Va terrorizmga


-mavzu. YOShLARDA EKSTREMIZM VA



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

10-mavzu. YOShLARDA EKSTREMIZM VA  
TERRORIZMGA QARShI MAFKURAVIY IMMUNITETNI 
ShAKLLANTIRISh: MAQSAD VA VAZIFALAR
1. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan asrashning 
ma’naviy­ma’rifiy yo‘llari va vositalari.
2. Yoshlarda internetdagi din niqobi ostidagi axborot xuruj­
lariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarb 
masalalari.
3. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda yoshlarda ma­
fkuraviy immunitetni shakllantirish.
Tayanch so‘z va iboralar: mafkuraviy xavfsizlik, mafkuraviy tah-
did, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy bo‘shliq, Internet, axborot 
xurujlari, g‘oyaviy tarbiya, jaholatga qarshi ma’rifat.
Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan asrashning 
ma’naviy-ma’rifiy yo‘llari va vositalari. Yoshlarning faol ijti­
moiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning tur­
li maf kuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh obyektiga aylanishiga 
o li b keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega 
bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va, ayni paytda, eng 
harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda. 
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qato­
rida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallash­
ga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birda­
niga va hamma narsaga (boylik, shon­shuhrat, martaba va h.k.) 
ega bo‘lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm 
kabi ma’naviy­ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. 
«Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bi­
lan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga 
qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning 
xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayo­
ni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayot­
ganini ko‘rsatadi.


150
«Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men 
senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman», 
– deb yozgan edi siyosiy arboblardan biri. Shu nuqtayi nazardan 
qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar jamiyatning ertangi kunini 
belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab 
ish yuritmoqda deyish mumkin. 
«Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilo-
na foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, haqsevar-
likka o‘rgatish kerak bo‘ladi».
   Islom Karimov 
Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng o‘tkir, faol, 
uddaburon, vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoiylik, 
vatanparvarlik, tadbirkorlik, millatparvarlik, sadoqatga o‘rgatish 
ko‘p jihatdan ota­onalarga bog‘liq. Bu borada, albatta, ota­onaga 
yordam berishda butun jamoatchilik – mahalla oqsoqoli, diniy 
ma’rifat va ma’naviy­axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha masla­
hatchi, imom, profilaktika noziri, Xotin­qizlar qo‘mitasi va «Ka­
molot» yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlarning joylardagi 
mas’ullari birgalikda faol ishlashlari kerak.
Mamlakatimizda yoshlarni ilm­ma’rifatli, turli sohalarda 
yetuk mutaxassis, jismonan barkamol inson bo‘lib yeti shishga 
keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la­
to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish 
har bir yoshning burchidir. Buning uchun esa, ular avvalo, dun­
yoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, o‘zbek 
xalqining mehnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlar­
ga mehribonlik, do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tari xan 
e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarini o‘zida shakllantirishi ta lab 
etiladi. 
Zero, ajdodlarimizning azaliy qadriyati hisoblangan islom 
dinida ham yoshlarga, ularning ta’lim­tarbiyasiga alohida e’ti­
bor qaratiladi. Xususan, Qur’oni Karimda 1300 dan ortiq oyat­


151
lar odob axloqqa va ilmga aloqadorligi insonni barkamollikka 
yetaklaydigan mezon sifatida ko‘rish mumkin. Xalqimiz qoni­
ga singib ketgan diniy qadriyatlarda farzand tarbiyasiga alohi­
da e’tibor qaratilishi xususida payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)  
«Kishi farzan dining tarbiyasi bilan har kuni yarim soat shug‘ul­
lanishi sadaqa berishdan yaxshiroqdir» deb ta’kidlaydilar. Bun­
dan ko‘rinib turibdiki, islom dini farzand tarbiyasiga yoshligidan 
to ulg‘ayguncha alohida e’tibor qaratadi. Ularning nafaqat ilm 
 
olishlarini, balki yuksak odob­axloq sohibi etib tarbiyalashni 
asosiy mezon sifatida qo‘yadi.
Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yur­
timizda ham doimo alohida e’tibor bilan qaralgan. Hukumat to­
monidan sog‘lom va ma’naviy boy, intellektual rivojlangan, axloqan 
yetuk, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetka­
zish maqsadida 2000­yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001­yilni «Ona­
lar va bolalar yili», 2008­yilni «Yoshlar yili», 2010­yilni «Barka­
mol avlod yili», 2014­yilni «Sog‘lom bola yili», 2016­yilni «Sog‘lom 
ona va bola yili», 2017­yilni «Xalq bilan muloqot va inson man­
faatlari yili» va 2018­yilni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oylar va 
texnologiyalarni qollab­quvvatish yili» deb e’lon qilinganligi ham 
buning yana bir yorqin hayotiy­amaliy ifodasi bo‘lgan edi. 
Demak, yoshlarimiz uchun mamlakat suvereniteti, territorial 
birligi hamda mustaqil siyosat yuritish huquqini mustahkam hi­
moya qiluvchi fuqaro bo‘lish, o‘zlarida milliy an’ana va xalqimiz 
mentalitetiga yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy qobiq shakllan­
tirish sharafli va ma’suliyatli burch hisoblanadi.
Urushning eng qadimgi prinsiplaridan biri, bu dushmanni yax­
shi bilish zaruratidir. Zamonaviy terrorizmning biz ko‘rib chiqqan 
tahlili asosi shuni ko‘rsatadi­ki, terroristik amaliyotlar ning ich­
ki, tashqi va ruhiy miqyoslarini inobatga olmasdan bizning bi­
limlarimiz to‘liq bo‘lmaydi. Oldingi mavzularda, biz Usoma bin 
Laden va al­Qoida zamonaviy terrorizmdagi qator omillarni sin­
tezlashtirganini ko‘rishimiz mumkin. Bu, diniy apokaliptik til­
ning transformatsiyalashishidan tortib, «istishhod» amaliyotlarini 


152
kundalik ishga aylantirilishida o‘z aksini topadi. Ularning yo‘lla­
rida sintezlashtirish bu innovatsiya deganidir. Bir jihatda, al­Qoi­
da shubhasiz o‘ziga xos innovatsiya yaratgan – u tarmoq sifati­
da shakllangan.
Mazkur bahsimizda biz Rand Korporatsiyasi bilan bog‘liq 
bo‘lgan tahlilchilarning ma’lumotlari va kitoblaridan foydalana­
miz. Rand Korporatsiyasi g‘oyaviy markaz deb nomlangan bi­
rinchi tashkilot edi. Uning birinchi asosiy mijozi 1946­yildan 
AQSH Harbiy havo kuchlari edi. Rand tomonidan ayni kunlarda 
amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy qismi nizolarning yan­
gi ko‘rinishlari, shu jumladan terrorizm va hozirda harbiy muno­
sabatlardagi revolyutsiya (HMR) deb ataladigan fenomenlar bilan 
bog‘liqdir. Biz shug‘ullanadigan eng asosiy argument Randning 
«informatsion revolyutsiyaning» urushga ta’siriga oid tadqiqotidir.
Muallifning fikrlari o‘sha paytda endi nihoyasiga yetgan Fors 
ko‘rfazi janglari hamda AQSH va u razvedka ma’lumotlarini al­
mashadigan ittifoqchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumot­
larga asoslanganini ko‘rish mumkin. Mazkur urush hamda ke­
lajakdagi barcha urushlarning natijasi, ularning fikriga ko‘ra, 
kapital, ishchi kuchi yoki texnologiyaga emas, balki, ayni dam­
da «kim jang maydoni haqida eng yaxshi ma’lumotga ega ekani»­
ga bog‘liqdir. Qiyoslash uchun, AQSH jang maydonining barcha 
taraflarini ko‘rsa bo‘ladigan shaxmat o‘yinini, iroq kuchlari esa 
faqat o‘z tarafini ko‘rish imkonini beradigan krigshpil o‘yinini 
o‘ynayotganini ko‘z oldimizga keltirish mumkin. Agarchi krigsh­
pil o‘ynayotgan odamda ikki nafar farzin bo‘lsa ham baribir shax­
matchi g‘alaba qozonaveradi.
Tarixan, qurol­aslaha, kommunikatsiya va transport quvvatida­
gi texnologik o‘zgarishlar harbiy tashkilotlar tuzilmasi, doktri­
nasi va strategiyasida yangi ustunlik taqdim etgan. Shubhasiz­
ki, harbiy tashkilotlarning qo‘lidagi stels texnologiyasiga ega og‘ir 
bombardimonchi samolyotlar, tanklar, kemalarning qurilishi, elek­
tron razvedka ma’lumotlar to‘planishi, raqamli boshqaruv va na­
zorat imkoniyatlari va boshqa diqqatga sazovor yuqori texnologiya­


153
li uskunalar kishini hayratga soladi. Biroq, Van Kreveld kuzatgani 
kabi, «harbiy uskunalar ortida umumiy bir uskuna bor, uning orti­
da esa nou­xau toifasiga kiradigan texnologiya bor. Ular ga dunyoni 
anglash va uning muammolarini hal qilish vositasi sifatida qarala­
di». Boshqa iboralar bilan aytganda, texnologiya bu o‘ta rivojlanib 
ketgan uskuna va quroldir. Yana ham aniqroq aytganda, agar tex­
nologiya nou­xau va «hayotga boqishning muayyan yo‘li»ni o‘z ichi­
ga qamrab olsa, bu holatda uning eng muhim xusu siyati uskuna­
ning o‘zida emas, balki uning qanday tuzilganidadir. Jak Ellulning 
tadqiqotlaridan olingan texnologiyaning mazkur ta’rifi to‘g‘ridan 
to‘g‘ri «axborot inqilobi» bilan bog‘liqdir.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish