Va terrorizmga


Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf-



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf-
kuraviy immunitetni shakllantirish. Tarix o‘zga hududlarni zabt 
etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomil­
lashib borganini ko‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik 
qurollargacha, zambaraklardan tortib Yer yuzining har qan­
day nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik rake­
talargacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu qurollar 
bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qi­
lishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt 
etish uchun ularning aholisini mahv etish shart emas. Zero, ongi 
va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo‘nalish­
ga o‘zgartirilgan yerlik aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy 
resurslarga egalik qilish mumkin bo‘lib qolmoqda.

Cooper B. New Political Religions, or An Analysis of Modern Terrorism. University 
of Missouri Press. Columbia and London. 2004. – P. 158–172
.


160
Zamonaviy ijtimoiy­siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning 
shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologi­
yalarining tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish 
imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning takomil­
lashuviga turtki bo‘lib, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos 
kasb etishiga olib keldi. 
Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xil­
ma­xil shakllarda namoyon bo‘ladigan mafkuraviy tajovuzlar, 
turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan kafolatli 
himoyalanganligidir. Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash degan­
da, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini 
olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladi­
gan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab 
borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek ja­
rayonlar nazarda tutiladi. 
Ma’lumki, odamzodni hamisha tashvishga soluvchi mazkur 
salbiy illatlarning ildizlari, uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buyuk 
ajdodlarimiz ularga qarshi kurashda sermazmun va purhikmat 
so‘z qudratidan unumli foydalanganlar. Ma’naviyatni yuksalti­
rish, xususan, kelajagimiz bo‘lgan yoshlar axloqini yuksak insoniy 
fazilatlar bilan boyitish davrimizning dolzarb masalalaridan bi­
riga aylandi. Shu sababli tariximizda bitilgan bebaho merosimizni 
chuqurroq o‘rganish va ularni xalqimiz e’tiboriga havola qilish 
olimlarimiz oldida turgan mas’uliyatli vazifalardandir. Chunki 
«g‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qar­
shi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin».
Qayd etilgan fikrlar hozirgi davrda inson hayotida axborot va 
bilimlar xilma­xilligining o‘rni va ahamiyatini yanada chuqurroq 
anglashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bilimlar mafkuraviy im­
munitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanishini ham 
qayd etish lozim. Ammo bilimlar ko‘p. Ekstre mizm va terro­
rizm tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadi va uni om­
ma ongiga singdirishga harakat qiladi. Demak, mafkuraviy im­
munitet tizimidagi bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va 


161
to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat ta­
raqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkinchi to­
mondan, bu bilimlar o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan, millat, 
insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Fuqarola­
rimizning asl islom haqida xolis va yetarli bilimga ega bo‘lishlari 
diniy mutaassiblikka qarshi immunitetni shakllanti rishning aso­
siy shartlaridan biri hisoblanadi. Mafkuraviy immunitet tizimini 
shakllantirishda yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va 
ular ni yo‘qotishga qaratilgan chora­tadbirlar majmuyini o‘z ichi­
ga ola digan mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. U ijtimoiy 
institutlar tomonidan xilma­xil shakllarda amalga oshiriladigan 
g‘oyaviy­tarbiyaviy, ijtimoiy­siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ishlar ma­
jmuyini to‘g‘ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qam rab ola­
di. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish