A N N O T A S I YA
Mazkur bitiruv malakaviy ish “Imo ishora va mimikalarni idrok etishning milliy xususiyatlari” deb nomlangan bo‘lib, u 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida Imo ishora va mimikalarni idrok etishning milliy xususiyatlari olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda joriy etish bo‘yicha bitiruv malakaviy ishning paragraflari mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan tarzda xulosalar umumlashtirilgan. Mazkur masalalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yutuqlarni ommalashtirishga doir aniq takliflar berilgan. Imo ishora va mimikalarni ochib berilgan, masalaning dolzarbligini yoritilgan, maqsad va vazifalari bayon etilgan, amaliy ahamiyati keltirilgan.
Mazkur ishning birinchi bobida Psixologiyada imo-ishora va mimikalarning o‘rni ilmiy xususiyati yoritib berilgan.
Uning ikkinchi bobida esa mazkur ko‘rsatgichlar bo‘yicha taʼlim muassassining imo, ishora va mimikalarning alohida o‘rni va ahamiyati keltirilgan
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida taʼlim muassasasida Mavzu bo‘yicha sotsiologik so‘rov:Yuz ifodalari va imo-ishoralarni tushunish,ularning milliy xususiyatini ifodalash ishning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan tarzda umumlashtirilgan.
Mazkur masala bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yutuqlarni ommalashtirishga doir aniq takliflar berilgan.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda mavjud fond materiallari adabiyetlar normativ xukukiy xujjatlar ilmiy va ommaviy adabiyetlardan internet saydlaridan foydalanilgan.
M U N D A R I J A
Bitituv malaka ish boblari va paragraflari
|
Beti
|
Kirish ...............................................................................................................
|
5
|
1-bob. Imo ishora va mimikalarni idrok etishning milliy xususiyatlari.
|
7
|
Imo ishora va mimikalarning o‘rni hamda xususiyati.
|
8
|
Imo-ishora hamda mimikalarning idrok etishning xususiyatlari
|
11
|
2-bob Imo, ishora va mimikalarning alohida o‘rni va ahamiyati
|
15
|
2.1. Imo-ishora va mimikaning belgilarining va uning funksiyalari
|
18
|
2.2. Imo-ishoralarni tushunish va ularning milliy xususiyatini ifodalash
|
19
|
Xulosa va takliflar .....................................................................................
|
21
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ..........................................................
|
24
|
Ilovalar ..........................................................................................................
|
25
|
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Yoshlarmizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak Intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol toptirish, baxtli bo‘lish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi jarayonlari milliy g‘oya va maʼnaviy yangilanish o‘ynalishida ham jamiyat va davlatimiz rivojining yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham yoshlar uchun qator imkoniyatlar, imtiyozlar eshigi ochib berildi.Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarda mustaqil faoliyat, yangi davrga mos keladigan ijtimoiy-maʼnaviy xislatlarni, xususan, globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etadigan milliy o‘zlikni anglashning nazariy-metodologik va amaliy asosini tashkil qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, deb taʼkidlagan edi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish; yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish; iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish; yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish; yuksak maʼnaviyatli avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularni tarbiyalash masalasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi yurtimizda o‘rnak olsa arzigulik tajriba to‘planishiga imkon berdi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, isteʼdodli yoshlarni izlash va ularni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlarning isteʼdod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi ayniqsa, ahamiyatga molikdir. Taʼkidlash joizki, taʼlim, fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik sohalaridagi isteʼdodli va iqtidorli yoshlarni rahbatlantirib borish, ularning turli sog‘lom tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bu tashkilotning mazkur yo‘nalishdagi dolzarb vazifalaridan biri qilib belgilangan.
Yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi, maʼnaviy va ruhiy barkamollik kabi fazilatlari va ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga salmoqli taʼsir ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |