Va ularning ishlash prinsipi



Download 232,89 Kb.
Sana14.05.2022
Hajmi232,89 Kb.
#603413
Bog'liq
Karyer mexanik ma'ruza 8


8-MA’RUZA
BIR CHO‘MICHLI EKSKAVATORLAR ISHCHI MEXANIZMLARI TURLARI
VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI
Ma’ruza rejasi:



  1. Bir chumichli ekskvavatorlar ishchi mexanizmlari turlari;

  2. Tishli-reykali kuch berish mexanizmi tuzilishi va ishlash prinsipi;

  3. Kanatli kuch berish mexanizmi tuzilishi va ishlash prinsipi;

4.Ko‘tarish mexanizmi tuzilishi va ishlash prinsipi.


Tayanch so‘z va iboralar: Bir cho‘michli ekskavator, mexanik ekskavator, ishchi mexanizm, ko‘tarish mexanizmi, reduktor, kuch berish mexanizmi, burilish mexazmi, cho‘michni tagini ochish, burilish, kon jinsini qamrash, kuch beruvchi val, ishssikli.

Ekskavator platformasida ko‘tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi.


To‘g‘ri lopatali ekskavatorlarda cho‘michga zo‘riqma kuchini berish kuch berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho‘mich rukoyatiga uzatiladi.
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish qismining inersiya momentini va ag‘darilish momentini va natijada fasongi og‘irligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida cho‘mich sig‘imini yoki qamrash radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ishssikli davomiyligi ko‘payadi.



1-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig‘ilgan tasviri:
1 — korpus; 2 — bosh blok; 3 — strelani osuvchi boldoq; 4 — bufer; 5 — ottyajka strelы; 6strelani maxkamlovchi palets; 7 — egarli podshipnik; 8 — kuch berish mexanizmi dvigateli; 9 — tishli g‘ildirak;
10—tishli uzatma; 11 —cho‘mich tag qismini ochuvchi mexanizm dvigateli
Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar). Strelada esa faqat yo‘naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.
Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og‘ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli lopatalarda zo‘riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi). Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M).kuch beruvchi balkaning siljishi kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi.
Tishli-reykali kuch berish tizimida dvigatel 8 ning aylanish momenti saqlovchi mufta shesternyasi va tishli g‘ildiragi orqali etaklovchi val shlitsasiga o‘tirgan shkiv stupitsasiga uzatiladi. SHkivni o‘rab turuvchi uning kolodkalari o‘qga o‘rnatilgan g‘ildirak tanasiga presslangan va mufta bilan tortilgan. Ortiqcha yuklanishlarda shkiv kolodkaga nisbatan sirpanadi. Rukoyat harakatini tezlashtirish va uning surilishini chegaralash uchun komandoapparat xizmat qiladi. Komandoapparat kuch beruvchi val bilan zanjirli uzatma orqali bog‘langan.
Kremalьer shesternya (5-rasm) 2 shlitsalari bilan bog‘langan kuch berish vali aylanish momentini tishli g‘ildirak 1 orqali oraliq valdan oladi. Valga o‘rnatilgan egarli podshipniklar 4 ning cho‘yandan ishlangan yo‘naltiruvchi 7 va 8 polzunlari tishli reykali rukoyatning harakatini ta’minlaydi.



5-rasm. EKG-5A ekskavatorining tishli-reykali kuch berish mexanizmi: a oraliq val; b —kuch beruvchi val va egarli uzel

Rossiyaning Ijorskiy zavodida ishlab chiqarilgan to‘g‘ri lopatali EKG-8I, EKG12,5 va shunga o‘xshash ekskavatorlarida kanatli kuch berish mexanizmi ishlatiladi. Rukoyatning chiqishi va orqaga qaytishi platformada joylashgan lebedka hamda strela va rukoyatda joylashgan bosh blok va yarim bloklar yordamida bajariladi.


Kanatli kuch berish mexanizmida lebedka platformaning old qismida joylashadi. Kuch beruvchi 1 va qaytaruvchi kanat 2 lar 3 va 4 barabanlardan chiqib strelada joylashgan 5 va 6 bloklarni aylanib o‘tadi va rukoyatda joylashgan oldingi va orqa yarim bloklarga boradi. 3 va 4 barabanlar aylanganda rukoyatning o‘q yo‘nalishidagi siljishi sodir bo‘ladi. Kanatli kuch berish mexanizmining tuzilishi juda sodda bo‘lib yuqori sifatli kanatlar ishlatilsa ishonchli ishlaydi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qiyin emas. Mexanizmni to‘xtash yuklanishlaridan va zarblaridan himoya qilish uchun dvigatel 10 va reduktor 11 oralig‘iga chegaraviy moment muftasi 9 o‘rnatiladi.
Echiluvchi baraban 3 kanatlarning tarangligini moslashtiruvchi qurilma 12 ga ega. EKG10 ekskavatorida lebedka ikkita elektrodvigatel yordamida ishga tushiriladi. Reduktor 11 gorizontall o‘rnatilgan bo‘lib uch pog‘onalissilindrik tishli uzatmalarga ega. Tishli uzatmalar va podshipniklar reduktor korpusiga joylashtirilgan moy vannasidan sochish bilan moylanadi. Buning uchun reduktor etaklovchi o‘qiga ikkita sochuvchi moslama o‘rnatilgan.
Podshipniklar va birikmalarning sovuq haroratlarda yaxshi ishlashlari uchun reduktorda moyni qizdirish ko‘zda tutilgan. Kuch beruvchi lebedkani ishlash vaqtida tormozlash protivotok bilan, halokatli tormozlashda elektromagnit diskli tizim ishlatiladi. Bu tormozlash turi stoyanka tormozi vazifasini ham bajaradi. Rukoyat siljishini chegaralash uchun oxirgi (konechnqy) o‘chirgich ishlatiladi.
Ushbu kuch beruvchi lebedka kinematik sxemasi va kanatlarning o‘ralish sxemasi Ijorskiy zavodida ishlab chiqariladigan ekskavatorlarning barcha modellarida qo‘llaniladi.

6-rasm. Rukoyatni harakatlantiruvchi kuch beruvchi mexanizmning kanatli – polispas tizimi
sxemasi (EKG-10): a — kanatlarning o‘ralish sxemasi; b—lebedkaning kinematik sxemasi.
Egarli uzel (7-rasm) streladagi ishqalanish podshipniklariga o‘rnatilgan kuch berish vali 1 ga joylashtirilgan. Egarli podshipnikning korpusi 6 po‘latdan quyilgan. Uning o‘qiga rolik 8 lar o‘rnatilgan. Bu roliklar rukoyatdan tushadigan yon kuchlanishlarni qabul qilishga xizmat qiladi. Rukoyat ish vaqtida kuch berish o‘qida joylashgan egarli rolik 9 ustida harakatlanadi. Kuch beruvchi va qaytaruvchi kanatlar uchun mo‘ljallangan ikki yo‘lakli blok 4 lar kuch beruvchi valga ishqalanish podshipniklari orqali o‘tirgan.strelaning yuqorigi qismi pastki qismi bilan valik 2 lar yordamida bog‘langan.
Kuch beruvchi o‘q ko‘ndalang yo‘nalishda xomut 10 bilan to‘xtatilgan.



7-rasm. EKG – 10 ekskavatorining egarli uzel
Download 232,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish