II Asosiy qism
Xarita va kartografiya tarixi
Xarita yunoncha “chartes” so’zidan olingan bo’lib,varaq yoki xat yoziladigan papyrus degan ma’noni anglatadi. Xarita-yer yuzasining qog’ozga kichraytirib tushirilgan ko’rinishidir.Kartografiya-tabiat va jamiyatdagi voqea hodisalarning tarqalishini, ularning birgalikda o`zaro bog'liqligi (ularni vaqt o`tishi bilan o`zgarishini) kartografik tasvir-obrazli belgi modellar vositasi bilan svirlashni va tadqiqot qilishni o`rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan biri bo`lib, dastlabki bu fan to`g'risidagi ta`rifni (kartografiya terminisiz) er. avv. II asrda yashagan olim Klavdiy Ptolomey bergan.
Kartalar mazmuniga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1.Umumgeografik kartalar (gidrogeografiya, rel'f, sanoat, siyosiy-ma`muriy bo`linishlar)ni o`з ichiga oladi.
2.Maxsus kartalar-maxsus ma`lumotlar keltirilgan (masalan, iqtisodiy) kartalar.
Masshtabiga ko`ra kartalar uch guruhga bo`linadi:
1.Yirik masshtabdagi kartalar: 1: 200000 va undan yirik.
2.O`rta masshtabdagi kartalar: 1: 300000 dan 1: 1000000 gacha.
3.Kichik masshtabdagi kartalar: 1: 1000000 dan kichia.
Hozirgi zamon kartalaridagi elementlarga quyidagilar kiradi:
1.Gidrografiya: suv inshootlarini dengiz, daryo, ko`l, kanal, sun`iy suv omborlari, buloqlar, quduqlarni o`z ichiga oladi.
2.Aholi punktlari shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq aholi punktlari kiradi.
3.Aloqa yo`llari: temir yo`llar, yo`llar, suv yo`li (dengiz va daryo), aviatsiyalar.
4.Sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy madaniy ob`ektlar, sanoat korxonalari, foydali qazilmalar, aerodromlar, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy, tarixiy ob`ektlar kiradi.
5.Rel'f: past tekisliklar.
6.Siyosiy-ma`muriy chegaralar: davlat chegaralari va ma`muriy birliklarning chegaralari beriladi.
Tarixiy geografiya-ilmiy fan bo`lib, u asosan tarixiy xaritalar va atlaslarni, ularninг metodikasini tuzish bilan shug'ullanadi. Kartografiya metodning tarix fanidan keng qo`llanishi tarixiy kartalarning keng qo`llanishiga, tarixiy geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo`llanmalar yaratilishiga olib keladi. Tarixiy xaritalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni xarakterlovchi jarayonlar, shuningdek, goegrafik oqibatlar ko`rsatib o`tiladi. Umumiy tarixiy xaritalar bu jarayonlarni yanada to`liqroq ko`rsatishga, ochib berishga harakat qiladi. Tarixiy xaritalarning turli xillari bo`ladi: tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiyetnografik, arxeologik, milliy-ozodlik harakati bo`yicha xaritalar, dehqonlarqo`zg'oloni, inqilobiy harakatlari, harbiy-tarixiy, madaniyat tarixi bo`yicha va boshqa xaritalar kiradi. O`quv tarixiy xaritalar o`rta va oliy maktablarda o`qilayotgan tarixiy davrlarga mos bo`ladi. Tarixiy geografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geografiyaga bog'liq bo`lib kelgan. 1579 yili Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy xaritadan iborat qo`shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo`shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta xaritadan iborat bo`lgan antik davrning geografik atlasini tuzilishiga olib keldi.
XVII asrning ikkinchi yarmida frantsuz geograflari Sanson va Dyuval' atlaslarida ham tarixga oid xaritalar bo`limi bor edi. XVIII asr oxirida frantsuz kartografi J. B. Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy xaritalar bosilib chiqdi. Orteliydan tortib to XIX asr oxiriga qadar tuzilgan xaritalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, jang joylari, geografik sayohatlar marshrutlari, tarixiy voqea-hodisalar joylari aks ettirilgandi. Shuningdek, Orteliy va Dyuval' tomonidan tuzilgan xaritalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlanadi. Masalan, avliy pavelning sayohati, Ibrohim payg'ambarning sayohati, Troyalik Эneyning suzish marshruti, Odisey yurgan yo`llar tasvirlangan. Keyinroq xaritalarda tarixiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar ham qayd qilina boshlangan.
Tarixiy xaritalar tuzishda tarixiy davrlar ko`pincha chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aksettirilmagan. Bir xil tarixiy xaritalarda tarix ataylab buzib ko`rsatilgan. Masalan, 1910 va 1936-38 yillarda Germaniyada chiqarilgan Putsger atlaslarida, Germaniyada avvalo
Buyuk davlatchiliк shovinizmi va keyinroq fashistcha g'oyalar rivojlanishi bilan xaritalarda Germaniya chegarasi sun`iй ravishda sharqqa surilib boradi. XX asrning ilmiy-tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo`nalish xosdir. Birinchi yo`nalishga yuksak darajada detallashtirilgan xaritalarni kiritish mumkin. Bularda aholini ma`muriy, ba`zi holda cherkov tomonidan bo`linishgacha bo`lgan aniq dalillar aks ettiriladi. Bunday xaritalar turiga 1895 yilda chop etilgan avtraliyalik Rixterning atlasi, golland A. A. Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan atlasi kiradi. Ikkinchi tur xaritalariga detallashtirilishi unchalик yuqori bo`lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixi ko`rsatkichlari ham aks ettirilgan xaritalar kiradi. Bunday xaritalar sirasiga 1926 yil chop etilgan nemis Aubinning atlasi, Pollin rahbarligidagi 1932 yilda chop etilgan AqSh o`quv xarakteridagi atlasi (AqSh ning tarixiy-geografik atlasi). 1958-1962 yillari Myunxenda chop etilgan o`quv xarakteridagi "Katta tarix atlasi" chop etildi.
Tarixiy kartografiyaning rivojlanishining birinchi bosqichi, Rossiya imperiyasida, XVIII asrning birinchi yarmiga to`g'rikeladi. Birinchi "Rossiya imperiyasining tarixiy xaritasi" 1793 yil chop etiladi.
Harbiy tarixiy xarakterdagi xaritalar ko`pchilikni tashkil qiladi. Bular 1779 yilda chop qilingan "rus-turk va rus shved urushlari davridagi qal`alar joylashuvi hamda jang joylari" atlasi, Pyotr I ning fors yurishi kabilardir. XIX asr oxiri va XX asr boshida Rossiya imperiyasida chiqarilgan tarixiy xaritalar asosan o`quv va harbiy xaritalar edi. "Tarix, xronologiya, geografiya atlasi" Karamzin va Axmatov tarixlari asosida tuziladi, bundan tashqari 1845 yilda N. I. Povlovning "Rossiyaning tarixiy atlasi", E. E. Zamislovskiyning 1865, 1887 yillardagi atlasi, A. Il'inning 1812-15 yillardagi urushni tasvirlagan atlasi, rus-turk, rus-yapon urushlariga bag'ishlangan atlaslar tuziladi.
1923-25 yillarda V. K. Yatsunskiy tomonidan tarixiy iqtisodiy mazmundagi 1918-19 yillarga bag'ishlangan "Rus tarix atlasi" bosilib chiqadi. Bu atlasning xaritalari bo`limlarga bo`lingan: feodalizmgacha bo`lgan Rus, rus feodalizmi davri, sado kapitalizmi davri, iglab chiqarish kapitalizmi davri, ishlab chiqarish kapitalizmi davri kabi Pokrovskiyning nazariyasiga asoslanadi. Tarixiy xaritalar 1937 yilda tashkil etilgan jahonning "Katta Sovet Atlasi" ga kiritildi. Urushdan keyingi davrda Geodeziya va Kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan sitemali tarzda, o`rta va oliy maktablar uchun qadimgi dunyo, o`rta asrlar va yangi tarix bo`yicha tarixiy xaritalar chiqarib turildi.
Shu bilan birga yangi tarixiy-iqtisodiy xaritalar tuzildi. Masalan, "Rossiyaning XVII asr oxiridagi iqtisodiy xaritasi", "1861-1900 yillarda Rossiya imperiyasida kapitalizmning rivojlanishi", "XX asr boshida Evropa Rossiyasining ishlab chiqarish munosabatlari va er egaligi".
Yirik kartografik nashrlar orasida 1946 yilda chop etilgan, L. G. Beskrovno`yning "Pruss harbiy tarixi sxemasi xaritalari atlasi" alohida ajralib turadi. Urushlarni borish usulini tasvirlab beruvchi harbiy-iqtisodiy xaritalar 1958 yilda tuzilgan. Dengiz atlasiga kiritilgan. Bundan tashqari anchagina tarixiy geografik atlaslar chiqarilgan. Urushdan so`ng chiqqan "SSSR tarixidan hikoyalar", "Jahon tarixi", "Ulug' Vatan urushi tarixi", "Ikkinchi jahon urushi", "Katta Sovet Эntsiklopediyasi", "Sovet Tarix Эntstklopediyasi" va turli xil oliy va o`rta maktab darsliklari va qo`llanmalarining har biriga tarixiy xaritalar to`plashi ilova qilingan.
Tarixiy kortografiya rivojlanishida 1958 yil Pol'shada bosilib chiqqan Plots vosvodaligi tarixiga oid Atlasni alohida o`rni bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini, ishlab chiqarиш munosabatlarini, iqtisodiy o`sishlar ko`rsatkichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy geografiya rivojlanishining muhim elementi-bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlarni to`la aks ettirish tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir.
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, sovet davrida O`rta Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy xaritalar tuzilgan bo`lsa ham, ammo ularning ichida O`rta Osiyoni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir xaritalar yo`q edi. Xuddi shuningdek xaritalar nashr qilinishida evropatsentrik nuqtai nazaridan qaralgandi. Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixiga oid xaritalar yo`q. Bu davrda asosan qadimgi va o`rta asrlardagi Rus haqidagi tarixiy xaritalar ko`p sonni tashkil qilsa. O`rta Osiyo xalqlari tarixiga oid xaritalar juda oz edi.
Umuman olganda, O`rta Osiyo hududlari bo`yicha tarixiy voqealar bilan bog'liq bo`lgandagina tasvirlangan. Masalan, mo`g'ullarning O`rta Osiyoni bosib olishi kabi tarixiy hodisalar yaratilganligi bilan, ammo Amir Temur davlati haqida umuman tarixiy xaritalar yaratilmagan. XV-XVIII asrdagi O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan tarixiy jarayonlarning faqat rossiya tarixiga aloqador bo`lgan qismlarigina aks ettirilgan. Lekin bu xaritalar ham aniq detallashtirilmagan, ba`zi xaritalarda Shayboniylar va Xiva xonligi chegaralari chalkashtirib yuborilgan.
O`rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma`muriy tarixiy xaritalar yaratilgan bo`lsa, demografik xaritalar juda ko`p, hududlarning iqtisodiy tarixiga oid xaritalar umuman bo`lmagan.
Faqatgina XIX asrdan boshlab O`rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so`ng, Turkiston general-gubernatorligi va Chor Rossiyasi vassallari bo`lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligning o`sha davrga oid ba`zi xaritalari mavjud. Bu xaritalarning kamchilik tomonlari ko`p bo`lgan. Бундай kamchiliklar O`rta osiyo, umuman O`zbekiston xalqlari tarixiga oid kartografik kamchiliklar, ya`nи xaritalarning etishmasligi O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng tuzila boshlandi. Tarixiy xaritalar ko`paydi., ya`ni O`rta Osiyoning eng rivojlangan davri bo`lgan temuriylar davriga bag'ishlangan xaritalar to`plami chop etildi. Lekin O`zbekiston tarixiy kartografiyasi oldida ko`p muammolar turibdi: Birinchi o`rinda zamon talabiga mos bo`lgan o`zbekiston xalqlari tarixining butun davrlarini qoplab olgan tarixiy xaritalar atlasini yaratish zarur. Agar hozir O`zbekiston xalqlari tarixiga oid tarixiy-siyosiy xaritalar oz bo`lsa ham bor bo`lsada, tarixiy-geografik, tarixiy-iqtisodiy, tarixiyqlegografik xaritalar yo`q hisobida va ularni yaratish O`zbekistonldik olimlarning birinchi shaldagi vazifalaridir. Bunday ishlar boshlandi, lekin hali oldinda og'ir ishlar bor va olimlarimizning vazifasi O`rta Osiyo, O`zbekiston xalqlari tarixining barcha davrlari bo`yicha to`liq va keng qamrovli xaritalar tuzish hamda tarixiy kartografiyani rivojlantirishdir.
. Tarix fanini o’qitishda yangi zamonaviy usullardan foydalanish.
. Yangi o’quv materialini o’rgatishning zamonaviy usullari.
Darsdagi o’quv jarayonining asosiy elementi yangi materialni o’rgatishdir. Yangi materialni o’rgatish uchun VI – VII sinflarda o’qituvchining shu materialni og’zaki bayon qilishidan, uning o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishidan, turli xil ko’rsatmali qo’llanmalar, hujjatlar va darslik matni ustida olib boriladigan ishlardan keng ko’lamda foydalaniladi.
Tarix o’qitishda, xususan VI – VII sinflardagi tarix darslarida materialni og’zaki bayon qilish yetakchi o’rin tutadi. Og’zaki bayon o’quvchilarni tarixiy material bilan mavzu jihatdan yaxlit bir holda, xronoligik izchillikda va emotsional formada tanishtirish imkoniyatini beradi. O’qituvchining ishonarli qilib gapirishi o’quvchilarning ongi va his – tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi, ularni mantiqiy fikr yuritishga, o’quv materialini dalil – isbotlar bilan asoslab so’zlab berishga o’rgatadi.
Yangi materialni bayon qilish muammosiz yoki muammoli bo’lishi mumkin. Muammoli bayon vaqtida o’qituvchi tegishli xulosalarni o’quvchilarga aytib bermay, xulosalar chiqarishni ularning o’zlaridan talab etadi, lekin bu paytda odatda dalillarni o’quvchilar oldiga qo’yilgan muammoga va o’quv – bilish vazifalariga muvofiq zarur xulosalarni o’zlari mustaqil ravishda chiqara oladigan qilib tanlashi, guruhlarga ajratishi va bayon qilishi kerak.
Respublikamizdagi ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalari shuni ko’rsatadiki, yangi materialni muammoli bayon qilish usulini VI – VII sinf “Jahon tarixi” darslarida, cheklangan darajada bo’lsa ham qo’llash mumkin.
Tarixiy materialni muammoli va muammosiz bayon qilish jarayonida o’qituvchi og’zaki nutqning: syujetli hikoya, tasviriy bayon, tarixiy hodisa va tarixiy shaxslarga tavsif berish, qisqacha bayon, tushuntirish kabi har xil turlaridan foydalanadi.
Syujetli hikoya – ko’pincha dramatizm xususiyati bilan ajralib turgan, muayyan tarixiy syujetga ega bo’lgan, his – tuyg’ularga ta’sir ko’rsatadigan, batafsil bayon qilinadigan hikoyadir. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixidagi eng katta va dramatik voqealar, masalan, Salamin jangi, Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni, Uot Tayler boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni, Yan Gus,
Janna d’ Arkning chiqishlari va fojiali halokati, Konstantinopolning olinishi hikoya tarzida bayon qilinadi1.
Syujetli hikoyada tarixiy voqealarning yorqin epizodlari, tafsilotlari bayon qilinadi, shuningdek, bu voqealarning ishtirokchilari bo’lgan tarixiy shaxslarning tavsifi beriladi.
Dramalashtirish usuli, voqeada ishtirok etgan shxslarning dialog va monologlarini kiritish syujetli hikoyada keng qo’llaniladi. Shu maqsadda tarixiy arboblarning tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlardan keng qo’llaniladi.
Tasviriy bayon – o’qituvchining tarixiy hodisalarni muhim xususiyatlari va detallari bilan birga yaxlit, bir butun manzara ko’rinishida obrazli qilib gavdalantirishidir. Tasviriy bayon syujetli hikoyaga o’xshaydi, lekin aniq – tarixiy syujetga ega emasligi bilan undan farq qiladi. Tasviriy bayon kishilik jamiyatining xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ko’p marta takrorlanadigan tipik hodisalarni ko’z oldiga keltirish, shuningdek, ayrim mamlakatlarning tabiati va ulardagi xalqlarning ijtimoiy hayoti manzaralarini gavdalantirib berish uchun qo’llaniladi.
Tasviriy bayon vaqtida madaniyat yodgorliklarining rasmlari texnik vositalar yordamida slaydlar ko’rinishida yoki oddiy surat ko’rinishida ko’rsatilsa, o’quvchilar quldorlar va oddiy kishilarning qanday sharoitda yashaganliklarini ravshan tushunib oladilar, qadimgi dunyoning g’oyat ulug’ madaniy merosi bilan tanishadilar.
O’qituvchi o’z hikoyasida tarixiy hujjatlar va badiiy asarlar matnidan parchalar o’qib bersa yoki ularni darslik matni bilan birga qo’shib gapirib bersa, uning hikoyasi obrazli, aniq va emotsional bo’ladi. Materialning yorqin bayon etilishi o’quvchilarning materialga diqqat – e’tiborini va qiziqishini oshirsa – da va ularning ijodiy tasavvurini o’stirsa – da, lekin bu hali bilmlarning yaxshi o’zlashtirilishini hamma vaqt ham ta’minlay olavermaydi. Shuning uchun o’qituvchi materialni bayon qilayotganda o’quvchilarning bilim olish faolligini kuchaytiradigan, yuqorida qisman aytib o’tilgan maxsus usullarni qo’llashi zarur bo’ladi.
Analitik bayon – o’rganiladigan hodisalarning asosiy elementlarini ularning muhim belgilarini ajratib ko’rsatgan holda bayon qilishdir. Analitik bayon o’tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxlit manzaralarini yaratmaydi va shu jihati bilan tasviriy bayondan farq qiladi. Analitik bayon VI – VII sinflardagi tarix darslarida biror mamlakatning geografik muhiti, ijtimoiy munosabatlari, davlat tuzilishi ta’riflab berilayotganda, turli davrlar va xalqlarning moddiy madaniyat yodgorliklari (ko’pincha – bir – biriga taqqoslab) o’rganilayotganda qo’llaniladi.
Ko’p hollarda, masalan, Misr piramidalariga, gotik soborga xarakteristika berishda tasviriy bayon bilan analitik bayonni bir – biridan ajratish qiyin bo’ladi.
O’quvchilarning ishini faollashtirish uchun analitik bayondan oldin o’quvchilarga mamlakat siyosiy tuzumining sxemasini yoki urushning borishi sxemasini chizish, o’rganiladigan hodisaning asosiy belgilarini ko’rsatish va shu hodisaga baho berish to’g’risida vazifa topshirish ma’quldir.
Tarixiy voqea yoki hodisaga ta’rif berganda shu voqea va hodisaning eng muhim xususiyatlari ochib beriladi. Bu ta’rif, ko’pincha mavzuning bir yoki bir necha darsda o’tilgan qismi yuzasidan chiqarilgan asosiy xulosalardan iborat bo’ladi. Bunday ta’rif analitik bayonga o’xshasa ham lekin hodisaning asosiy belgilarini ancha aniq ko’rsatib berishi va ko’proq darajada umumlashtirishi bilan undan farq qiladi. O’qituvchi uzoq vaqt mobaynida davom etadigan jarayonlarni, masalan, hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi va shaharlarning paydo bo’lishi jarayonini, feodalizmning tushkunlikka tushishi va yemirila borishi jarayonini, odatda butun mavzuga doir kirish darslari va yakunlovchi darslarda umumlashtirgan holda, qisqacha ta’riflab o’tadi.2
Tarixiy arboblarga ta’rif berish – shu arboblar faoliyatining sinfiy xarakterini hamda ularning shaxsiy xususiyatlarini ochib berishda qo’llaniladigan o’qituvchi og’zaki bayonining alohida bir turidir. Tarixiy arboblarga beriladigan ta’rif qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini A.I.Strajev quyidagicha ifodalagan:
“1. Tarixiy arbob o’zi yashagan davr muhitida, shu shaxs o’z faoliyati va maslak – qarashlari bilan o’zini namoyon qilgan tarixiy sharoit bilan chambarchas bog’langan holda ko’rsatilishi kerak…
Tarixiy arbob qaysi sinf yoki sinfiy guruhning manfaatlarini ifodalasa, o’sha sinf yoki sinfiy guruh bilan yaqindan bog’langan holda ko’rsatilishi kerak; bu ishni tarixiy shaxsning o’z faoliyati, fikr – mulohazalari bilan bog’lash lozim…
Tarixiy arbob “jonli shaxs” qilib ko’rsatilishi, uning individual xususiyatlari, o’ziga xos ma’naviy va jismoniy qiyofasi ta’riflab berilishi kerak…”3.
Qisqacha bayon – bir qancha dalillarni batafsil tahlil qilmay tushuntirishdan iborat bo’lib, u o’quvchilarga tarix kursidagi asosiy dalillarning o’zaro bog’langanligini anglatish, ularda tarixiy jarayonning borishi haqida yaxlit, bir butun tasavvur hosil qilish uchun zarurdir. O’qituvchining materialni qisqacha bayon qilishi o’quvchilarni, ayniqsa VI – VII sinf o’quvchilarini odatda uncha qiziqtirmaydi, bunda ular materialni bo’sh o’zlashtiradilar. Binobarin, o’quvchilarning bilish faoliaytini faollashtirishning maxsus usullarini qo’llash, ya’ni ularga xronoligik jadval tuzishni, o’qituvchi hikoya qilib bergan narsaning rejasini tuzishni vazifa qilib topshirish lozim bo’ladi.
Tarix darslari jarayonida o’quvchilarning xotirasini mustahkamlash va o’quvchiga yondashish bo’yicha texnologiyalar.
Darsda yangi o’quv materialini chuqurroq o’zlashtishning muhim sharti va vositasi – o’rganiladigan faktlar va umumiy xulosalarni muntazam ravishda xotirada mustahkamlasb borishdir. O’quvchilarning har qaysi darsda o’rganiladigan materialni o’sha darsning o’zida ikkinchi marta idrok qilib va tushunib olishlari materialni xotirada mustahkamlash deb ataladi. Tarix darslarida yangi materialni xotirada mustahkamlashning asosiy maqsadi – o’rganiladigan dalillarni, sanalarni, tarixiy arboblarning ismini, geografik nomlarni, tarixiy tushunchalarni o’quvchilarning puxta va ongli ravishda bilib olishlariga yordam berish, shularni o’zlashtirishda kamchiliklar bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’zlashtirilgan material bilan yaxshiroq bog’lash, darsda o’rganiladigan materialni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirayotganini tekshirish va shu bilan ularning darsda diqqat – e’tiborlarini kuchaytirishga yordam berishdir.
Psixologiya fanida ta’kidlanishicha, o’rganiladigan dalil va hodisalar shu darsning o’zida o’quvchilarga yana bir marta eslatilmasa, ayniqsa tez unutiladi.
Binobarin, yangi materialni o’rganish jarayonidayoq bilimlarning o’quvchi xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradigan sharoitlar yaratish, yangi bilimlarni eski bilimlar bilan, ma’lum bo’lmagan narsalarni ma’lum bo’lgan narsalar bilan bir – biriga bog’lab, o’quvchilar xotirasida endigina paydo bo’layotgan va hozircha hali zaif holda bo’lgan bu bog’lanishlarni mustahkamlash, keyin esa qo’shimcha usullar yordamida ularni o’quvchilarning yanada chuqurroq esda olib qolishlarini ta’minlash uchun o’quvchilardagi mavjud bilimlarni ishga solish zarur.
Xotirada mustahkamlash ishga yangi materialni o’rganish bilan chambarchas bog’langan bo’lib, yangi materialni o’rganish jarayonida, shuningdek, dars oxirida tashkiliy suratda o’tkaziladi. VI – VII sinflarda esa bu ishni, odatda, dars davomida ham, dars oxirida ham olib borish kerak.
Tarixiy materialni xotirada mustahkamlash usullari quyidagicha:
Masalan, VI – VII sinflarda hozirgina o’rganilgan materialning mazmuni yuzasidan dars oxirida suhbat olib borish usuli keng tarqalgan. Lekin bu suhbatda mazkur yangi materialning hammasini gapirib o’tish noto’g’ri bo’ladi.
Eng murakkab va muhim masalalarni tanlab olib, o’shalar haqida so’z yuritish zarur.
Xotirada mustahkamlanadigan masalalar, avvalo, o’rganilayotgan materialning mazmuniga qarab tanlanadi.
Agar o’qituvchi bayon qilgan material siyosiy tarixga doir voqealarning tasviriy hikoyasi xarakterida bo’lsa, uni xotirada mustahkamlash vaqtida, ba’zan hikoya mazmunining eng muhim qismi rejasini tuzish, ba’zan esa voqealarning
(masalan, qo’zg’olonlar va urushlarning) sabalari, o’qibatlari va ahamiyatini faqat tahlil qilib chiqish kifoya qiladi.
Agar yangi materialda jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotidagi murakkab jaaryonlar bayon etilgan bo’lsa, uni xotirada mustahkamlash vaqtida tarixiy jarayonning hamma asosiy tarkibiy qismlarini va ular o’rtasidagi sabab – natijali bog’lanishlarni o’quvchilarga birma – bir eslatish kerak.
VII sinfda “G’arbiy Yevropada shaharlarning vujudga kelishi” mavzusi o’tilayotgan darsda xotirada mustahkamlanadigan material bilan yangi o’rganiladigan material o’rtasidagi ana shunday nisbatga doir bir misolni sxema tarzida ko’rib chiqamiz.
O’rganish rejasi
|
Yangi materialni (dars oxirida)xotirada mustahkamlash uchun beriladigan savollar
|
Qishloq xo’jaligi bilan qishloq hunarmanchiligida erishilagan yutuqlar, qishloq xo’jaligi hunarmandchiligi mahsulotlarining o’sishi.
Hunarmandchilik qishloq xo’jaligidan ajrala boshladi.
|
Xo’jalikda yuz bergan asosiy o’zgarishlar nimalardan iborat?
1).Darslikdagi:“Hunarmandchilik asta – sekin qishloq xo’jaligidan
|
III. G’arbiy Yevropada shaharlar vujudga kela boshladi.
|
ajrala bordi”, - degan xulosani qanday tushunasiz? 2). Nima uchun hunarmanchilik qishloq xo’jaligidan ajrala boshladi? 3). Bu hodisa qachon bo’ldi?
III. 1). O’rta asrlardagi shaharlarning qishloqdan asosiy farqi nimada edi? 2). Nima uchun X – XI asrda G’arbiy Yevropada yangi shaharlar vujudga kela boshladi?
|
Xo’jalik taraqqiyotining yangi xususiyatlarini va shaharning qishloqdan farqini aytib berishni talab etuvchi savollar o’rganilgan materialni xotirada mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, ilgari o’zlashtirilgan bilimlar bilan yangi bilimlarni bir – biriga bog’lovchi halqa bo’lib xizmat qiladi, shuningdek, ular
o’quvchilarning tafakkurini o’stirish vositasi hamdir.
Bir qancha hollarda, materialni xotirada mustahkamlash uchun beriladigan topshiriqlarga hujjatdan olingan kichikroq parchani tahlil qilishni yoki o’rganilgan materialdagi muhim masalalar yuzasidan bilishga undaydigan mashq bajarishni kiritish ma’quldir. Masalan, yuqorida tahlil qulib ko’rib chiqilgan darsda, orta asr shaharlarining dastlabki o’sishiga yordam bergan sharoitlarni o’quvchilarning yodida yaxshi qoldirish uchun ularga quyidagi mashqni berish mumkin.
“Hujjatlarda aytilishicha, bir qancha yangi shaharlarning dastlabki senyorlari (shahar bino qilingan yerlarning egalari) shu shaharlarga ko’chib kelgan odamlarni... ular orasida qishloqlardan – o’z feodallaridan qochib kelgan krepostnoylar bo’lishiga qaramay. Shahar yer soliqlarini to’lashdan ozod qilardilar. Bu dalillarning sababini aytib bering”.
Agar o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishlarini yetarli diqqat – e’tibor bilan tinglashga hali odatlanmagan bo’lsalar va darsning asosiy mazmunini gapirib berishga qiynalsalar, o’tilgan darsni xotirada mustahkamlash vaqtida ular oldiga o’qituvchi so’zlab bergan asosiy dalillarni takror aytib berishni talab etuvchi savollar qo’yish foydalidir. Bunda o’quvchilar dalillarni ularning o’zaro bog’lanishlari va munosabatlari bilan ko’rsatib, ular haqida zarur xulosalar chiqarishlari lozim.
Shu bilan birga, o’quvchilarning o’z javoblarini hozirgina o’rganilgan materialni aynan so’zma – so’z takrorlashga aylantirib yubormasliklariga harakat qilish kerak. O’quvchining materialni bayon qilish yo’lini materialning dastlabki bayonidan burmuncha boshqacharoq yo’lga burib yuborish o’qituvchining mahoratiga bog’liqdir. Masalan, o’qituvchi xalifalik mamlakatlarida fan va san’atning rivojlanishi to’g’risidagi materialni xotirada mustahkamlash vaqtida VII sinf o’quvchilari oldiga uni oddiygina qayta gapirib berish o’rniga Markaziy Osiyo xalqlarning, shu bilan birga boshqa Sharq xalqlarining jahon madaniyatiga qo’shgan hissasini aytib berishni vazifa qilib qo’yishi mumkin.
Butun mavzuning materialini takrorlash va xotirada mustahkamlash vaqtida o’quvchilarga o’rganilgan hodisa qanday sodir bo’lganini va uning rivojlanishidagi ma’lum bosqichlarni esga olishni yoki bir turli dalillar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni ko’rsatib berishni, o’rganilayotgan voqealarning boshqa mamlakatlar va xalqlar tarixidan ma’lum bo’lgan voqealar bilan sinxronligini aniqlashni taklif qilish mumkin. Lekin o’quvchilardan samarali fikrlashni talab etuvchi bunday savollarni o’rtaga qo’yish dalillarni takror aytib berishni talab etadigan savollar berishni mustasno qilmaydi, chunki bunday savollar o’sha dalillarni va ular o’rtasidagi muhim bog’lanish va munosabatlarni bolalarning esida yaxshi qoldirishga, ularning o’zlashtirishini tekshirib ko’rishga yordam beradi.
Shunday qilib, materialni xotirada mustahkamlash vaqtida oddiy takrorlash (reproduktiv) va samarali fikr yuritish (produktiv) xarakteridagi javoblar qaytarishni talab etadigan savollarni o’quvchilarga joyiga qarb aralash berib borish kerak.
O’quvchilarning o’qituvchi hikoyasi yuzasidan reja tuzishlari, sinf doskasida va o’z daftarlarida murakkab bo’lmagan xronologik va sinxronik jadvallar tuzishlari yangi materialni esda saqlab qolishlariga yordam beradi.
O’quvchilarning makon tasavvurlarini kengaytirish va mustahkamlash uchun darsda kontur xaritadan osonroq mashqlar o’tkazish foydalidir.
O’quv suratining mazmunini esda yaxshi qoldirishni ham, odatda, yangi materialni o’rganisgda beriladigan savollarni oddiygina takrorlashdan iborat qilib qo’yish yaramaydi. Bu paytdagi savollar o’rganiladigan hodisalar o’rtasidagi yangi bog’lanish va munosabatlarni o’quvchilarga ko’rsatib beradigan va ularning suratni mustaqil tahlil qilish uchun o’z bilimlarini tatbiq eta bilishlariga yordam baradigan savollar bo’lishi kerak.
Masalan, Germaniyada dehqonlar urushi o’tilayotgan darsda “Myunser Frankenxauen shahri yaqinida” nomli texnika vositasi o’rqali ko’rsatiladigan yoki devorga osib qo’yiladigan ko’rgazmaning mazmuni tahlil qilinadi. Bu surat mazmunini xotirada mustahkamlash vaqtida o’quvchilarga dehqonlarning yengilish sabablarini eslash va surat mazmuni asosida umumlashtirishni taklif qilish mumkin.
O’rganilgan yangi materialning xotirada mustahkamlashning samarali vositasi jadvallardan foydalanishdir. “Franklarda davlatning tashkil topishi” mavzusi o’tilayotgan darsda darslikdagi “VI asrda franklar davlati” jadvalini tahlil qilish yangi materialni xotirada mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qila oladi.4
Tajriba shuni ko’rdatdiki, mavzuni o’rganishga kirishilganda sinf o’quvchilariga: dars davomida yoki oxirida yozma topshiriq bajarishlari lozimligi aytilsa, ularning darsga diqqat – e’tibori, bilish faolligi va yangi materialni o’zlashtirishi oshadi.
O’quvchilar faqat dars vaqtida emas, balki uyga berilgan topshiriqni bajarish vaqtida ham o’tilgan materialni xotirada mustahkamlasalar va takrorlasalargina chuqur va puxta bilim olishlari mumkin.
Tarix darslarida o’quvchiga yondoshish bo’yicha texnologiyalar
Avtoritar texnologiyalar, bunda pedagog o’quv – tarbiyaviy jarayonning yakka sub’ekti hisoblanadi, o’quvchi esa faqatgina “ob’yekt”, biror – bir qismdek bo’ladi. Ular maktab hayotining qat’iy tashkil etilishi, o’quvchilarning tashabbusi va mustaqilligiga yo’l qo’ymaslik, talab va majburlash qo’llanilishi bilan ajralib turadi.
Didaktotsentrik texnologiyalar ham bola shaxsiga e’tiborsizlik yuqori darajasi bilan ajralib turadi, ularda ham o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida sub’yekt – ob’ektli munosabatlarlar hukm suradi, o’qitish ta’limdan ustun qo’yiladi va shaxsni shakllantirishning eng asosiy omillari didaktik vositalar hisoblanadi.
Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar butun maktab, o’rta maxsus ta’lim tizimi markaziga bola shaxsini, uning rivojlanishi uchun qulay, kelishmovchiliklarsiz va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, uning tabiiy imkoniyatlarini amalga oshirishni qo’yadi. Bu texnologiyada bola shaxsi faqatgina ob’yekt emas, balki muhim sub’yekt hamdir: u biror – bir noaniq maqsadga erishish vositasi emas, balki ta’lim tizimi maqsadi hisoblanadi (avtoritar va didaktotsentrik texnologiyalarida bo’lganidek). Bunday texnologiyalarni yana antrotsentrik deb ham ataydilar.
Shunday qilib, shaxsga – yo’naltirilgan texnologiyalar antrotsentrikligi, insonparvarligi va psixoterapevtik yo’nalganligi bilan ifodalanadi va bolaning har tomonlama, erkin va ijodiy rivojllanishini maqsad qilib oladi.
Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar doirasida insonparvarlik – shaxsiy texnologiyalar, hamkorlik texnologiyalari va erkin tarbiyalash texnologiyalari mustaqil yo’nalganligi bilan ajralib turadi.
4). Insonparvarlik – shaxsiy texnologiyalar birinchi navbatda o’zining insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo’llashga psixoterapevtik yo’nalganligi, unga yordam ko’rsatishi bilan ajralib turadi. Ular bolaga har tomonlama hurmat va muhabbatni, majburlashni rad etib uning ijodiy qudratiga ishonchni targ’ib qiladi.
5). Hamkorlik texnologiyasi, o’qituvchi va bola o’rtasidagi ob’yektiv – sub’yektiv munosabatlarda demokratiklik, tenglikni, hamkorlikni amalga oshiradi. O’qituvchi va o’quvchi birgalikda maqsad, mazmunni ishlab chiqadilar, hamkorlik va birgalikda ijod holatida bo’lib baho beradilar.
6). Erkin tarbiya texnologiyalari bolaning hayotiy faoliyati doirasida ko’pmi ozmi tanlashi va mustaqilligi erkinligi berishga e’tiborni qaratadi. Tanlovni amalga oshirib bola natijalarga tashqi ta’sir ostida emas, balki ichki tuyg’ulari orqali boradi, u sub’yekt nuqtai nazarini eng yaxshi uslub bilan amalga oshiradi. Tanqidiy fikrlashning faol metodlari.
Tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar “Demokratik ta’lim uchun” konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan “Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash – o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o’zida biror haqiqat to’g’risidagi fikrlarni qamrab oladi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko’nikma emas. Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan hodisa ham emas.
Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o’quv ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga ob’yektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llay olmaydilar.
Rixer ta’biri bo’yicha o’rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
Samarali va muttasil o’rganish asosida talabalarning axborotlarni o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Bunday strategiya o’rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
O’rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
O’rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog’lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli – tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash “yakkayu yagona to’g’ri javob”ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi.
Tarix fanini o’qitishda xaritalardan foydalanish.
Darslarda xaritalardan foydalanishdan avval xaritalardan foydalanish texnologiyasidan xabardor bo’lish lozim/ Quyida maktab darsliklarida keltirilgan xaritalar va ulardan foydalanish texnologiyalari to’g’risida ma’lumotlar keltiramiz.
Maktab geografik xaritalarining turlari.
Maktab geografik xaritalarining boshqa xaritalardan farqi ularni o‘quvchilarni yoshi va rivojlanishiga moslab chiqarilishidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun oddiyroq, tushunishi va o‘qishi oson bo‘lgan xaritalar chiqariladi, yuqori sinflar uchun esa murakkabroq xaritalar nashr qilinadi.
Umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan xaritalarni quyidagi guruhlarga bo‘lishimiz mumkin:
-devoriy xaritalar;
-darsliklar ichidagi xaritalar;
-atlaslar;
-globuslar;
- yozuvsiz xaritalar.
Mazmuniga ko‘ra, devoriy maktab xaritalari juda xilma-xil bo‘ladi: tabiiy; iqlimiy; tuproq, o‘simlik; zoogeografik; geologik; foydali qazilmalar; iqtisodiy, siyosiy, sanoat; qishloq xo‘jaligi, transport va h. k. Ular turlicha bo‘lgani bilan, umumiy o‘xshashlikka ham ega. Ularning barchasi sinfda foydalaniladi, o‘quvchilarning uzoqdan ko‘rishiga moslashgan bo‘ladi, ya’ni masshtabi katta bo‘ladi. Mazkur xaritalar yordamida o‘quvchilar bilimlarni o‘rganishida amaliy va mustaqil ish bajarishadi va ma’lum bir savollarga javob berishadi. Shuning uchun ular yaxshi ko‘rinishga va katta aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchamda bo‘lishi lozim.
Xaritalarning turiga ko‘ra ularning o‘lchamlari turlicha bo‘ladi. Dunyo xaritalari, alohida materiklarning xaritalari hozirgi vaqtda 1,5 x 1,8 m o‘lchamda chiqarilmoqda. O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xaritalari ham deyarli mazkur o‘lchamda chiqarilmoqda.
Xaritalar aniq va ravshan ko‘rinib turishi lozim. Ulardagi geografik voqea va borliqni o‘quvchilar 5-6 m dan aniq ko‘ra bilishlari lozim. Buning uchun xaritada eng muhim narsalar aks ettiriladi. Masalan, daryo tasvirlanayotganida uning asosiy qismi va eng yirik irmoqlari ko‘rsatiladi, mayda irmoqlari esa ko‘rsatilmaydi. Xarita ravshan ko‘rinib turishi uchun ranglar yaxshi tanlanishi lozim. Ranglar bir - biridan keskin ajralib turishi lozim. Devoriy xaritalarga qo‘yiladigan yana bitta talab chiroyli bo‘lishidir. Agar xarita chiroyli va aniq qilib ishlangan bo‘lsa
Darsliklar ichiga qo‘yiladigan xaritalar. Tarix predmetlarining oxirida alohida xarita ilova qilinar edi. Hozirgi vaqtda darsliklarni matnida xaritalar berilmoqda. Bunday xaritalar voqea va hodisalarni tasvirlaydi
Xaritalarni tushuntirish texnologiyasi
Umumta’lim maktablarida xaritalarni tuzilishini tushutirish o‘quvchilarga o‘rgatish tarixiy geografik bilimlarni egallashda muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilarni geografik xaritalarni tuzilishini tushuntirishga o‘rgatish uchun joyda amaliy ishlar olib boriladi, joy rejasi bilan ishlanadi, gorizontallarni o‘qish bo‘yicha amaliy ishlar bajariladi, daraja to‘ri bilan mashq qilinadi, turli xaritalar solishtiriladi, nuqtalarning geografik koordinatalari aniqlanadi, turli masshtablar bilan mashq qilinadi va h.k.
Xaritalarni tushunishni eng yaxshi yo‘li joyni o‘rganish va uni xaritada qanday tasvirlanganligini aniqlashdir. Bundan tashqari globusdan xaritaga o‘tish, rejadan geografik xaritaga o‘tish orqali ham geografik xaritalarni tuzilishini tushunishga yordam beradi. Mazkur usullar yordamida o‘quvchilarni daraja to‘ri, kartografik yiriklashtirish (generalizatsi) va geografik xaritalarni tushuntirishga imkon beradi.
Joyda va sinfda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar (yo‘nalishlarini aniqlash, masofani o‘lchash va ularni chizmada tasvirlash hamda ularni joy rejasiga tushirish) o‘quvchilarni geografik xaritalarda haqiqatda borliq va hodisalar tasvirlanganligiga ishonch hosil qilishiga undaydi.
Geografik xaritalarni tuzilishini tushunishga faqat joyda olib borilgan ishlargina emas, balki joyning xomaki rejasi bilan ishlash ham yordam beradi. Bunday ishlar o‘quv sayohatlari, turistik poxodlarda va joyda amaliy ishlar olib borganda bajariladi.
O‘quvchilar yirik masshtabli xaritalarni tuzilishini gorizontallarni o‘qish bo‘yicha olib boriladigan mashqlarda, topografik xaritalar yordamida relyefni tasvirini tushirish jarayonida joyni rejasini tuzish davomida o‘rganishadi.
O‘z yashash joyini tuzilishi va joy rejasini o‘rganish davomida o‘quvchilar asta - sekin yirik va mayda masshtabli xaritalarni tuzilishini anglay bolashadi. Ular topografik va geografik xaritalarni solishtirish asosida joy rejasi va geografik xarita o‘rtasidagi farqlarni tushuna boshlashadi.
O‘quvchilar kartografik andozalarni (proyeksiyalarni) turlarini o‘rganish davomida geografik xaritalardagi xatoliklar va ularning miqyosini tushuna boshlashadi, xatoliklarni qanday sodir bo‘lishini o‘quvchilar tushunishi uchun globusdagi va ma’lum bir xaritadagi borliqni o‘lchami solishtiriladi. Masalan, Chukotka yarim oroli yoki Grenlandiya orolini globusda va xaritada tasvirini solishtiradi. Ularning tasviri xaritada globusdagiga ko‘ra kattaroq tasvirlangan, ana shu farqlarning asosiy sababi xaritalardagi xatoliklar ekanligi tushuntiriladi. Masalan, globus Yerning kichiklashtirilgan modeli hisoblanadi, shuning uchun unda geografik borliq xatosiz tasvirlanadi, xarita esa globusni tekislikka yoyish natijasida hosil bo‘lgan, shuning uchun uning chekka qismlarida xatoliklar katta bo‘lishi tushuntiriladi.
Xaritalarning daraja to‘ri, meridianlar va paralellar o‘rganib bo‘lingandan so‘ng o‘quvchilar geografik koordinatalar bilan mashq qilishadi. Buning natijasida ular har qanday nuqtani geografik o‘rnini topishni o‘rganishadi va daraja to‘rini ahamiyatini anglashadi, bundan tashqari ular daraja to‘ri meridian va parallelarga qarab yo‘nalish va masofani aniqlashni o‘rganadi. O‘quvchilar nuqtani geografik koordinatasini aniqlashni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun hayotdan misollar keltirish lozim. Masalan, o‘z shahrini, yoki tumani markazini koordinatalarini aniqlash, O‘zbekistonni chekka nuqtalarini, eng baland va eng past nuqtalarini koordinatalarini aniqlash.
Xarita masshtabi bilan ishlaganda o‘quvchilar geografik borliqni kichrayish yoki kattayishi darajalari bilan tanishishi lozim. Buning uchun avval yirik, o‘rta va mayda masshtablar haqida tushunchalarga ega bo‘lmoqlari lozim. Shundan so‘ng har xil geografik borliqni, masalan Chorvoq suv omborini kengligi va uzunligini aniqlashlari lozim. O‘quvchilar geografik xaritada masofani taxminan aniqlashlari uchun ayrim geografik borliqni uzunligini aniqlab uning yordamida kerakli masofani topishlari mumkin. Masalan, Saxalin orolini uzunligi 1000 km, shundan foydalanib Osiyodagi joylarni uzunligini topish mumkin. Biror joyni uzunligini topish uchun Saxalin orolini hayolan joylashtiriladi va masofa aniqlanadi. Masalan, uzunligi aniqlanadigan joygacha 2 ta Saxalin oroli sig‘sa, demak uning uzunligi 2000 km ekan. Bundan tashqari daraja to‘ridan foydalanib ham masofani o‘lchashni o‘quvchilar o‘rganmog‘i lozim. Buning uchun 10 yoyning uzunligini bilish kifoya. Meridian bo‘yicha 10 yoyning o‘rtacha uzunligi 111 km. Agar ikki nuqta orasidagi masofa 100 bo‘lsa u kmda quyidagicha ifodalanadi: 10*111=1110 km.
Geografik xaritalarni o‘qish texnologiyalari
Geografik xaritalar bilan ishlashning eng ma’suliyatli qismi bo‘lib ularning o‘qish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdir.
Geografik xaritalarni o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat:
-xaritalarning daraja to‘ri, masshtabi va shartli belgilarini o‘qish;
-topografik xaritalarni o‘qish asosida diktantlar yozish;
-relyefning o‘qish va uning tavsifini tuzish;
-geoglogik va tektonik tuzilishni o‘rganish va xulosa chiqarish;
-foydali qazilmalarni o‘rganish;
-iqlimni o‘rganish va uning tavsifini tuzish;
- geografik sharoitni o‘rganish;
-tuproqni va o‘simliklar qoplamini o‘rganish;
-hayvonot dunyosini o‘rganish;
-tabiat zonalarini o‘rganish;
-joyning umumiy tabiiy geografik tavsifini tuzish;
- tabiiy resurslarini o‘rganish;
-aholi xaritasini o‘qish;
-yoqilg‘i energitika sanoatini o‘rganish;
-sanoat xaritasini o‘qish;
-qishloq xo‘jalik xaritalarini o‘qish;
-transport xaritalarini o‘qish;
-xalqaro iqtisodiy aloqalar xaritasini o‘qish;
-kompleks iqtisodiy-geografik xaritalarni o‘qish.
Geografik xaritalarni o‘qishning eng muhim shartlaridan biri uni masshtabi va shartli belgilarini o‘qiy bilishidir. Masshtabga ko‘ra yirik, o‘rta va mayda masshtabli katralarga ajratiladi. Shartli belgilar topografik, tabiiy geografik va iqtisodiy geografik hamda siyosiy geografik belgilarga bo‘linadi. Ular o‘z navbatida masshtabli, masshtabsiz, chiziqli, aralash ko‘rsatkichli va boshqa turlarga bo‘linadi.
Xaritalarni o‘qitishning dastlabki bosqichi shartli belgilarni o‘qitishdir. O‘quvchilar topografik xaritalarni o‘rta masshtabli va mayda masshtabli xaritalarni shartli belgilarini to‘la o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, masshtab va daraja to‘ridan foydalanib yuqoridagi vazifalarni bajarishlari mumkin. Ular joy rejasini tuzish jarayonida ham shartli belgilar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi.
O‘quvchilar daraja to‘ri, masshtab va shartli belgilarni to‘la o‘zlashtirib olgandan so‘ng xaritadan foydalanib ma’lum bir yo‘nalishni tavsifini tuzishi mumkin, ya’ni topografik diktant yozishlari mumkin.
Topografik diktant deganda qog‘ozga o‘qituvchini bergan ma’lumotlari asosida yo‘nalish chizmasini tushirishdir. Mazkur ish quyidagicha bajariladi: o‘quvchilar o‘qituvchi topshirig‘i asosida ikki xil ishni bajarishi mumkin: berilgan yo‘nalishni xarita asosida tavsifini tuzishadi; berilgan yo‘nalishni chizmasini daftarga chizishadi.
Globus bilan ishlash texnologiyasi
Globus Yerning kichraytirilgan modeli bo‘lganligi uchun unda geografik xaritalarda uchraydigan xatoliklar bo‘lmaydi. U teng masshtabli, tengburchakli va teng maydonli bo‘lgani uchun unda tasvirlangan geografik borliq, voqea va xodisalar to‘g‘ri va aniqligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun globuslar umumta’lim, o‘rta va oliy ta’limning deyarli barcha predmetlarini o‘rganishda albatta qo‘llaniladi.
Globus yordamida o‘quvchilar ongida jahondagi yirik hududlarning tasviri o‘lchamlari va maydoni haqida to‘la va aniq tasavvurlar shakllanadi. Faqat globusdagina daraja to‘ri hech qanday xatoliklarsiz tasvirlanadi, paralellar va meridianlar orasidagi masofa joydagi masofaga mos keladi.
Globusdan tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya hamda amaliy geografiya kurslari darslarini o‘tkazishda keng foydalaniladi.
Tabiiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni o‘rganishda globusdan foydalanish mumkin:
-Yerning shakli va o‘lchamlari;
-daraja to‘ri. Qutblar, ekvator, meridianlar, paralellar, geografik kengliklar va uzunlik;
-yrning o‘z o‘qi atrofida hamda Quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari;
-eng muhim ekspeditsiyalar, sayohatlar yo‘nalishi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni globus yordamida o‘tish mumkin:
-jahon siyosiy xaritasi;
-qit’alar va alohida mintaqalar xaritasi;
- mamlakat maydonlarini, chegaralar uzunligini aniqlash;
-quruqlikda va suvda yo‘llarni yo‘nalishi va uzunligini aniqlash.
Globusdan tabiiy geografiya kurslarida ko‘proq foydalaniladi.
Yerning shakli va o‘lchamlarini tabiiy geografik globuslarda o‘rganish mumkin. Bunda Yerning dumaloqligi va uning og‘irligi oson tushintiriladi. Yerning maydoni, aylanasining uzunligi globus masshtabidan foydalanib aniqlanadi. Masalan globusning masshtabi 1:40 000 000 bo‘lsa globusdagi 1 sm oraliq Yer yuzasidagi 400 km ga teng ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Shundan so‘ng globusning ekvator bo‘yicha uzunligi santimetrlarda yoki santimetrlarga bo‘lingan matoli metr bilan aniqlanadi. Santemetrda o‘lchangan globus aylanasining uzunligi globus masshtabiga ko‘paytiriladi. Masalan, globus aylanasining uzunligi 100 sm bo‘lsa unda globus aylanasining (ekvatorning) uzunligi 100 sm x 400 = 40 000 km. Huddi shu taxlitda sinf o‘quvchilarining yarmi ekvatordan shimoldagi, yarmi ekvatordan janubdagi paralellarni uzunligini aniqlashi mumkin. Bunda ular ekvatordan shimol va janub tomon paralellarni uzunligini kamayib borishini va qutblarda ular eng qisqa ekanligini bilib olishadi.
Daraja to‘ri, parallellar, geografik uzunlik va kenglik tushunchalarini shakllantirishda ham globus katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda har bir tushuncha masalan, ekvator, qutblar, meridian va paralellar bevosita globusda ko‘rsatilib tushuncha hosil qilinadi. Masalan, Yer sharini teng ikkiga bo‘lib turadigan, uni o‘rtasidan o‘tkazilgan chiziqqa ekvator deb ataladi deb o‘qituvchi globusdan ekvatorni joylashishini ko‘rsatadi va undan shimoliy va janubiy qutblargacha so‘ng meridian, parallel, geografik koordinatalar tushunchalari xosil qilinadi va tegishli mashqlar o‘tkaziladi.
Yerni o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini ko‘rsatish uchun globus va lampadan foydalaniladi. Bunda globus lampa atrofida aylantiriladi va yoritish mintaqalarini xosil bo‘lishi tushuntiriladi. Globusni o‘z o‘qi atrofida aylantirib tong, tush, kech va qorong‘u tushunchalarini ko‘rsatish mumkin. Mazkur ishlar kecha va kunduzni, fasllar hosil bo‘lishini tushuntirishga imkon beradi.
Mazkur tajribalar yordamida Quyosh nurlarini Yer yuzining turli joylarida turlicha burchaklarda tushishini, ya’ni ekvator atroflariga tik, qutblarga borgan sari tushish burchagi kamayib borishini va buning oqibatida Yer yuzasining turli joylari turli miqdorda issiqlik olishini hamda qutblarda yarim yil to‘xtovsiz Quyoshni botmasligi yoki chiqmasligini tushuntirish mumkin.
Tabiiy geografik globuslarda eng muhim ekspeditsiya va sayohatlar yo‘nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va okeanlar geografiyasini o‘rganishda foydalanish mumkin. Masalan, Amireka qit’asini kashf qilinishi va tekshirilish tarixini o‘rganish davomida X. Kolumb ekspeditsiyasi yo‘nalishlarini aniq va to‘la tushintirish mumkin.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko‘proq jahon siyosiy xaritasini o‘rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini aniqlashda, dengiz va quruqlikdagi yo‘llarni yo‘nalishi va uzunligini aniqlashda, yirik iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan portlarni aniqlashda ishlatiladi.
Bundan tashqari globuslar alohida materiklar, qit’alar, mintaqalar siyosiy xaritasini va ularda davlatlarni joylashishini va ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda ham ishlatiladi.
Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi
Kartografik tasavvurlarni shakllantirish geografik bilimlarni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Kartografik tasavvurlar quyidagi usullar yordamida shakllantiriladi: geografik borliq, voqea va hodisalarni xaritada ko‘rsatish; geografik voqea va hodisalarni nomlarini yozish; geografik borliq, voqea va hodisalar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish; didaktik materiallardan foydalinish; geografik diktantlar tayyorlash; turli xil xarita chizmalarini chizish; chiziqli xaritalar bilan ishlash; globus va turli xil xaritalar bilan ishlash.
Geografik tasavvurlarni shakillantirshdan maqsad o‘quvchilar tomonidan geografik obyektlar va ularni nomlarini hamda joylarini mustaykam o‘zlashtirishdir.
Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Xaritalar haqida tasavvur hosil qilish;
Dunyo xaritasi, yarimsharlar xaritasi, materiklar va okeanlar xaritasi, tabiiy geografik o‘lkalar va jahondagi davlatlar xaritalari. Xaritalar geografik borliq, voqea va hodisalarni kichraytirilgan tasviri ekanligi haqida tasavvurlarni shakillantirish.
2. Xaritalarning masshtablari haqida tasavvurlarni shakillantirish. Masshtab bilan ishlash yo‘llarini tushuntirish. Xaritalarni masshtabiga ko‘ra yirik, o‘rta va mayda masshtabli xaritalarga bo‘linishi haqida tasavvurlarni shakillantirish.
Darslarda xaritalardan foydalanishning yutuqlari:
-o’quvchining dunyoqarashini oshirish
-geografiya fani bilan integratsiyani yo’lga qo’yish
-tarixiy joy nomlarini o’rganish
-o’quvchini voqeaga bo’lgan munosabatini shakllantirish
-o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini oshirish
-siyosiy bilimlarni mustahkamlash
-OTM kirish imtixonlarida test savollariga javob berishda qiynalmaslik
Darslarda xaritalardan foydalanishni kamchiliklari:
-o’zaro chalkashliklarni vujudga kelishi
-o’quvchiladai xaritalardan foydalanish ko’nikmasini yo’qligi
-barcha mavzularga oid xaritalarning yo’qligi
Xulosa
Tarix fani bugungi kunda har qachongidan ham e’tiborga molikdir.Mamlakatimiz taqdirida nihoyatda muhim bo’lgan ushbu davrda, har bir sof vijdonli, vatanparvar shaxs, unda faol ishtirok etishi, mavjud muammolarning kalitini, yechimini axtarishi lozim. Bu kalit – jahon xalqlarining ko’p asrlik tarixidir. Tarix sahnasida inson o’zining fazilatlari va nuqsonlari bilan hamisha asosiy omil bo’lib kelgan. Shu sababdan o’tmishni jonli, doimiy rivojlanishda bo’lgan mujassam birlik – ya’ni insoniyat tarixini bilmay turib biz bugungi kunni tushunishimiz, bo’layotgan jarayonlarni anglab yetishimiz qiyin bo’ladi. Jahon xalqlarining o’tmish tarixini o’rganganimizda, bizga uzoq vaqt singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanmog’imiz zarur. Sababi qadimgi dunyo va o’rta asrlar davrida siyosiy vaziyat, mafkura doirasi o’zgacha bo’lganligi hammamizga ma’lum. Qolaversa, davr mahsuli: tarixiy shaxslar, oddiy fuqarolardan tortib qirollargacha hamma – hammalarining o’z g’oyalari, tushunchalari, maqsad va intilishlari bo’lganligi tabiiy. O’tmishdagi har bir jamiyat o’zidan avvalgisiga nisbatan ilg’orroq bo’lib, unda yashagan barcha insonlar hamisha yaxshilikka, ezgu niyatlar sari intilganlar. Tarixiy taraqqiyot insoniyatning asrlar osha to’plangan bilimlarini, ongi, maqsadlari, talablari ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz. Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay turib kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero, bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda,shu bilan bir qatorda ta’lim tizimi ham rivojlanmoqda . O’qituvchi endi faqatgina o’z fani haqida ma’lumotlarnigina bilishi zamon talabiga mos kelmaydi.Bugungi zamonaviy o’qituvchi o’z faniga turdosh bo’lgan fanlarni va barcha texnik va ko’rgazmali qurollardan foydalanishni bilishi zarur.
Darslarga o’quvchini qiziqishini oshirish uchun barcha manbalardan fodalanish bugungi kunning zamon talabidir.Xaritalardan foydalanish ham tarix fani o’qituvchisini qurolidir. Bu quroldan foydalanish katta yutuqlarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |