20
madaniyatshunOslik asOslaRi
shu kabi qimmatbaho topilmalar bunga misol bo‘la oladi.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni talon-taroj qilishga chek qo‘yildi.
Bugungi kunda esa respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o‘rinli ta’kidlaganidek,
nafaqat mavjud noyob tarixiy yodgorliklarni, osori-atiqalarni asrab-avaylash,
balki o‘zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish,
ularni O‘zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo‘lagini
tashkil etmog‘i lozim.
1
Oktyabr to‘ntarishidan keyingi davr madaniyatimiz rivojlanishi boshqa bir
jihatdan ham g‘oyat tahlikali va fojiaviy bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Chunki bu
davrda madaniyatga sinfiy nuqtai nazardan qarash ustuvor bo‘lib keldi. Oktyabr
to‘ntarishidan keyin yuzaga kelgan, o‘tmish madaniyatiga tayanmagan, uni
butunlay yo‘q qilgan holda yangi proletar madaniyatini yaratish shiori bilan
chiqqan «Proletkult» tashkilotining faoliyati g‘oyat salbiy bo‘ldi. Garchand
rasmiy bolshevik doiralari, ularning yo‘lboshchisi tomonidan proletkultchilik
harakati qoralangan bo‘lsa-da, madaniy merosga
sinfiy munosabatning
saqlanib qolganligi oqibatida, unga «oqmi-qora» ruhida qarash o‘zining
mudhish basharasini namoyon qildi.
Buning oqibatida, birinchidan, me’morchilik
majmualaridan tortib
noyob qo‘lyozmalargacha ko‘pgina madaniyat yodgorliklari sinfiy zararli
hodisalar sifatida yo‘q qilindi. Ikkinchidan, madaniyatning ko‘plab qatlamlari
g‘oyaviy-siyosiy «zararli» deb e’lon qilindi, ularni o‘rganish taqiqlandi. Shunisi
achinarliki, madaniyatga bunday munosabat yaqin-yaqingacha saqlanib keldi.
Uchinchidan, yuqoridagilar yetmaganidek, Oktyabr to‘ntarishigacha shakllanib
ulgurgan, o‘tmish yutuqlarini kelajak avlodlar sari eltuvchi va milliy-madaniy
rivojlanishda bog‘lovchi xalqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ijodkor
ziyolilarimizning atoqli namoyandalari Fitrat, Cho‘lpon, A. Qodiriy, Usmon
Nosirlarning qismati g‘oyat fojiali bo‘lganligini eslash kifoyadir.
Ana shu hodisalarning natijasi o‘laroq madaniyatdagi vorislik jarayonida
ma’lum uzilish sodir bo‘ldi. Madaniy merosimizdan
uzilishimizga asrlar
davomida foydalanib kelingan, madaniy merosimizning ajoyib namunalari
yaratilgan arab yozuvidan voz kechganligimiz, umuman imlomizning bir necha
marta o‘zgartirilishi ham sabab bo‘ldi, albatta.
Prezidentimiz haqli ravishda ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo tarixida
siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy
bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom
1
Zardushtiylik Turon va eronda shakllangan hamda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida
tarqalgan birinchi jahon dini bo‘lib, unga e’tiqod qiluvchilarni islomga e’tiqod qilgan xalqlar
quvg‘in ostiga oladilar va shu tariqa milodning minginchi yillariga kelib zardushtiylik deyarli
barham topdi.