deb yozgan. Aynan, o‘z obro‘sini saqlashni his etish tuyg‘usi aholiga va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan korxonalar xodimlarining o‘z burchlarini sifatli ado etishga, iste’molchilarni aldamaslikka, ular bilan etiket talablariga ko‘ra xushmuomalalik qilishga, o‘zini yomon yo‘llardan qaytarishga va tashqi qiyofasini yaxshilashga hamda jamiyatning boshqa talablariga itoat qilishga majbur qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |