4-bob. Asosiy nazorat uslublari
75. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlov berish yoki termik ishlov berish jarayonida yo‘qotiladigan miqdor mazkur Talablarning
5-ilovasiga
muvofiq aniqlanadi.
76.Taomlarning energetik qiymatini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi esa mazkur Talablarning
7-ilovasiga
muvofiq hisoblanadi.
77. Hamshira kunduzgi taomlarning kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda ota-onalarga kechki ovqatda uyda bolalarga qanday taom
berilishi yuzasidan tavsiyalar beradi.
78. Tayyorlangan taomning umumiy miqdori bolalar soniga mos kelishi kerak. Tayyorlangan taomning sof og‘irligini nazorat qilish oziq-
ovqat mahsulotlariga dastlabki va termik ishlov berilganda yo‘qotiladigan og‘irligining normalariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Talablarning
5-ilovasi
). Tayyorlangan taomning sifati organoleptik usulda baholanadi.
79. Tayyor taomlar tibbiyot xodimi tomonidan taomlar sifatini nazorat qilish jurnalida tarqatilishiga ruxsat etilganligi to‘g‘risidagi yozuv
qayd etilganidan so‘ng tarqatiladi.
5-bob. Xodimlarning profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va ularning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar
80. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilgan holda ishga toza kiyim va poyabzalda kelishi, ustki,
bosh kiyimi va shaxsiy buyumlarini kiyim shkafida qoldirilishi, tirnoqlar qisqa olingan holatda bo‘lishi lozim.
Ish boshlashdan oldin qo‘llarni tozalab yuvish, ustiga toza xalat, boshqa maxsus kiyimbosh kiyishi, sochlari esa to‘plangan bo‘lishi kerak.
Xojathonaga kirishdan oldin xalatni yechishi, chiqqandan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuvish kerak. Ishchi xodimlarga bolalar hojatxonasidan
foydalanish ta’qiqlandi.
Ishchi xodimlarga bolalar xojatxonasidan foydalanish taqiqlanadi
81. Oziq-ovqat bo‘limining xodimlari har kuni hamshira tomonidan nazoratdan o‘tkazilib, ularning tanasida kesilgan, yiringlagan, ko‘karib
qolgan va yuqori nafas yo‘llarida kataral holatlarning borligi og‘zini ochib tekshiriladi va jurnalga o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Oshxona xodimlariga ish paytida uzuk, sirg‘a taqishlari ta’qiqlanadi. Maxsus kiyimlarni to‘g‘nog‘ich bilan qistirilishi, ish joyida ovqatlanish
va chekish ta’qiqlanadi.
82. Maxsus kiyimsiz va tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarning maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasiga kirishiga ruxsat etilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik
talablarga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |