Va terrorizmga



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlar ning 
yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat
davlat, xalq oldida turgan dolzarb muammolardan biri sana ladi. 
Bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlodni ona Vatanga 
muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, 
ular ongini turli xil yot g‘oya va axborot xurujlardan saqlash mu-
him vazifalardan hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Ka-
rimov ta’kidlaganlaridek, «Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot 
ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion 
va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning 
mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul 
va uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun 
tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash bugungi kunda mu-
him vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz 
zarur».
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv ja-
rayonida kishilarni, ayniqsa yoshlarni turli xil ko‘rinishdagi maf-
kuraviy xurujlar ta’siridan asrashda quyidagi jihatlarga alohida e’ti-
bor qaratish zarur:

 mustaqil fikrga ega, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqa-
rash va mustahkam irodaga ega shaxslarni tarbiyalash, yoshlar qal-
bi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga 
hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish orqali har xil bid’at-xuro-
fot amallarni farqlash, turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siri hamda 
aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish;

 mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hush-
yor bo‘lib yashash; go‘yoki islom dinini o‘rgatishni va’da qilayotgan 
shubhali shaxslar bilan muloqot qilmaslik, noqonuniy tarzda chop 
etilgan yoki tayyorlangan diniy mazmundagi adabiyot, disk, mobil 
telefonlardagi materiallardan foydalanmaslik va olib yurmaslik, In-
ternet tizimida ekstremizm, terrorizm va missionerlikni targ‘ib qila-
digan saytlardan yoshlarni muhofaza qilish;

  yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning 
ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish, yoshlar ongida vatan-


165
parvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash 
kabi ulug‘vor fazilatlarni kamol toptirishda oila-mahalla-ta’lim 
muassasasi hamkorligi asosida ish tashkil etish;

  bugungi axborotlar almashinuvi jadal kechayotgan vaqtda diniy 
masalalarga oid ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish va unga 
e’tiqod qilishga shoshilmaslikni tavsiya va targ‘ib qilish hamda ax-
borot xurujlari asiriga aylanmaslik lozim;

 fuqarolarda diniy bag‘rikenglik, boshqa din vakillariga hur-
mat, o‘zaro birodarlik, millatlararo totuvlik, do‘stlik tuyg‘ularini 
shakllantirish, mahalla aholisi o‘rtasida dinlararo turli ziddiyatlar 
yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ish-
larini olib borish;

  mahallalardagi notinch, noqobil oilalar yoki diniy mutaassiblik-
ka moyil shaxslar bilan tushuntirish ishlarini olib borishda ha yotiy 
taj ribaga ega bo‘lgan mahalla faollari, mahallada obro‘-e’tibor qozon-
gan kishilar, mahalliy masjidlarda faoliyat yurituvchi imom-xatib-
lar, shuningdek diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masala-
lari bo‘yicha maslahatchilar, tumanlardagi bosh imom- xatiblarning 
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilarini jalb etish;

 aholi o‘rtasida din haqida noto‘g‘ri salbiy tushuncha va tasav-
vurlar uyg‘onishining oldini olish maqsadida aqida, ibodat va bosh-
qa diniy masalalarga oid savollar bilan O‘zbekiston musulmonlari 
idorasi ulamolari, ularning viloyatlardagi vakillari, mahalliy imom- 
xatiblar va diniy soha mutaxassislariga murojaat qilish;

  ekstremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan huquq-tar-
tibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali 
unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bi-
langina kurashish deganidir. Boshqacha aytganda, bun day yo‘ldan 
borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlanti rib turgan «ildiz»lar 
zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan  ular yangi 
«kurtak»lar berishda davom etishini hisobga  olib, bunday manfur 
kuchlarning kirdikorlarini fosh etish va ularga qarshi kurashishda 
har bir soha vakili o‘zining munosib hissa sini qo‘shish.


166
 Demak, axborot kurashi avj olgan XXI asrda din niqobi ostida­
gi turli xil ko‘rinishdagi mafkuraviy xurujlardan himoya etish da 
ma’naviy­ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish, 
hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqidagi chuqur 
tahliliy ma’lumotlarni yosh avlodga yetkazish, ular ning ijtimoiy 
faolligini kuchaytirish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi 
g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan 
ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish