51
Tinchlikni qadrlash hamda osoyishta hayot uchun shukurona
lik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hi
soblanadi. Islom ta’limotida masalaning bu jihatiga ham alohi
da e’tibor berilgani Qur’oni Karimning «Nahl» surasi 112oyatida
«Alloh bir shaharni (Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar)
edi, har tomondan rizqi kengu mo‘l kelib turar edi. Bas, u (aho lisi)
Allohning ne’matiga noshukurlik qilgach, Alloh unga (aholisiga) bu
«hunarlari» sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni «totish»ga maj-
bur etdi»
. Shukur qilish orqali berilgan ne’matlar
yanada ziyoda
bo‘lar ekan, uni asrab qolish uchun ushbu ne’matni e’tirof etish
va shukur qilish muhim omildir. Inson go‘zal bir holatda umr
kechirayotgan bo‘lsa uning o‘zi bu holatni o‘zgartirmagunicha
ya’ni, noshukurlik qilmagunicha Yaratgan aslo ularning ne’mat
larini to‘sib qo‘ymasligini oyati karimalarida aytib o‘tgan.
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar (a.s.)
shunday deydilar:
«Kimki, o‘z uyida xavf-xatardan emin holda tong
orttirsa va huzurida bir kunlik ozig‘i bo‘lsa, bas unga go‘yoki, dunyo
ne’matlari to‘laligicha ato qilinibdi»
.
Muqaddas manbalar orqali kishi uchun eng aziz ne’mat bu –
tinchlik ekani bildirilmoqda. Alloh tarafidan bandalarga ato etil
gan ushbu ne’matga rahna solish eng katta gunohdir.
Zero, Payg‘ambar (a.s.) o‘z faoliyatlarida doimo muzokara,
sulh bilan tinchlik yoki mudofaa yo‘lini tutganlari islom tarixidan
ham ma’lum. Ayniqsa, «Hudaybiya sulhi» deb nom olgan tinch
lik bitimida ularning tinchlikparvar siyosatlari yaqqol namo
yon bo‘ldi. Musulmonlar uchun noqulay shartsharoitlar
asosida
tuzil gan bu sulhga sahobiylar keskin qarshi chiqsalarda, Rasu
lulloh (a.s.) tinchlikka erishish va qon to‘kilishining oldini olish
maqsadida ushbu hujjatga darhol imzo qo‘ydilar. Qur’oni Karim
da ham bu borada,
«Bordiyu, tinchlikka moyil bo‘lsalar, bas, sen
ham unga (tinchlikka) moyil bo‘l va Allohga tavakkul qil»
, deb qat
tiq ta’kidlangan
(Anfol, 61)
.
Darhaqiqat, Hudaybiya sulhi o‘zining ahamiyati jihatidan har
qanday jangdagi g‘alabadan yuqori turadi. Zero, bu sulh yan
52
gi islom dinining tinchlikparvar mohiyatini namoyon etgan edi.
Payg‘ambar (a.s.) o‘zlarining ziyonlariga bo‘lsa
ham tinchlik
uchun qanchalik jonkuyar ekanlari makkaliklarga hamda ayrim
madinalik sahobiylarga saboq bo‘ldi.
Keyinchalik esa, Payg‘ambar (a.s.) Arabiston tarixida misli
ko‘rilmagan kuchga ega bo‘lsalarda, Makkani qon to‘kmasdan
tinch yo‘l bilan egallash yo‘lini tutganlari ham e’tiborga molik.
Vaholanki, Makka mushriklari necha yillar davomida Rasululloh
(s.a.v.)ga aziyat yetkazib,
ularga qarshi chiqib, ko‘plab musulmon
larning umriga zomin bo‘lgan edilar. Rasululloh (a.s.) shaharga
kirishdan oldin makkaliklarga Abu Sufyonning hovlisiga kirib ol
ganlar, eshigini qulflab o‘tirganlar, Masjid alHaromga kirib ol
ganlarga omonlik berilishini kafolatladilar.
Makkaga kirgach esa, Rasuli Akram shu vaqtgacha dushman
lik qilib kelgan mushriklarni bir joyda to‘plab: «Ey, Quraysh ahli,
sizlarga meni qanday chora ko‘radi, deb o‘ylaysizlar?» Quraysh
dedi: «Saxiy insonning saxovatli farzandidan yaxshiliknigi
na kutamiz». Shunda Rasuli Akram «Men sizlarga Yusuf (a.s.)
o‘z birodarlariga aytgani kabi –
«Bu kun sizlarga nisbatan ayblov
yo‘q» (
Yusuf, 12
), – deyman. Ketaveringlar, hammangiz ozodsiz
lar», deb marhamat ko‘rsatdilar. Hatto dushmanlarga ham oliy
janoblik ko‘rsatish, ularga kechirimli munosabatda bo‘lish dini
mizning tinchlikparvar mohiyatini namoyon etadi. Zero, islom
dini har qanday sharoitda jangga yo‘l qo‘ymaslikka, tinchlikni
asrashga katta e’tibor bergan. Payg‘ambar (a.s.) sahobiylarga doi
mo takrorlab shunday deganlar:
«Qiyomat kuni birinchi savol no-
haq to‘kilgan qonlar to‘g‘risida bo‘lur»
(Imom Buxoriy rivoyati).
Tinchlikni ulug‘ ne’mat, deb e’lon qilgan dinimizda bu yo‘lda
nafaqat amal, balki so‘z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan.
Payg‘ambar (a.s.)
«Musulmon kishi shuki, uning tilidan va qo‘lidan
musulmonlar ozor chekmaydilar!
» deb marhamat qilganlar. Zero,
so‘z, ya’ni tildan yetadigan ozor qo‘ldan yetadigan zarardan avval
zikr etilishi, qo‘l bilan boshqalarning faqat bu dunyosi – salomat
ligi, oilasi, mulkiga zarar yetkazish mumkinligi, til bilan – inson
53
larni turli buzg‘unchi g‘oyalarga targ‘ib qilish, kishilarni to‘g‘ri
yo‘ldan chalg‘itish orqali ikki dunyosini barbod etish mumkin.
Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda
ayrim firqa va toifalarning
musulmonman, deb turgan aholining ichida parokandalik, oilasi
da ziddiyatlarni keltirib chiqarishga urinishlari islomning asl mo
hiyatiga butunlay ziddir. Bu amallarni islom nomi bilan bog‘lash
dinimizga nisbatan tuhmatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: