Va tabiiy resurslar


Voskat- Xo’jand va Farg’ona orasidagi chegara. Ekinzorlari ko’p bir shaharcha



Download 335 Kb.
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi335 Kb.
#745716
1   2   3   4
Bog'liq
referat

Voskat- Xo’jand va Farg’ona orasidagi chegara. Ekinzorlari ko’p bir shaharcha.
Yashux-shaharcha, u yarda simon qazib olinadi.
So’x- tog’da, Butamon va Farg’ona oralig’idagi chegarada joylashgan, uning 60 ta qishlog’i bor.
Avol-tog’ etagi u yerda qishloqlar bor.
Bag’askon-avolga qarashli joy.
Xavoqand, Rishton, Zandaromash-gavjum shaharchalar, ekinzorlari ko’p.
Qubo-katta shahar. Farg’ona nohiyatidagi eng obod shahar erur.
O’sh- obod joy, noz-nemat ko’p, odamlari jangovar erur. Tog’ etagida joylashgan. Bu tog’da qo’riqchilar qo’yilgan, ular kofir turklarini qaytarib turadi.
O’zgand- Farg’ona bilan turklar o’lkasi oralig’idagi chegarada joylashgan shahar. Uning yaqinidan ikki daryo oqib o’tadi. Birini Tobag’ar daryosi deydilar, Tibatdan boshlanadi. Boshqa birini barsxon daryosi deb ataydilar, Xulloxdan oqib keladi.
Xatlom- shaharcha. Xuroson amiri Nasr ibn Ahmad shu yerda tug’ilgan ekan.
Shalot-turklar joylashgan noxiyat ekan.
Iloq- Katta nihoyat. Tog’ va cho’l oralig’ida joylashgan. Aholisi ko’p, ekinzorlari bor, obod joy, odamlari oddiy. Unda shahar va rustolar ko’p.
Navkaz- Iloqning kasabasi, shahristoni, qo’rg’oni rabadi bor. Ularning bir daryosi borkim, uni Iloq daryosi deydilar va Navkaz uning bo’ynida joylashgan.
Ko’xisim-shaharcha, tog’ yonbag’rida, uning tog’ida kumush koni bor.
Daxkas- shaharcha, uning tog’idan margimush qazib olinadi.
Somisibrak- ko’rkam va obod shaharcha.
G’uzjand-ko’rkam va noz-nemat to’kin shaharcha.
To’kas-shaharcha, unda to’kin-sochinlik erur.
Yolopon- shaharcha, undan to Parak daryosi bo’yigacha bir farsang. Unda diram zarb qilandigan saroy bor.
Choch- katta va obod nohiyat. Odamlari botir, urushga shay va badavlat, noz-nemat mo’l, u yerda kamon, kamon o’qi va xalaj cho’pi ko’p tayyorlanadi.
Navijkas- shaharcha, Parak va Xashart daryolarida ishlovchi ayiq haydovchilar ushbu shaharlardandirlar.
Banokat- Xashart daryosi bo’yida joylashgan obod va ko’rkam shaharcha.
Download 335 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish