Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
topib bormoqda. Mustaqillik kuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
kuni, Navro‘z bayrami, qardosh respublikalar kunlarining nishonlanishi nafaqat
madaniy, balki siyosiy an’ana tusiga ham kirib bormoqda.
I. A. Karimov respublika Oliy Majlisi VI sessiyasida so‘zlagan nutqida
aholining siyosiy madaniyati talablar darajasida emasligi, barpo etilgan siyosiy
institutlar faoliyatining mazmuni, maqsadi-muddaosi xalqi mizning milliy
xususiyatlari va tafakkur tarziga mos bo‘lishini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, siyosiy madaniyatning muhim tuzilmaviy elementi sifatida siyosiy
institutlar muhim rol o‘ynaydi. Binobarin, «jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohasida
demokratik institutla rni shakllantirish siyosiy tizimni isloh qilishga va ijtimoiy
hayotni demokratiyalash jarayonlariga jo‘shqinlik baxsh etishga qaratilgandir»
1
.
Siyosiy institutni madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish shuni
ko‘rsatadiki, ular, bir tomondan, nafaqat iqtisodiy, balki madaniy omillar
bilan bog‘langan, ikkinchidan, ular siyosiy madaniyat hodisasi bo‘lganligidan
madaniyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarimizni yanada boyitishga xizmat
qiladi.
eng muhim tashkiliy tuzilmalardan biri davlat sanaladi. Davlat siyosiy ishlab
chiqarishning mahsuli sifatida o‘ziga xos madaniy vazifani bajaradi. Madaniy
davlatning mohiyati uning iqtisodiyot sohasida olib borayotgan ustuvor
siyosati bilan belgilanadi. Madaniy davlat o‘z hayotini hozirgi davrda eng ilg‘or
davlatlar erishgan iqtisodiy madaniyat darajasida tashkil qiladi. Shuningdek,
madaniy davlat jamiyatda yuz beradigan har qanday o‘zgarishning qonunga
asoslanishini taqozo etadi. Bu siyosiy madaniyat mohiyatini ifodalaydigan
muhim belgilarni bildiradi.
Jamiyatning siyosiy madaniyat darajasi siyosiy faoliyat usullariga ham
bog‘liqdir, chunki siyosiy ong, siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar faoliyat
tufayli madaniy yo‘nalish oladi, mustahkamlanadi, inson va jamiyat hayotini
madaniylashtiradi. Siyosiy faoliyat usullari asosida siyosiy jarayondagi
munosabatlar amalga oshiriladi.
Siyosiy faoliyat shakllariga, avvalambor, tashkilotchilik, g‘oyaviy-nazariy,
g‘oyaviy-tarbiyaviy sohalarni kiritish mumkin. Tashkilotchilik faoliyati rejalar
va qarorlarni ishlab chiqish shakllarini, ya’ni ijroni tekshirish; kadrlarni tanlash
va o‘z o‘rniga qo‘yish, tarbiyalash; siyosiy tuzilmalar ustidan rahbarlik kabilarni
o‘z ichiga oladi.
G‘oyaviy-nazariy faoliyat siyosiy mafkurani yaratishda ishtirok etish,
g‘oyaviy-tarbiyaviy faoliyat, targ‘ibot va tashviqot, madaniy-tarbiyaviy ishlarda
qatnashish kabilardan iborat bo‘ladi.
Siyosiy madaniyatning mavjudligi shaklan jamiyatning siyosiy-madaniy
boyligi (fondi) va amaldagi siyosiy madaniyatidan iboratdir. Jamiyatning siyosiy-
62
madaniyatshunOslik asOslaRi
madaniy boyligi deyilganda davlatni boshqarishning tarixiy tajribasi, siyosiy
faoliyat vositalari, usullari, siyosiy bilimlarning zahirasi tushuniladi. Amaldagi
siyosiy madaniyat esa jamiyat, sinf, shaxs siyosiy hayotida gavdalanadigan real
madaniyatdir. Amaldagi siyosiy madaniyat amaliyot bilan bog‘langan bo‘lib,
jamiyatning siyosiy-madaniy boyligini yanada rivojlantirishga, boyitishga,
yangi tajribalarni umumlashtirishga asos bo‘ladi.
Jamiyat siyosiy madaniyatida ijtimoiy guruhlar bilan shaxslarning siyosiy
madaniyati o‘zaro bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Jamiyat siyosiy
madaniyati ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos siyosiy va ijtimoiy-
psixologik qadriyatlar, siyosiy tuzilmalar, siyosiy faoliyat usullari kabilarning
yig‘indisidir. Shaxsning siyosiy madaniyati — bu individ tomonidan jamiyatning
siyosiy, mafkuraviy va sotsial-psixologik qadriyatlarini o‘zlashtirish, egallash
va amalga oshirish tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatida ikki xil daraja, ya’ni,
birinchidan, siyosiy madaniyatni bilish, ikkinchidan, uni amaliy faoliyatda
qo‘llash darajasi uzviy aloqada bo‘ladi. Siyosiy madaniyat har ikkala darajaning
yaxlit birligidan tarkib topadi.
Siyosiy madaniyat taraqqiyoti huquqiy munosabatlar bilan, demakki,
huquqiy madaniyat bilan uzviy bog‘langandir. har qanday jamiyatning huquqiy
tizimi negizini Konstitutsiya tashkil etadi. Konstitutsiya siyosiy hayot subyektlari
o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish bilan chegaralanmaydi, balki shu bilan
birga, siyosiy munosabatlarning yanada takomillashuvi uchun huquqiy shart-
sharoitlar yaratadi. Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishning besh tamoyillaridan biri — turmushimiz ning
barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat, deb belgilangan.
huquqiy davlatni barpo etish, avvalambor, siyosiy-huquqiy madaniyatni tarkib
toptirish, rivojlantirish va amalga oshirishdan iboratdir. Darhaqiqat, huquqiy
madaniyatning darajasi yolg‘iz qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan
shunchaki xabardor bo‘lish emas, binobarin, huquqiy madaniyat «qonunlarga
amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir»
1
.
Demak, huquqiy madaniyat, bir tomondan, huquqiy ong, ikkinchi
tomondan, huquqiy munosabatlar va, nihoyat, huquqiy faollikning yaxlit
birlikda namoyon bo‘lishini ifodalaydigan ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Shunday qilib, milliy mustaqillikka erishgan mamlakatimizda siyosiy
madaniyatni tarkib toptirish istiqlol bergan buyuk ne’matlarning mohiyatini
tushunishga, qadrlashga va himoya qilishga da’vat etilgandir. Jamiyatimiz
siyosiy madaniyatining oliy maqsadi va tarixiy vazifasi kishilarimizning siyosiy
madaniyati, ongini shakllantirish, faol siyosiy pozitsiyaga ega bo‘lishini ta’minlash,
istiqlol yo‘lidan borayotgan davlatimizning kuch-qudratini yanada oshirishga
qaratilgandir. Prezident I. A. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi
63
Do'stlaringiz bilan baham: |