11-DARS
AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: MAGNIT MAYDONI QONUNIYATLARINI O‘RGANISH
VA UNGA OID MASALALAR YECHISH
866.
866 Rimk
/ Ko‘ndalang kesim yuzi 60 sm
2
bo’lgan kontur ichidagi
magnit oqim 0,3 mWb ga teng. Kontur ichidagi maydon induksiyasini toping.
Maydonni bir jinsli deb hisoblang.
867. Maydon induksiyasi 0,4 T bo’lganda yuzi 50 sm
2
bo’lgan yassi sirtni
quyidagi hollarda qanday magnit oqim kesib o’tadi: a) sirt maydonning induksiya
vektoriga perpendikular; b) induksiya vektoriga 45° burchak ostida joylashganda;
d) induksiya vektoriga 30° burchak ostida joylashganda.
868. 117- rasmda magnit maydonning tok bilan o‘zaro ta’sirlari
ko‘rsatilgan. Keltirilgan har bir hol uchun masalani ta’riflang va uni yeching.
869. Magnit qutblarining joylashishini aniqlang (118- rasm).
118-rasm
870. Aktiv uzunligi 5 sm bo’lgan o’tkazgichga 50 mN kuch bilan ta’sir
qilib turgan magnit maydon induksiyasi qanday? O’tkazgichdagi tok kuchi 25 A.
O’tkazgich magnit maydon induksiyasiga perpendikulyar joylashgan.
871. O’tkazgichdagi tok kuchi 50 A. O’tkazgichning aktiv qismining
uzunligi 0,1 m. Induksiyasi 10 mT bo’lgan magnit maydon shu o’tkazgichga
qanday kuch bilan ta’sir qiladi? Maydon chiziqlari va tok o‘zaro perpendikulyar.
872. Uzunligi 20 sm va massasi 4 g bo’lgan gorizontal joylashgan
o’tkazgichdan 10 A tok o’tmoqda. Og’irlik kuchi Amper kuchi bilan
muvozanatlashishi uchun o’tkazgichni joylashtirish lozim bo’tgan magnit
maydonining induksiyasini (modulini va yo‘nalishini) toping.
874.
874 Rim/ Aktiv qismning uzunligi 8 sm bo’lgan o’tkazgichdagi tok
kuchi 50 A ga teng. U magnit induksiyasi 20 mT bo’lgan bir jinsli magnit
maydonda turibdi. O’tkazgich kuchi chiziqlariga perpendikulyar ravishda 10
sm siljiganda bajarilgan ishni toping.
877.
877 rimk
/ Induksiyasi 0,2 T bo’lgan magnit maydonda induksiya
chiziqlariga perpendikulyar ravishda 10 Mm/s
2
tezlik bilan harakatlanayotgan
protonga qanday kuch ta’sir qilishini toping.
879. Induksiyasi 0,01 T bolgan magnit maydonda proton 10 sm radiusli
aylana chizdi. Protonning tezligini toping.
880. Induksiyasi B = 10 mT bo'lgan bir jinsli magnit maydonga induksiya
chiziqlariga perpendikulyar ravishda elektron W
k
= 30 keV kinetik eneigiya bilan
uchib kiradi. Maydonda elektronning harakat trayektoriyasining egrilik radiusi
qanday?
882. Elektron induksiyasi B=4 mT bo’lgan bir jinsli magnit maydonda
harakatlanmoqda. Elektronning aylanish davri T ni toping.
Elektromagnit induksiyasi. Induksiya EYK. Okzinduksiya. Induktivlik.
Tokning magnit maydoni energiyasi
888. 124- rasmda elektromagnit induksiyaning turli hollari keltirilgan. Har
bir hol uchun masalani ta’riflang va uni yeching.
889. Agar ABCD ramkani (125- rasm): a) tokli OO' qo‘zg‘almas
o’tkazgichga nisbatan rasmda ko'rsatilgandek aylantirsak; b) AB tomoni atrofida
aylantirsak; d) BC tomoni atrofida aylantirsak; e) vertikal yo’nalishda ilgarilanma
harakatlantirsak; 0 gorizontal yo‘nalishda ilgarilanma harakat- lantirsak, ramkada
induksion tok hosil bo’ladimi?
890. Birjinsli magnit maydonda turgan sim halqa: a) ilgarilanma
harakatlantirib ko’chirilsa; b) halqa tekisligiga perpendikulyar bo‘lib, markazi
orqali o‘tuvchi o’q atrofida aylantirilsa; d) halqa tekisligida yotuvchi o‘q atrofida
aylantirlsa, unda induksion tok paydo bo’ladimi?
891. Uchta bir xil to‘g'ri magnit vertikal holatda bir xil balandlikdan
tushmoqda. Birinchi magnit erkin tushmoqda, ikkinchisi tushish vaqtida ochjq
solenoid ichidan o‘tmoqda, uchinchisi esa berk solenoid ichidan o’tmoqda.
Magnitlarning tushish vaqtini taqqoslang. Javoblarni Lens qoidasi va energiyaning
saqlanish qonuni asosida asoslab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |