O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
“Himoyaga ruxsat etaman”
Markaz direktori v.v.b.
_____________A.Jabbarov
25-iyul 2020-yil
Tarix
Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo’nalishi nomi)
Kalonov Husniddin
(tinglovchining F.I.Sh.)
“Maktabda tarix darslarini o’tilishida xaritadan foydalanish:yutuq va muammolar” mavzusidagi
MALAKA ISHI
Annotatsiya
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining tarix darslarida oladigan tarixiy bilimlarini shakllantirish jarayoni o’zaro bog’langan bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, hozirgi kunda tarix darslari jarayonida o’quvchilarning tarixiy bilimlarini shakllantirishda, ularda tarix faniga bo’lgan qiziqishni orttirishda bunday tarkibiy qismlardan foydalanish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Shu bois bugungi zamonaviy tarix fani o’qituvchisi bu jarayonlarni bevosita o’zlashtirib olishi zarur. Bitiruv malakaviy ishimizning bajarilishida maktabda tarix darslarini o’tilishida xaritadan foydalanishni o’quvchilarni bilimlarni shakllantirishda kerakli omil ekanligigga to’xtalib o’tamiz.
Dars – o’quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo’lib, unda o’qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o’quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo’yicha shug’ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o’quv dasturiga oz’i belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma – xil metodlardan foydalanadi.
Dars – o ’quv ishining asosiy tashkiliy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo’shimcha mashg’ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
Shunda qo’shimcha mashg’ulotlardan biri xaritalar bilan ishlashdir.Unda o’quvchi o’tilayotgan dars mavzusi bo’yicha to’laqonli tasavvurga ega bo’la oladi.Bundan tashqari xaritalardan foydalanish o’quvchining siyosiy bilim darajasini ham oshiradi. Quyida darslarda xaritalardan foydalanishning yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz.
MUNDARIJA
I. Kirish…………………………………………………………………….……... 5
II. Asosiy qism…………………………………………………………………..... 6
1.1. Xarita va kartografiya tarixi……..…………………………………………6
1.2. Tarix fanini o’qitishda yangi zamonaviy usullardan foydalanish……………………………………………………………………… 14
1.3. Tarix darslarini o’qitishda xaritadan foydalanishning yutuq va kamchiliklari…………………………………………………………………… 25
III. Mustaqil ta’lim…………………………………………………………..…. 30
IV. Xulosa va tavsiyalar………………….………………………………….…. 32
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………..…………. 34
VI. Ilovalar……………………………………………………………….……... 36
VII. Besh yillik istiqbolli reja…………………………………………….….… 38
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Xalq ta’limi tizmini tubdan isloh qilish,jamiyatda o’qituvchi nufuzini oshirish yo’lida juda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda . O’qituvchiga faqat ta’lim sifatini oshirish vazifasi belgilanib berilmoqda xolos. Biz ushbu berilgan imkoniyatlardan to’liq foydalangan holda o’z ustimizda tinimsiz ish olib borib,o’quvchilarni fanlarda DTS belgilab qo’yilan normalarni bajarishga qolaversa maktabda olgan bilimlari bilan oliy ta’lim muassasalariga kirishiga erishmog’imiz lozim.
Tarix fanini o’qitishda juda ko’plab qo’shimcha manbalardan foydalaniladi. Jumladan xarita ham shular sirasiga kiradi. Xarita-tarix fanining ajralmas bo’lagidir. Chunki u dunyo davlatlarini tarixini va bugunini ko’rsatib beruvchi oynadir.
Bugungi kunda tarix darslarii o’qitishda xaritalardan foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Shuning uchun dars qismiga albatta xaritadan foydalanishni kiritish zarur. Chunki nazariy bilimlar bilan o’quvchi o’tilgan voqea yoki davlatni ko’z oldiga keltira olmaydi,xarita esa o’quvchini ushbu mavzuga bo’lgan qiziqishini oshirib beradi. Ushbu bitiruv malaka ishi aynan darslarda xaritalarardan foydalanish nechog’lik muhim ekanini ko’rsatib beradi.
Bitiruv malaka ishining maqsadi: Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi darslarda xaritalardan foydalanishdan avval xarita nima ekanligi,uning tarixi va foydalanishni o’quvchilarga yetkazish. Bundan tashqari xaritalardan foydalanishning yutuq va kamchiliklarini ochib berish va tahlil qilish..
Bitiruv malaka ishining vazifasi: Ushbu bitiruv malaka ishini yoritib berish jarayonida o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Xarita va uning turlari.
Darslarda yangi texnologiyalardan foydalanish
Xaritadalardan foydalanishning yutuq va kamchiliklari to’g’risida
Yuqoridagi vazifalar asosida bitiruv malaka ishining mazmun va mohiyati aniq va to’laqonli tarzida tushuntirib, asoslab, yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |