Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
tarixiga aylanib ketadi. Keng ma’noda bunday fikr e’tiroz tug‘dirmasligi mumkin, 
biroq madaniyat tarixi masalasiga oydinlik kiritib, bu to‘g‘rida chuqurroq fikr 
yuritadigan bo‘lsak, bunday qarashlar turli muammo va chalkash holatlarni 
keltirib chiqarishi turgan gap.
Demak, madaniyatni talqin etishda faoliyat nazariyasi o‘zining ijodiy jihatlari 
bo‘lishiga qaramay, murakkabliklarga ham egadir. Real tizim sifatida olib 
qaraladigan madaniyat nima, uning jamiyat tizimida tutadigan o‘rni qanday? 
degan savollarga javob berishda u cheklanib qolishi mumkin.
Shaxsiylik nazariyasi. Bu konsepsiyaga muvofiq, madaniyat shaxsga tegishli 
sifatlar (madaniyat insonni va faqat insonni tavsiflaydigan tushuncha) dan 
iboratdir. Madaniyatga bunday ta’rif berilganda, u insonga xos shaxsiy belgilar 
yig‘indisi, degan ma’noni bildiradi. har bir jamiyatda madaniyatning shaxsiy 
jihatini belgilash va uni tadqiq etish madaniyatshunoslik ilmining muhim 
tadqiqot mavzui hisoblanadi. Biroq jamiyat madaniyati — bu shaxs madaniyati 
va hatto har qanday tuzumdagi «shaxsiy madaniyat»ning mexanik yig‘indisidan 
iborat emas.
Shunday ekan, madaniyatni faqat shaxs sohasi bilan, yolg‘iz shu jihatlarning 
o‘zi bilan chegaralab fikr yuritish ham nazariy, ham amaliy jihatdan samara 
bermasligi mumkin. holbuki, jamiyatning madaniy salohiyati yolg‘iz shu 
(shaxsiylik) bilan cheklanmaydi, uning tarkibi «shaxsdan yuqori turuvchi» 
madaniy qadriyatlarning gavdalanish shakllarini, ifodalanish sohalarini o‘z 
ichiga oladi. Bundan tashqari, madaniy tashkilotlar va muassasalarning 
barchasi ham ana shunday salohiyatga egadir. Shular asosida taraqqiyotning 
muayyan bosqichida turgan jamiyatning umumiy madaniy salohiyati vujudga 
keladi. O‘zbek xalqining madaniyati uning fuqarolari madaniyatining shunchaki 
oddiy yig‘indisi emas, aksincha, u boy madaniy meros, uni o‘zlashtirish, 
taqsimlash usullari, shularni amalga oshiradigan tashkilot va muassasalar 
faoliyatining juda ko‘p jihatlarini ifodalaydigan tizimlardan iboratdir. Shuning 
uchun madaniyatni tushuntirganda, yolg‘iz «shaxsiy jihatlar» bilan chegaralanib 
qolish uning mohiyatini to‘la ochib bera olmaydi. Mazkur konsepsiya ilmiy 
jihatdan yaroqsiz emas, albatta, chunki madaniyat mazmuni haqida so‘z 
ketganda, uning konkret shaxs «qiyofasi» da gavdalanishi masalasini e’tibordan 
tashqarida qoldirib bo‘lmaydi.
Ijtimoiylik nazariyasi. Ijtimoiylik yoki ijtimoiy shartlanganlik konsepsiyasiga 
ko‘ra, madaniyat tarixiy taraqqiyotning ma’lum bos qichida turgan jamiyatning 
sifatidir. Bu sifat umumiy xususiyatlar yig‘indisi orqali belgilanadi, xususiyatlar 
yig‘indisi oqibat-natijada jamiyatning madaniy darajasi, «madaniyligi» 
haqida guvohlik beradi. Biroq madaniyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlar 
bilan chegaralanib qolish yetarli emasligi o‘z-o‘zidan ayon. Yolg‘iz shu nuqtai 
nazardan madaniyatni o‘rganish madaniyatshunoslik ilmi imkoniyatlarini 


32
madaniyatshunOslik asOslaRi
toraytiradi, madaniyatning konkret hodisa sifatidagi qiyofasini yaratishga 
monelik ko‘rsatadi.
Belgilar nazariyasi. Buni shartli belgilar yoki semiotik konsepsiya deb atash 
mumkin. Bunga ko‘ra, madaniyat «shartli belgilar va shu asosdagi tizimlar 
yig‘indisi»dan iboratdir. Bu konsepsiya madaniyat shunoslik ilmida u qadar 
keng tarqalmagan bo‘lsa-da, har holda, uchrab turadi.
Bunday qarashlarning vujudga kelishini hozirgi paytda fan, san’at, siyosat 
va boshqa sohalarda juda katta axborot oqimi yuz berayotganligi, undan 
foydalanishda murakkab kommunikativ vositalardan keng foydalanilayotganligi 
bilan izohlash mumkin, albatta. Bu obyektiv hodisalarning mohiyatiga 
e’tiborsizlik bilan qaraydigan ba’zi tadqiqot chilar «simvollashtirishning 
ommaviyligi, tizimiyligi va turg‘unligi sohasidagi insoniy qobiliyatlarni» 
madaniyatning asosiy belgisi sifatida asos qilib ko‘rsatmoqdalar. Masalan, 
madaniyatshunos L. Uaytning so‘ziga qaraganda, «madaniyat — bu 
simvollarga asoslangan buyumlarni va hodisalarni tashkil etishdir, insondan 
butunlay ajratib olingan til, urf-odat, qurol, e’tiqod va boshqalardir». Garchand 
madaniyat taraq qiyoti alohida kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmasa-
da, biroq madaniyat ular orqali yaratiladi, insonlar unga o‘zlarining shaxsiy 
iste’dod, did va mayllarini singdiradilar. Shu bilan birga, belgi shakllari 
(«simvollar») tufayli amalga oshiriladigan kommunikatsiya natijasida shaxsiy 
tajriba umumiy tajribaga aylanishi ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shu 
tufayli madaniy, moddiy va ma’naviy qadriyatlar to‘planadi, mustahkamlanadi, 
ayirbosh qilinadi va tarixiy jihatdan qayta ishlanadi hamda avloddan avlodga 
yetkaziladi.
Shu nuqtai nazardan, madaniyatni e’tirof etadigan belgilar tizimi haqidagi 
fan — semiotika o‘zini oqlashi mumkin. Biroq bunda mada niyatning semiotik 
jihati yagona asos qilib olinmasligi maqsadga muvo fiqdir. Madaniyatda 
kommunikativ va simvolik funksiyalar amal qilishi jarayoni haqida gap ketganda 
esa semiotikadan foydalanish samara berishi mumkin. Madaniyatda belgilar, 
belgilar tizimining o‘rni va ahamiyati haqidagi masala ilmiy qiziqish uyg‘otishi 
tabiiy. Biroq, umu man, bu konsepsiya madaniyatni belgilar yig‘indisidan 
iborat, shu tahlitda fikr yuritish zarur, deb hisoblanar ekan, bu usul masalani 
soddalashtirib qo‘yishini ham unutmaslik lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu konsepsiya ma’naviy qadriyatlarni yaratish, 
saqlash, tarqatish va o‘zlashtirish masalasini nazariy jihatdan to‘la hal eta 
olmaydi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilganidek, belgi — moddiy, hissiy ravishda 
idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat bo‘lib, bu harakat bilishda 
ko‘rsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda 
namoyon bo‘ladi. Biror moddiy obyektdan iborat bo‘lgan belgi boshqa biron 
narsani belgilash uchun xizmat qiladi

.


33

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish